Оммавий очиқ онлайн курсларини яратиш назарияси ва амалиёти
UNIVERSITET TA’LIM JARAYONIDA ERKIN DASTURIY
Download 2.6 Mb. Pdf ko'rish
|
конф тўплам 18 22 май -оригинал (16)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
- Ключевые слова
UNIVERSITET TA’LIM JARAYONIDA ERKIN DASTURIY
TA’MINOTDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Salayev U.I., Salayeva M.I. ulugbek@urdu.uz , makhliyo.salaeva@gmail.com Urganch davlat universiteti Annotatsiya: Universitet taʼlim jarayonida tijorat dasturiy taʼminoti oʻrniga erkin dasturiy taʼminotdan foydalanish asoslari va afzalliklari. Kalit soʻzlar: erkin dasturiy taʼminot, universitet uchun dasturiy taʼminot. Аннотация: Основание и преимущество использования свободного программного обеспечения вместо проприетарного программного обеспечения в учебном процессе ВУЗ. Ключевые слова: свободное программное обеспечение, программное обеспечение для ВУЗа. Annotation: The basis and advantage of using free software instead of commercial software in the educational process of the university. Key words: free software, software for university. Erkin dasturiy taʼminot (free software) – bu dastlabki ochiq kodli dasturiy taʼminot (DT). Asosan binar maʼlumotlar koʻrinishida tatbiq qilinuvchi xususiy 92 DTdan farqli ravishda erkin dasturiy taʼminotning dastlabki kodi koʻrish va oʻzgartirish uchun hammaga ochiq holda boʻladi. Bu barcha xohlovchilarga oʻzining extiyoji uchun dastlabki yaratilgan kodni mustaqil yurgizish, nusxalash, tatbiq etish, oʻzgartirish va rivojlantirish, ehtimol, dastur ishlab chiqishga yordam berish imkonini beradi. Ochiq dasturlarning dastlabki kodlari odatda “erkin” litsenziyalar shartlari asosida chiqariladi, ularning ichida eng mashhurlari GNU General Public License (GPL), BSD License, GNU Lesser General Public License (LGPL), Mozilla Public License va boshqalar. Erkin litsenziya quyidagi minimal cheklovlar asosida dasturlarning dastlabki kodidan oʻzining ehtiyojlari uchun foydalanishga imkon beradi: oldingi yaratuvchilariga havola berish talabi yoki oʻzgartirilgan dasturni keyinchalik ommalashtirishtirishda ochiqlik xususiyatini saqlash talabi [1]. Koʻpchilik dastur yaratuvchilar ochiq kodli dasturiy mahsulot (Open Source) rivojiga oʻzining xissasini qoʻshishi mumkinligi, butun dunyo boʻylab dastur yaratuvchilar jamoalarini paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi. Shunday yondashuv doirasida GNU/Linux ochiq operatsion tizimi, MySQL va PostgreSQL erkin maʼlumotlar bazasi, Mozilla Foundation tomonidan yaratilgan Mozilla Firefox va Mozilla Thunderbird – mahsulotlari, Apache web-serveri, OpenOffice ofis paketlari paydo boʻldi va rivojlanyapti. IBM, Hewlett-Packard, Intel, JBoss, Novell, Sun Microsystems, Red Hat va boshqa shu kabi taniqli koorporatsiyalar erkin dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqishda va tatbiq qilishda muhim xissa qoʻshmoqda. Koʻp hollarda nooʻrin ravishda erkin dasturiy taʼminotni tijoriy DTga nisbatan qarshi qoʻyishadi. Aslida, erkin dasturiy taʼminot bir vaqtning oʻzida tijorat shaklida ham boʻlishi mumkin – ochiq kodli dasturiy taʼminot yechimlariga asoslangan ikki tomonlama litsenziyadan foydalanish, pullik qoʻllab – quvvatlash imkonini berish, mahsulotdan foydalanishga obuna boʻlish yoki koʻshimcha pullik xizmat koʻrsatish biznes–modellari mavjud. IDC analitik kompaniyasi maʼlumotiga koʻra, 2011-yilda faqat yakka tartibdagi ochiq kodli dasturiy taʼminotni sotishdan tushadigan daromad 5,8 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan va bunda raqobat asosan nazarda tutilgan biznes–modellar tufayli yuzaga kelgan. Biroq, bugungi kunda koʻplab tashkilotlar biznesda strategik jihatdan foydali pozitsiyalarini inobatga olgan holda ochiq kodli DT manbalaridan foydalanmoqdalar. Erkin dasturiy taʼminot davlat va davlatlararo darajadagi xususiy dasturiy taʼminot tizimiga haqiqiy oʻrindosh sifatida qaraladi. Buni tasdiqlash uchun Rossiya Federatsiyasida erkin dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va undan foydalanishni rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasini hamda Yevropa Parlamenti axborot texnologiyalari boʻlimida oʻtkazilgan sinovlarni asos sifatida keltirish mumkin. Xorvatiya, Janubiy Afrika, Braziliya va boshqa davlatlar milliy standart sifatida qabul qilgan ochiq standart ODF (OpenDocumentFormat) erkin dasturiy 93 taʼminot davlat tashkilotlari uchun ofis dasturlari talablariga javob berishini tasdiqlashi mumkin. Yuqorida qayd etilgan tendentsiyalar taʼlim sohasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin emas. Koʻpincha cheklangan byudjetga ega boʻlgan va bir tomondan, yuqori sifatli axborot infratuzilmasini taʼminlash zaruriyati mavjud boʻlgan taʼlim muassasalari uchun erkin dasturiy taʼminot koʻp hollarda murosaga keltiruvchi yechim boʻlishi mumkin. Taʼlim muassasalarida ochiq kodli dasturiy taʼminotdan foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va texnik jihatlariga eʼtibor qaratish lozim. Butunjahon dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilar tashkiloti (BSA – Business Software Alliance) maʼlumotlariga koʻra, 2007-yilda Sharqiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlar qaroqchilik asosida oʻzlashtirilgan dasturlar ulushi boʻyicha 68% bilan yuqori oʻrinlarni egallagan, jumladan Rossiyada bu koʻrsatkich 73%, Ukrainada - 83% ni tashkil qilgan [2]. Ushbu mamlakatlarning JSTga kirish niyatlari munosabati bilan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish choralari koʻrilmoqda. Taʼlim jarayonida tijorat dasturlardan foydalanish oʻquv muassasalari hodimlari va talabalarni qaroqchilik dasturlaridan foydalanishni kamaytiradi, shaxsiy foydalanish uchun ular barcha zarur dasturlarni sotib olishlari muammoligicha qoladi. Erkin dasturiy taʼminot litsenzion kelishuvlarni buzish tahdidisiz ishlatilishi va tarqatilishi mumkin, bu uning sezilarli afzalligi. Zamonaviy universitetdagi oʻquv jarayoni axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan chambarchas bogʻliq va bu nafaqat texnik, balki maxsus fanlarga ham tegishli. Shu bilan birga, kompyuter laboratoriyalarini dasturiy mahsulotlarning litsenziyalangan nusxalari bilan taʼminlash ancha jiddiy xarajatlarga olib kelishi mumkin. Shunday kilib, turli xil mutaxassisliklar (iqtisodiy, huquqiy, texnik, ijodiy) boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan universitet uchun akademik chegirmalar asosidagi asosiy dasturiy taʼminot (WindowsVista, Microsoft Office, Adobe Photoshop, Statistica, WinRAR) bilan taʼminlangan 10 ta kompyuterdan iborat laboratoriyani sotib olish taxminan 15 ming AQSh dollari atrofidagi mablagʻni tejashga imkon beradi. Koʻplab taʼlim muassasalari uchun bunday xarajatlar xususiy dasturiy taʼminotdan qonuniy foydalanishni imkonsiz qiladi. Shu bilan birga, ochiq litsenziyalar asosida tarqatiladigan bepul dasturlar mavjud boʻlib, ular shunga oʻxshash va koʻp hollarda yanada kengroq funksional imkoniyatlarni taqdim etishlari mumkin. Jadvalda bir nechta keng tarqalgan tijorat dasturiy mahsulotlar, ularning akademik chegirmalar xisobga olingan holdagi narxi, hamda erkin dasturiy taʼminot orasida eng yaqin oʻxshashlari koʻrsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling