Ommaviy madaniyat tushunchasi mazmun – mohiyati, uning salbiy oqibatlari


Download 45.5 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1606229
  1   2   3   4
Bog'liq
OMMAVIY MADANIYAT TUSHUNCHASI MAZMUN

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Kitch


OMMAVIY MADANIYAT TUSHUNCHASI MAZMUN – MOHIYATI, UNING SALBIY OQIBATLARI


REJA:

  1. OMMAVIY MADANIYAT

  2. ART‑KITCH‑POP MADANIYAT

  3. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI

  4. XULOSA

Bugun barcha turdagi Ommaviy axborot vositalarida tez-tez «ommaviy madaniyat» so’ziga duch kelyapmiz. Bu yonma-yon qo’llanilayotgan ikki so’z bekorga qo’shtirnoq ichiga olingan holda keltirilayotgani yo’q. Chunki u tub mazmun-ma’nosiga, maqsad-niyatiga ko’ra chinakam madaniyatning kushandasidir.


«Ommaviy madaniyat» G’arb dunyosida o’tgan asrning ikkinchi yarmida shakllangan. G’arbda uni «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kul’tura» (ya’ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi.
Oddiy til bilan tushuntiradigan bo’lsak, «ommaviy madaniyat» bizga chetdan kirib kelayotgan, g’ayrioddiy, milliy qadriyatlarimizga, an’analarimizga, urf-odatlarimiz va madaniyatimizga aks ta’sir qiluvchi salbiy kuchdir. U o’zining o’ta zamonaviy bo’lib ko’rinishi bilan ko’proq yoshlarni jalb qiladi. Eng yomoni, uning turli ko’rinishlari mavjud. Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega bo’lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa — rasm mahsulotlari), starizm (sub’ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish), xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag’ini chiqarish yoxud o’t qo’yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko’ngil ochish»lar uyushtirish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko’rinishlaridir.
Bizga chetdan kirib kelayotgan, ma’naviyatimiz, madaniyatimiz, o’zbekona qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo’lgan,ma’naviyva axloqiy tuban illatlarni o’z ichiga olgan illatlar yig’indisi.
“Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzini ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlardir.
“Ommaviy madaniyat” odamlarning didini yuksaltirishga, milliy va jahon san’atining mumtoz asarlarini tushunishga emas, balki bu boradagi madaniyatimizni siyqalashtrishga sabab bo’ladi. Ommaviy madaniyat bebaho milliy ma’naviy boyligimiz ‑ o’zbekistonliklarga xos yuksak badiiy didni o’rtamiyona, ommabop, “bizga shu ham bo’laveradi”,‑ deydigan darajagacha tushirib, pasaytirib yuborishi mumkin.

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling