Omarova Zamira
Download 0.75 Mb.
|
иссиклик машиналари
Tabiatni muhofaza qilish. Tabiatning oliy mahsuli bo'lmish inson, qolaversa boshqa jonzotlar ham shu tabiatning bir qismidir. Ular yashashi va rivojlanishi uchun esa zarur ne'matlar — toza havo, toza suv va toza mahsulotlar kerak. Biz nafas oladigan havo Yer atmosferasini tashkil qiluvchi gazlarning aralashmasidir. Uning tarkibida kislorod, azot, vodorod va boshqa tabiiy gazlardan tashqari chang, tutun, tuz zarralari va boshqa aralashmalar mavjud. Bundan tashqari havo tarkibida sanoat chiqindilari ham bo'ladi.
Issiqlik dvigatellarining ko'p miqdorda ishlatilishi ham atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi paytda har yili 2 milliard tonna ko'mir va 1 milliard tonna neft yoqiladi. Bu esa Yerdagi temperaturaning ko'tarilishiga va natijada muzliklarning erib, okeanlardagi suv sathining ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, atmosferaga 120 million tonna kul va 60 million tonnagacha zaharli gaz chiqarib tashlanadi. Dunyodagi 200 milliondan ortiq avtomobil har kuni atmosferani uglerod (II) oksid, azot va uglevodorodlar bilan zaharlaydi. Issiqlik va atom elektr stansiyalari quvvatlarining ortishi bilan suvga bo’lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Shuning uchun hozir havo va suvl havzalarining ifloslanishidan saqlanishning bevosita va bilvosita usullaridan foydalalaniladi. Bevosita usul — bu turli tutunlar va gazlarni tozalab chiqarish; atmosferani kam ifloslantiradigan yoqilg'ilar -tabiiy gaz, oltingugurtsiz neft va boshqalardan foydalanish; benzinsiz yuradigan avlomobil dvigatellarini yaratish va hokazolar. Bilvosita usullar atmosferaning pastki qatlamidagi zaharli moddalar konsentratsiyasiniug keskin kamayishiga olib keladi. Bular chiqindi chiquvchi manbalarning balandligini orttirish, meteorologik sharoitlarini hisobga olib aralashmalarni havoga sochib yuborishning turli usullaridan foydalanish va hokazolar. Atmosferaga chiqarib yuborilgan chala yongan maxsulotlar xavodagi suv bug’lari bilan ximiyaviy reaksiyaga kirishadi. Masalan, biror birikmalar (CO2, SO2, H2S va boshqa) suv bilan reaktsiyaga kirishadi va kislotalar eritmasi (aralashma)ning tomchilari ko’rinishida yuz, xatto minglab kilometr masofaga tarqaladi. Yer yuziga kislotali yomg’ir deb ataluvchi yomg’ir yog’adi, bu insonlarning sog’liklariga, o’simlik va hayvonot dunyosiga zararli ta’sir kursatadi, metallarning zanglashini tezlashtiradi, marmar va oxaktoshdan qurilgan inshootlarni ishdan chiqaradi, tuproq va suv omborlarini ifloslantiradi. Bizni o’rab turgan muhitga issiqlik dvigatellaridan atmosferaga chiqadigan azot va uglerod oksidlari xam zararli ta’sir ko’rsatadi. So’nggi yillarda barcha mamlakatlarda atrof-muxitni muxofaza qilishda juda katta e’tibor qilinmoqda. Atrofdagi xavoni ishlayotgan issiqlik dvigatellari bilan ifloslantirishni kamaytirish uchun: a) yonilg’ining tularoq yonishini ta’minlash; b) elektrostantsiyalar va ichki yonuv dvigatellarining utxonalaridan ajralib chiqadigan gazlarni yaxshi tozalash; v) «tozaroq,» I yonilgini izlab topish zarur. yonilg’i to’la yonishi uchun ichki yonuv dvigatelining yonilgi aralashmasiga vodorod qo’shiladi, toshko’mirda ishlaydigan elektrostantsiyalarda esa ko’mirni maydalab ko’mir kukuniga aylantiriladi. Avtomobil dvigatellarida yonilg’i tula yonishi uchun 1 dvigatelning ishlash rejimi juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa ishlangan va yonishdan xosil bo’lgan gazlarni yaxshilab tozalash uchun ko’p ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda yonilg’iga maxsus qo’shilmalar qo’shiladi, shuningdek, gazlarni atmosferaga chiqarishdan oldin maxsus ishlov beriladi. Masalan, elektr stantsiyalarda ko’mir kukuniga (yoki mazutga) changsimon oxak aralashtiriladi, bunda oksidlar u bilan reaktsiyaga kirishadi. Yonishdan hosil bo’lgan gazlarni CO va CO2 dan tozalash uchun maxsus katalizatorlar o’rnatiladi, bu katalizatorlar ishtirokida gazlar xavodagi vodorodlar bilan reaktsiyaga kirishadi. Yangi, «tozaroq» yonilg’i turini izlab topish ko’pdan buyon davom etib kelmoqda. Xozirgi vaqtda yonilgi sifatida aralashmalardan oldindan tozalangan tabiiy gaz, shuningdek, spirtlar (Lotin Amerikasida) yetarlicha keng qo’llanilmoqda. Yer maydoni va suv zaxiralaridan oqilona foydalanish maqsadida suv ta'minotining yopiq sikli asosida ishlovchi elektrostansiyalar majmuasini qurish nazarda tutiladi. Hozirgi paytda havoga kul, chang, qorakuya, zaharli gazlar chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa korxonalarni tozalash qurilmalarisiz ishga tushirish taqiqlangan. Tabiatga ziyon keltiradigan korxonalar, odatda, shahar tashqarisida qurilmog'i kerak. Ko'kalam- zorlashtirish ishlarining ko'lamini esa iloji boricha kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling