Ommaviy axborot vosita media targ’ibotchi sifatida targ’ib etish
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish
Download 36.76 Kb.
|
OMMAVIY AXBOROT VOSITA MEDIA TARG
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: ommaviy axborot vositasining maqsad va vazifalari qonun hujjatlariga zid bo‘lsa; ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qonunga muvofiq ommaviy axborot vositasini ta'sis etish huquqiga ega bo‘lmagan yuridik yoki jismoniy shaxs nomidan berilgan bo‘lsa; ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma'lumotlar haqiqatga mos kelmasa; bundan avval aynan bir xil yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash nomdagi ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa. Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, qaror chiqarilgandan keyin bir kun ichida arizachiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bildirish yuboriladi (topshiriladi), unda rad etish sabablari, shuningdek arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi. Muassis ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi: ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi; agar ommaviy axborot vositasi bir yildan ortiq vaqt davomida nashr etilmagan bo‘lsa (efirga uzatilmagan bo‘lsa); agar tahririyat ustavi yoki uning o‘rnini bosadigan shartnoma ommaviy axborot vositalarida birinchi marta e'lon qilingan (efirga qo‘yilgan) kundan boshlab uch oy mobaynida ro‘yxatga olish organiga yuborilmagan bo‘lsa; agar ommaviy axborot vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi shart. Sudning ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qarori kuchga kirgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ommaviy axborot vositalarining yagona reyestriga tegishli yozuv kiritadi. Jismoniy shaxs vafot etgan yoki ommaviy axborot vositasining ta'sischisi bo‘lgan va ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq huquq va majburiyatlari tahririyatga o‘tkazilmagan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalarining reyestriga tegishli shaxsni vafot etganligi yoki yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxsning tugatilganligi to‘g‘risida ma'lumot kiritilgan paytdan boshlab bir yil o‘tgandan keyin ommaviy axborot vositalarining yagona reyestriga tegishli yozuv kiritadi. Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi ma'lumot ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi kerak. Download 36.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling