Omad yor bo’lsin !!!


5-SINFLAR O’RTASIDA O’TKAZILGAN “ZAKOVAT”


Download 190 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi190 Kb.
#1407620
1   2   3   4   5
Bog'liq
ALIFBOLI SAVOL JAVOB

3

5-SINFLAR O’RTASIDA O’TKAZILGAN “ZAKOVAT” INTELEKTUAL RING S A V O L L A R I

Olingan javob

1

Qaysi odamlar oldingi ajdodlariga qaraganda kichikroq lekin qirralari yanada o’tkirroq qurollar yarata olganlar?




2

Qoratog’ tizmasining janubiy yon bag’ridagi Sarmishsoy darasidan topilgan sher, yo’lbars, bars kabi yirtqich hayvonlarning to’qnashuvi, ovchining kamdan kam hollarda qo’lga o’rgatiladigan ov qoploni – gepard yordamida yovvoyi buqani ovlashi ifoda etilgan surat tpoilgan viloyat?




3

Bu shahar hozirgi Iroq davlati bo’lgan. Keyinchalik shahar qadimgi Ossuriya davlatining poytaxtiga aylantirilgan. Ossuriya kuch qudratga to’lgan davrlarda “Jahonning poytaxti” deb uluglangan. Bu shaharning nomi?




4

Arxeologlar bu shahardagi shohlar saroyi xonalaridan birida toj kiygan va qo’lida burgut ushlagan podsho haykalini topganlar. Saroyda “jangchilar zali”, “g’alabalar zali”, kabi zallarning bo’lganligi ham aniqlangan. Bu shaharning nomi?




5

Bu xalq O’rta dengizning sharqiy sohilida yashagan, qadimgi dengiz savdo yo’lini ochgan edi. Ular birinchi bo’lib O’rta dengizga yo’l ochganlar. Ular shimolda Gibraltar bo’g’ozi orqali Britaniya orollarigacha, Qizil dengiz orqali Hind okeaniga suzib borganlar. O’sha davr uchun mustahkam yelkanlar yordamida yuradigan va ko’p yuklarni tashiy oladigan savdo kemalarini yasaganlar. Kechalari yo’ldan adashib ketmaslik uchun yulduzlarga qarab suzsihni o’rganib olganlar.




6

“Ilm – insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin”, - degan ibora qaysi ilm dargohining shiori bo’lgan?




7

“Avesto”da ta’kidlanishicha, Ahuramazda o’zi yaratgan adolatli tartib-qoidalarning amal qilishi uchun kurashadi. Unga bu ishda kim yordam beradi va ular nechta bo’lgan?




8

Bugungi Gretsiya davlatiga qarashli Krit orolida miloddan avvalgi 3-2 ming yillikda Yevropada ilk madaniyat o’chog’i shahar qoldiqlari topilgan. Hunarmandchilikda katta yutuqlarga erishgan ayniqsa zargarlik, uysozlik, kemasozlik sohalari rivoj topgan. Kritliklar o’z yozuvlarini ham yaratganlar. Ayniqsa ular yratgan bosh adog’i yo’q nima hamon odamlarni hayratga solib kelmoqda?




9

Ilk kalendarni Misrliklar yartagan. Ammo yana kimlar o’z davri uchun eng aniq bo’lgan kalendar tuzishga ham muvaffaq bo’lganlar. Hatto ularning kohinlari sayyoralarning quyosh atofida aylanish vaqtlarini hisoblab, quyosh va oy tutilishlarini oldindan bashorat qila olganlar?




10

Bu orol hozirgi Chili davlatiga tegishli. Orol Tinch okeanda joylashgan. U 1722-yilda gollandiyalik dengiz sayyohi Yakob Roggeven tomonidan kashf etilgan. Bu orolning butun qirg’oq bo’ylamasida tik holatda turgan yaxlit qoyatoshlardan tarashlangan bahaybat odamzot kallalari haykallari topilgan. Bu orolning nomi?








Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling