Omillami birlashtiruvchi ko„p qirrali ijtimoiy hodisalar


Download 146.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.09.2020
Hajmi146.41 Kb.
#129964

Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Fanlar borliq va uning turli ko'rinishlari: tabiat, 

jamiyat, inson tafakkuri to„g„risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan 

bilimlar tizimlaridan iboratdir. Ular insonning borliqni bilishi, o„rganishi va 

o„zlashtirishining o'ziga xos nazariy shakllari bo„lib, o„zlarida moddiy va ma‟naviy 

omillami birlashtiruvchi ko„p qirrali ijtimoiy hodisalar.. 

 

Tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va texnika fanlaridan farqli, falsafa insonning 



borliq haqidagi eng umumiy bilimlari tizimidan iborat bo„lib, boshqa barcha 

fanlarga mctodologik asos bo„lib xizmat qiladi. Barcha fanlarning o'ziga xos 

tadqiqot usullari (metodlari) bor. Ularning metodologiyasi esa, barcha fanlarning 

yutuqlarini umumlashtirishdan kelib chiqqan falsafiy xulosalardir. 

a) Ilmiy metodlar va metodologiya. 

           Ma‟lumki, har bir fan sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchi 

obycktni o„rganishga kirishar ekan, o'rganayotgan predmet yoki hodisa haqidagi 

bilimlarga birdaniga ega bo„lmaydi. Buning uchun u predmet yoki hodisa ustida 

ma‟lum davr ichida tinmay turli xil izlanish va tadqiqotlar olib borib, o„z tadqiqot 

jarayonida turli xil yo„llar, usullar va vositalardan foydalanadi, ruhiy va aqliy 

jarayonlarni kechiradi.Shundan keyingina o„zi tadqiqot olib borayotgan predmet 

yoki hodisa yuzasidan ma‟lum yangi bilimlami hosil qilishi mumkin. 

Tadqiqotchining o„z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun 

qo'llaydigan turli xil usullari, yo'llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari 

deyiladi. ilmiy bilishning metodlari tadqiqotchining tadqiqot obyektini bilishi 

uchun qo„llagan amaliy va nazariy faoliyat usuUaridir. Bu metodlarning ilmiy 

bilishdagi vazifasi:tadqiqotchiga o'rganayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning 

tabiati va mohiyatini, ularni ifodalaydigan qonun va qonuniyatlami ochishda 

yordam berishdan, shu asosda tadqiqotning muvaffaqiyatli boMishini 

ta‟minlashdan iboratdir. 

         Ilmiy bilishda to„g„ri tanlangan metod shu metod yordamida qilingan ilmiy 

kashfiyotga nisbatan qimmatliroq ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Bunday metod 

bilan tadqiqotciii bir emas, balki bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishi mumkin. Ilmiy 

bilish metodlarini o„rganish falsafada metodologiyaning paydo bo£lishiga olib 

keldi. Metodologiya ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiy ta‟limot sifatida o„zida 

kishilar dunyoqarashi prinsiplarini, ularning bir butun amaliy va nazariy 

faoliyatlariga tadbiq etishni o„rganadi. .. . Ular quyidagilar: 1. Ihniy bilishning eng 

umumiy metodlari. 2. Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy metodlar. 3. 

Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy metodlar. V Ilmiy bilishning eng 

umumiy ilmiy metodining o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, u 

tadqiqotchilarning har qanday ongli amaliy va nazariy faoliyatida, hamma va har 

qanday ilmiy tadqiqot sohasida qo„llaniladi. Ilmiy bilishning empirik darajasiga 

oid umumiy ilmiy metodlari — bular ko„pchilik yoki bir guruh fan sohalarida 

qo'Ilaniladigan, ilmiy bilishning empirik bosqichiga oid bo„lgan metodlardir. Ilmiy 

bilishning nazariy darajasiga oid umurniy ilmiy metodlar esa, ilmiy tadqiqotlaming 

nazariy bosqichda qo„llanadigan metodlardir. Ilmiy bilish ko'plab umumiy, xususiy 

va alohida konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi. Ilmiy bilishda 


metodlaming xilma- xil va ko„p bo„lishi insonning dunyoni bilib olish 

imkoniyatlarini yanada kengaytiradi va uni chuqurroq bilishga imkon beradi. 

           b) Kuzatish va eksperiment metodlari. Kuzatish harakat, 0„zgarish va 

rivojlanishdagi ma‟lum obyektni tabiiy sharoitda u qanday bo„lsa, shu holicha 

diqqat bilan, belgilangan vaqt ichida, ma‟lum maqsad asosida hissiy qabullashdir. 

Eksperiment esa, sun‟iy yaratilgan sharoitda olib boriladigan kuzatishdir. 

Eksperimentda o'rganilayotgan predmet yoki hodisa o„z holida, lekin sun‟iy 

yaratilgan sharoitda ko'zdan kechirib boriladi.Eksperimentda tadqiqotchi o„z 

o„rganish obyektiga aktiv ta‟sir qilishi, kuzatishning borishida, kuzatilayotgan 

jarayonni o„zi xohlagan yo'nalishga qarab o'zgartirishi mumkin. 

           d) Analiz va sintez metodlari. Analiz — bir butunni qismlarga, bo„laklarga, 

tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har biri nima, qanday vazifani 

bajarishini bilishdir. Analiz usuli natijasida butunni tashkil etgan qismlar, 

tomonlar, bo'laklar, elementlar, ularning butun tarkibi- dagi o„mi aniqlanadi. 

Analiz orqali predmet va hodisalarning strukturasi, tuzilishi bilinadi. Sintez — 

analiz tufayli ajratilgan bo„laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o„zaro biriktirib, 

ularni bir butun holiga keltirishdir. Sintez orqali tadqiqotchi butunning bo„laklari, 

qismlari, tomon- lari, elementlari o„rtasidagi va ularning butun bilan bo„lgan aloqa 

va bog'lanishlarini bilib oladi. Analiz bilan sintez bilish jarayonidagi bir moddiy 

yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ulami bir-biridan ajratib qo'llab bo„l- 

maydi, chunki tabiatda va jamiyatda hamma jarayonlar ko„p tomonlamadir. 

         e) Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish metodlari. 

Ilmiy bilishning bu metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo'lib, ular ilmiy 

bilishning nazariy darajasiga xosdir. Umumlashtirish — barcha narsa va 

hodisalarga xos bo„lgan muayyan belgi, xususiyat hamda xossalar o„rtasidagi 

bog„lanish, aloqadorlik jihatlarini aniqlashdan iborat. Abstraktlashtirish — tadqiqot 

olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo„Igan tomonlari, 

xususiyatlari va xossalarini fikrda'e‟tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur 

bo„Igan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir. Ilmiy bilish 

jarayoni umumlashtirish va abstraktlashtirish bilan tugamaydi. Konkretlashtirish 

— umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e‟tibordan soqit 

qilingan oldingi belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan bog„lab, 

shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir flkr hosil qilishdir. 

           f) Induktiv va deduktiv metodlar. * . Induktiv metod yoki induksiya — 

bilishning shunday tisuliki, bunda tadqiqotchi o„z tafakkurida tekshirayotgan 

predmet yoki hodisalar to„g„risidagi bir qancha juz‟iy faktlardan, ular haqidagi 

ayrim bilimlardan umuiniyroq bilimlarni hosil qiladi. Ilmiy bilishda induktiv usul 

bilan hosil qilingan bilimlar doimo deduktiv usul yordamida tekshiriladi., . 

Deduktiy metod yoki deduksiya, — bu bilish jarayonida fikrda umumiy 

bilimlardan juz‟iy, qisman bilimlarga kelishdiir. Deduktiv usul vositasida 

tadqiqotchi bir sinf, bir jins, bir gurnh predmet yoki hodisa to„g„risidagi umumiy 

bilimlardan, ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi. 

            g)Tarixiy!ik va mantiqiylik metodlari. : . , Tarixiylik — bu o„rganiIayotgan 

predmet yoki hodisaning paydo boflish, rivojlanish va yemirilish jarayonlari 

birligini, uning tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini 


nazariy bilishga oid usuldir. Tarixiylik deganda,tadqiq etilayotgan predmet yoki 

hodisaning konkret sharoitda paydo bo„lishi, yashashi, rivojlanish va yemirilish 

yoki yo„q bo„lishidan iborat jarayonning tafakkurda ifodalanishi tushuniladi. , , 

Mantiqiylik esa,tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi umumlashtirilgan, 

abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan, qisqargan, tasodiflardan tozalangan 

abstraktlikning konkretlik shaklida ifodalanishidir. 

  

 

 



                                                    Xaqiqat 

Islom, [04.06.20 10:41] 

Falsafada  haqiqat  Bilishning bosh vazifasi haqiqat izlashdir.  Haqiqat  

tushunchasi  masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir.  

Faylasuflar orasida haqiqat va uning bilishdagi  

roli to'g'risida yagona fikr yo'q. 

Subycktiv idealizm  uchun  haqiqat  subyektiv  narsadir.  Masalan,  nimaiki  

foydali bo'lsa u haqiqat deb da Vo qiluvchi  pragmatizmda,  yoki hamma e‟tirof  

etgan,  hamma  uchun  ahamiyatli  bo'lgan  narsa  haqiqatdir  deb  hisoblovchi  

konvensionalizm  va neopozitivizmda ham haqiqat subyektiv narsadir.  

Materialism 

uchun haqiqat - bu tashqi dunyoning ongimizda adekvat, to'g'ri aks etishidir. 

Haqiqat — bu bizning dunyo to'g'risidagi bilimlarimiz va tasawur-larimizning  

dunyoning o'ziga, obyektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan,  

yanglishuvdan, yolg'ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz 

obyektiv  

voqelikka,  uning  yashash  va  rivojlanish  qonunlariga  qanchalik  mos  kclishini  

auicilab olinoq kerak. Aristotel haqiqatning “ klassik'  konsepsiyasi  muallifidir.  

Bu  

konsepsiya  haqiqatni  fikming,  bilimning voqelikka mos  kelishi deb,  yolg'onni  



esa fikming real ahvolga mos kelmasligi deb talqin qiladi. U o'zining 

“Metafizika”sida  

bunday  deb  yozadi:  “ Bor  narsani  yo'q  deyish  yoki  yo'q  narsani  bor  deyish  

yolg'on gapirishdir; borni bor va yo'qni yo'q deyish esa haqiqatni gapirishdir” 1. 

Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obyektiv haqiqat tushuncha­ 

si  tez-tez  uchrab  turadi.  Obyektiv haqiqat  — bu bilimlarimizning shunday 

mazmuniki,  и bir kishiga  ham,  butun insoniyatga  ham  bog'liq emas.  Ha 

qiqatning obyektivligini и  та vjud olamning in ‟ikosi bo „lishi belgilaydi. 

A bsolvut  va  n i sbi v  Absolyut haqiqat - bu bilish obyekti haqidagi inkor 

h a q iq a tla r  cl1^  bo'lmaydigan  to'liq  va  tugal bilimdir,  nisbiy ha­ 

qiqat esa bilish predmeti to „g „risidagi not о „liq va notugal bilimdir.  Absolyut  

haqiqat  to'liq  hajmdagi  obyektiv  haqiqatdan  boshqa  

narsa emas,  nisbiy haqiqat esa  notugal shakldagi,  noto'liq hajmdagi obyektiv  

haqiqatdir.  Har bir nisbiy haqiqatda absolyut haqiqat jihati bor,  chunki  har  

qanday  nisbiy  haqiqat  obyektivligi  sababli,  unda  doimiy  bilim  jihati  bor.  

1913-yilda XX asming eng yirik fizigi  Nils  o'zining mashhur to'ldiruvchanlik 



prinsipini  ta‟riflab berdi.  Bu prinsipga ko'ra,  haqiqatligi  muayyan  hodisalar  

guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq  

predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar  

paydo bo'lishs bilan mutlaqo noto'g'ri  deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nis­ 

biy haqiqat  sifatida bu yangi  nazariyalaming chegaraviy shakli  yoki xususiy  

holati  sifatida saqlanib  qoladi.  Klassik mexanika bilan  nisbiylik  nazariyasi, 

moddalar  ximik  tuzilishining  klassik  va  hozirgi  zamon  nazariyasi  va  ko„p  

boshqa nazariyalar o'zaro ana shunday munosabatda bo'ladi. 

Absolyut haqiqatni absolyutlashtirish dogmatizmga,nisbiy haqiqatni absolyut-  

lashtirish relyativizmgaolib keladi. Relyativizm va dogmatizmning cheklanganli-  

giga sabab ularda absolyut haqiqat bilan nisbiy haqiqat bir-biridan ajratib olingan-  

ligi va qarama-qarshi qilib qo'yilganligidadir. Bizning bilimlarimiz ayni bir 

vaqtning o'zida ham absolyut, ham nisbiydir.  Egallagan bilimlarimiz va tajribamiz 

asosida  biz bilib olgan va tasvirlay oladigan narsa, sodir bo'lgan, inkor etib 

bo'lmaydigan  narsa bizning bilimlarimizning absolyut  jihatini tashkil  etadi.  

Lekin shu  bilan  birga, biz har bir bosqichda hamma narsani ham bilavermaymiz.  

Bizning bilim-  

larimiz ayni bir vaqtning o'zida uzluksiz kengayib va chuqurlashib boradi.  Shu  

ma‟noda ular absolyut emas,  balki nisbiydir, shu boisdan absolyut  haqiqatning  

o'zi nisbiy haqiqatlar yig'indisidan tarkib topishini e‟tirof etmoq kerak. Rivojlan-  

ishning har bir bosqichida bilimlarimizning chegaralari vaqtinehadir, lekin bilim­ 

 

 



larimiz tobora to'lib va chuqurlashib boigan sari biz absolyut haqiqatga yaqinlash-  

ib boramiz, ammo uni hech qachon to'la-to'kis egallay va tushunchada ifodalay  

olmaymiz, chunki tabiatning o'zi bilish obyekti sifatida kengligi jihatidan ham,  

chuqurligi jihatidan ham cheksizdir. 

Bilimlarimizning haqiqat yoki yolg'onligini,  ularning absolyutlik va nis-  

K onkret  va  biylik  darajasini  konkret joy  va  vaqt  sharoiti  belgilab  

ab strak t  h aq iq at  beradi.  Joy  va  vaqt sharoiti  almashi-nib,  o'zgarib  

turadigan  omil  ekanligi  sababli  bir  sharoitda  haqiqat  

bo'lgan narsa o'zgargan sharoitda yanglish yoki yolg'on bo'lib chiqadi. 

Joy va vaqt sharoitini har tomonlama hisobga olish talabi biluvchi  subyektni  

dogmatik  xatolardan  ehtiyot  qiladi.  Joy va  vaqt  sharoitining  o'zgarishi  

yetilgan  vazifalami hal qilishga ijodiy yondashuvni zarur qilib qo'yadi, zarur bo'lib 

qolganda  o'rtaga qo'yilgan maqsadga erishish taktikasi, metodi va usullarini 

o'zgartira bilishni  taqozo  etadi.  Shu boisdan  ham bilishning u  yoki bu  shakllari,  

metodlari va  usullarini absolyutlashtirish  mumkin  emas,  eskirgan  xulosalar va  

formulalami o'z  vaqtida yangilari, o'zgargan sharoitga mos keladiganlari bilan 

almashtirish zamr,  chunki ayni bir xil qonuniyatlar turli tarixiy sharoitda turli 

natijalarga olib keladi.Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi 

nuqtayi nazari­ dan  yondashiladigan  bo'lsa,  bu  holda  konkret  haqiqatga  

abstrakt  haqiqat qarama-qarshi qo'yiladi.  Abstrakt haqiqat - bu to'liq bo'lmagan, 

rivojlanma gan,  bir tomonlama haqiqat,  konkret haqiqatesa,  aksincha - to'liq,  

rivojlangan,  ko'p tomonlama  haqiqat.  Har qanday haqiqat,  u bilish jarayonida  



rivojlanib borganligi sababli,  abstraktlikni ham,  konkretlikni  ham o'z ichiga  

oladi.  Haqiqat o'z rivojining keyingi bosqichiga nisbatan abstrakt va ilgarigi  

rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir, Haqiqatga darhol erishib bo'lmaydi;  

unga erishish bilishning qiyin,  ko'p bosqichli jarayonidir. 



 

Download 146.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling