Cloud Computing bu ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash vositalaridan
masofadan foydalanishni o'z ichiga oladigan yangi xizmatdir. "Bulutli" xizmatlar
yordamida siz har qanday darajadagi va har qanday hajmdagi ma'lumotlarga, faqat
Internetga ulanish va web-brauzer yordamida kirishingiz mumkin.
Bugungi kunda "bulutli" texnologiyalar barcha rivojlangan mamlakatlarda faol
qo'llanilmoqda, bu biznes, menejment, ta'lim va tadqiqot uchun mutlaqo yangi,
iqtisodiy imkoniyatlarni taqdim etadi.
Shu nuqtai nazardan, hozirgi vaqtda bulutli texnologiyalarni o'rganish
alohida ahamiyatga ega.
Bulutli texnologiyalar bu Internetning o'zi emas, balki mijoz dasturlarini
qayta ishlaydigan va bajaradigan apparat va dasturiy vositalar to'plami.
"Bulutli xizmatlar - bu faqatgina Internetga ulanish va veb-brauzer
yordamida har qanday darajadagi va istalgan quvvatdagi axborot manbalariga
kirishning yo'li."
Bulutli texnologiyalar - bu ta'lim sifatini oshirish va talabalarning ko'proq
harakatchanligini oshirish vositasi.
Hozirgi kunda nafaqat o'qish, balki Internetda hujjatlarni tahrirlash
imkonini beradigan bir nechta xizmatlar mavjud, shu jumladan:
Google Drive (Docs) (https://drive.google.com);
Zoho (http://zoho.com/);
ThinkFree (http://www.thinkfree.com/);
Feng Office (http://www.fengoffice.com/).
Ular orasida Google Docs eng rivojlangan va eng keng tarqalgan manba
bo'lgan - Gmailga ega bo'lgan har kim foydalanishi mumkin bo`lgan xizmatdir.
Google Drive xizmatiga qo'shilgandan so'ng, u barcha raqobatchilardan noyob va
asosiy ustunlikka ega - bulutli saqlash va ma'lumotlarni sinxronizatsiya qilish,
hatto Google Docs tarkibiga kirmagan uchinchi tomon dasturlari tomonidan
yaratilgan imkoniyatlarga ega bo`ldi. Google Drive bir qator jozibador
xususiyatlari bilan hatto MS Office-dan ham ustundir.
Jadval. Misrosoft Office va Google Drivening farqlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |