Ommaviy madaniyat tushunchasi mazmun – mohiyati, uning salbiy oqibatlari


Download 45.5 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1606229
1   2   3   4
Bog'liq
OMMAVIY MADANIYAT TUSHUNCHASI MAZMUN

Art‑kitch‑pop madaniyat. “Ommaviy madaniyat” mahsulotlari “kitch” mahsulotlar deyiladi. Kitch (nemischa) “arzonlashtirish”, “arzon narsaga aylantirish” degani. Sotsiolog German Broxning fikricha, kitch bu – “o’xshatish, taqlid qilish tizimi”dir (1969 yil). Olim nimani nimaga o’xshatish haqida gapirayotir? Albatta, qalbaki narsani asl narsaga, yomon narsani yaxshi narsaga, xunuk narsani go’zal narsaga o’xshatish haqida. Bu hol uyida qo’lbola usulda tikkan kostyumga dunyodagi mashhur firma yoki kompaniyaning belgilarini yopishtirib qo’yishga o’xshaydi. Demak, kitch – asl narsa emas, qimmat narsaning arzonlashtirilgan yasama nusxasi. Sun’iy narsa yaratish, demakdir.
Hozirgi vaqtga bu axloqqa nisbatan ham qo’llanmoqda. Ya’ni, mehribon bo’lish emas, mehribonga o’xshab ko’rinish, haqiqiy do’st bo’lish emas, haqiqiy do’stga o’xshash va h.k. Natijada axloq – soxta axloq bilan almashadi. Yaxshilik o’rnini “yaxshilik” niqobidagi boshqa narsa egallaydi. Shakl mazmunni siqib chiqaradi.
“Ommaviy madaniyat” eng muhim qadriyatlarni emas, ikkinchi darajali narsalarni, ikir‑chikirlarni bo’rttiradi. Ulardan fojialar yasaydi. Ekranlarda odamlarni faxsh, jinoyatchilik, yovuzlik sahnalari kutib turadi. Buning uchun ularga qiziqish uyg’otiladi. Ma’nan qashshoqlashgan millionlab odamlar ana shu “tovar”larning iste’molchisiga aylantiriladi. Ularga talab shakllantiriladi. Xaridor tayyor. Tovar tayyor. Sotiladi. Marhamat, millionlab daromadga egalik qiling.
Odamlarga hamyonbop tovar‑asarlar reklama qilinadi. Ular sotib olinadi, tomosha qilinadi, tinglanadi. Odamlar o’zlari sotib ololmaydigan narsalarni... istamaydigan qilib tarbiyalanadi.
“Biz yo baxtni, yoki yuksak san’atni tanlashimiz kerak edi. Biz yuksak san’atdan voz kechdik. Uning o’rniga sezimli va hidli kinoga ega bo’ldik”, deydi ingliz yozuvchisi Oldos Xaksli (1946y). U san’at yomon niyatli kishilar qo’liga tushsa, odamlar ongiga stereotiplarni urib kirituvchi qurolga aylanishidan ogohlantirgan edi: “Bugun Baxning musiqasi oshxonada eshittirilmoqda. Yangi kir yuvish kukuni, qo’ltiq terlashiga qarshi gel reklamasida Betxovenning 9‑simfoniyasi “ishlatilayotir”. Hayvonlar qabristonidan berilgan reportajda marhum maymunni ko’mishda Motsartning kuyi chalib turildi va h.k.
Mana shunga o’xshash voqealar ta’sirida fantast yozuvchi Lloyd Biggl “Musiqa yasovchi” nomli qissasini yozadi. Qissada qo’rqinchli XXIV asr voqealari tasvirlanadi. Bu davrga kelib, haqiqiy bastakor qolmaydi. Bastakorlarning o’rnini musiqa yasovchi ustamonlar egallab oladi. Ular reklama uchun mo’ljallangan kuylarni sotib tirikchilik qiladi. Ular o’z ijodiy kechalarini, yakkaxon kontsertlarini kolbasa yoki sovunga bag’ishlab yozgan “bebaho” asarlari bilan boshlaydi. Kitch yasovchi ustamon tanbur chalishni bilmaydigan tanbur ustasiga o’xshaydi.
Uni xayolini “ommaviy madaniyat” vasvasasi band etgan odamdan “Ro’zi Chorievning “Tong” asari qanday?” deb so’rasangiz “Zo’r” deydi. “Nimasi zo’r?” desangiz u yelka qisib qo’ya qoladi. Nega deganda, u kartinaga qaraydi, lekin hech narsani sezmaydi. Boshqalar nimani “zo’r” desa, o’shani “zo’r” deb yuraveradi. Shu tariqa “ommaviy madaniyat” shaxsning didini o’ldirib, millionlab odamlarni mustaqil fikrdan, shaxsiy munosabatdan, demak, o’zligidan, “men”idan judo qiladi.
Haqiqiy san’atdan so’ng esa odam go’zal o’yu, xayollarga cho’madi. Kitch san’ati mahsulotini ko’rgach, kishida hech qanday tassurot qolmaydi. “Men”idan judo bo’lgan odam uchun rangtasvir bebaho asari ham uyining devori, mebeli, pardasi rangiga mos kelishi yoki kelmasligiga qarab qimmat kasb etishi mumkin. “Shashmaqom”ning “Rost” maqomi ular uchun teran mazmunli kuy emas, uyga “fon” berib turgan servantdagi choynak‑piyoladek qimmatga ega bo’lib qoladi.
“Ommaviy madaniyat”da “Pop (ommaviy)-muzika” alohida o’rin tutadi. “Pop-muzika”ni “Yangi rok” belgilaydi. “Yangi rok”, tahbir joiz bo’lsa, kuchaytirilgan ritmik tizimli musiqadir. Ya’ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasaga tushub o’zini unitib, raqsga tushishga yo’naltirilgan. “Ommaviy madaniyat”dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo’qqa chiqarmoqda. Insonning fikrlab rohatlanishi imkoniyati va istagini cheklab, fikrini parokanda qilishga qaratilgandir.
Umuman aytganda, “pop-muzika” ijrochiligi ko’ngilochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqslar, ko’pincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib yetadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. 1970 yilda Kaliforniyaning Altamonte shahrida bo’lgan musiqa festivalida o’zini «pop-muzika» qiroli hisoblaydigan “Rolling Stounz” («Aylanayotgan tosh») guruhi kontserti ana shunday ur-yiqitlar bilan tugab, politsiya bu mojaro oqibatlari bilan uzoq muddat shug’ullanishiga to’g’ri kelgan edi. “Pop-muzika” namoyandalari o’z “ommaviy”liklarini ta’kidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuyg’ularini rad etib - asosan ko’cha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va o’zlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni «pop-muzika»chilar san’atdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi. Ular hamma narsani jo’nlashtirish va sayozlashtirish tarafdoridirlar.
Aslida, ularning sahnada o’zlarini bezorilarday tutishi san’atni va san’atkorlikni yerga uradi. Bu esa hayron qolarli emas: chunki asl san’atni yerga urish – “Ommaviy madaniyat”ning dasturiy, Ya’ni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan vazifalaridan biridir.
Afsuski, yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globallashuv sharoitida, G’arbdagi “markazlar” bundan foydalanib, boshqa davlatlar va xalqlar o’rtasida G’arb hayoti “jozibalari”ni, jumladan, “ommaviy madaniyat”ni “erkinlik shabadalari” tarzida imkon qadar keng yoyishga yeng shimarib harakat qilmoqdalar.
AQSHning taniqli siyosatshunosi Zbignev Bjezinskiy shunday yozadi: “...Madaniyat sohasida Amerika jahon yoshlari orasida alohida jozibadorligi bilan ajralib turadi. Bu esa AQSHga jahonning hech bir davlatiga nasib qilmagan siyosiy ta’sirni tahminlaydi. Ayniqsa, Amerikaning televizion dasturlari va filmlari jahon bozorining to’rtdan uch qismini egallaydi. Uning ommabop musiqasi, amerikaliklarning qiziqishlari, ovqatlanishlaridagi odatlari va hatto, kiyinishlariga butun dunyoda taqlid qiladilar”. AQSH siyosati va mafkurasi namoyandalari o’z mamlakatlari manfaati, siyosati va turmush tarzini faqat kitoblar, publitsistik chiqishlar orqali targ’ib etish bilan cheklanib qolayotganlari yo’q. Dunyo xalqlarini “g’arblashtirish”-ga urinishlar quroli sifatida, masalan, “ommaviy madaniyat” vositalaridan, turli-tuman axborot tarqatish (reklama, matbuot, kino, televideniya kabi) yo’llaridan zo’r berib foydalanilmoqda.

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling