Omma psixologiyasi


GURUHLARDAGI IJTIMOIY PSIXOLOGIK HODISALAR


Download 32.73 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi32.73 Kb.
#1329964
1   2   3
Bog'liq
Psixologiya

GURUHLARDAGI IJTIMOIY PSIXOLOGIK HODISALAR
Guruhda quyidagi ijtimoiy psixologik hodisalar mavjud:
ijtimoiy fikr, taqlid, ta’siriga berilish, konformizm. Ijtimoiy - psixologik muhit ko`p jihatdan jamoa a’zolarining sig’ishuvchanligiga bog’liqdir.
Guruhiy MOS KELISH (sig’ishuvchanlik) fiziologik va psixologik bo`lishi mumkin. Bir kishining mehnat unumdorligini keskin tushiruvchi va bu bilan ikkinchisida toliqishning oshuviga olib keluvchi fiziologik mos kelishning buzilishiga o`tinni qo`lda arralash uchun bir juft ishchi sifatida baquvvat kishi bilan dardchil yigitchani yuborishgani misol bo`la oladi.
Guruhiy psixologik mos kelish psixomotor, emotsional - irodaviy xususiyatlariga diqqat va tafakkurdagi farqlariga bog’liqdir. Lekin hammadan ko`ra ko`proq guruh tarkibiga kiruvchi har bir kishining shaxsiy xarakteri xususiyatiga bog’liq bo`lmasligi, ammo, albatta, sig’ishuvchan bo`lishi kerak.
Psixologik muhit vujudga keltirishda aksari guruhga mos kelishga bog’liq bo`lgan ijtimoiy kayfiyat katta ahamiyatga ega. U guruhda bevosita ijobiy yoki salbiy psixologik muhit vujudga keltiradi.


GURUHNING ICHKI TUZILISHI
Har qanday guruh tuzilishiga ko`ra guruh a’zolari nufuzi va statusining o`ziga xos darajasini aks ettiradi. Uning yuqorisida referentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o`rin oladi, eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan siqib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning lideri joylashadi.
Lider - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a’zolari uchun o`zlarining manfaatlariga daxldor bo`lgan hamda butun guruh faoliyatining yo`llanishini va xarakterini belgilab beradigan eng ma’suliyatli yechimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Lider rasman guruhning rahbari bo`lishi ham va, aksincha, bo`lmasligi ham mumkin. Lider bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik bo`lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar (masalan, sinf boshi) bilan norasmiy lider yoki liderlar o`rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog’liq bo`ladi.
LIDER TIPLARI.
Guruh jamoasining rasmiy rahbarlik tizimi (guruhboshi, yoshlar tashkilotchisi va jamoatchilik ishlarning ayrim sohalari uchun mas’ul kishilar) unda norasmiy nufuzning taqsimlanishi va norasmiy peshqadam sifatida tanilish bilan to`g’ri kelishi ham, to`g’ri kelmasligi ham mumkin. Agar pirovad natijada shaxslararo munosabatlarda umumiy maqsadlarning mavjudligi jamoaga xalaqit qilmaydigan emas, balki hatto yordam berishi ham mumkin. Chunonchi, 30-40 o`quvchidan iborat guruh hisoblanadigan guruhda guruhboshi va yoshlar tashkilotchisiga tashqari odatga bir necha peshqadamlar mavjud bo`lib, ular tevaragida bir nechta norasmiy guruhlar uyushadi.
Liderlarning quyidagi tiplari farqlanadi:

Download 32.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling