Ommaviy oferta shartnomasi
ONLAYN MIKROQARZ AJRATISH BUYICHA OMMAVIY OFERTA
Download 365.37 Kb. Pdf ko'rish
|
agrobank oferta uz
7. ONLAYN MIKROQARZ AJRATISH BUYICHA OMMAVIY OFERTA
SHARTNOMASI Bir tomondan “Agrobank” Aksiyadorlik Tijorat Banki (bundan buyon matnda Bank deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2017 yil 21 oktyabrda berilgan 78-sonli litsenziyaga asosan faoliyat yurituvchi va ikkinchi tomondan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlariga (bundan buyon matnda Qarz oluvchi deb yuritiladi) ushbu ommaviy oferta shartnomani (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar: 7.1. SHARTNOMA PREDMETI 7.1.1. Bank Qarz oluvchiga Agrobankning rasmiy veb sahifasi (www.agrobank.uz va www.my.agrobank.uz) va mobil ilovasi orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan va amaldagi qonunchilik bilan cheklanmagan to‘lovlar uchun onlayn mikroqarz (keyingi o‘rinlarda kredit deb yuritiladi) beradi. Qarz oluvchi esa, Bankka olingan kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan muddat va shartlarda to‘liq qaytaradi. 7.1.2. Kredit limiti bankning rasmiy veb sahifasi va mobil ilovasidagi o‘rnatilgan maxsus dastur orqali avtomat tarzda (mijozning bank kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisob raqamidan kelgan mablag‘lar tahlilidan kelib chiqib, qarz yuki doirasida, skoring dasturi orqali) belgilanib, uchinchi shaxslar kafilligi yoki kredit qaytmasligi xatari sug‘urta qilish asosida ko‘pi bilan 10 000 000 (o‘n million) so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil qiladi. 7.1.3. Kredit muddati: Kredit 1 (bir) yil muddatga xar 6 (olti) oyning so‘ngi 4 (to‘rt) oyida (3,4,5,6, va 9,10,11,12 oylarda) teng ulushlarda to‘liq so‘ndirish va dastlabki 6 (olti) oyda qayta ajratish sharti bilan (revolver shaklida) ajratiladi. Bunda, ikkinchi 6 oylikda qaytarilishi lozim bo‘lgan grafik summasiga mutanosib ravishda mablag‘ ajratiladi va so‘ndirilgan mablag‘lar qayta tiklanmaydi. 7.1.4. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz miqdori: yillik - (-) foiz. 7.1.5. Berilgan onlayn mikroqarzlarga hisoblangan foizlar xar oyda va shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3,4,5,6 va 9,10,11,12 oylardagi grafik bo‘yicha asosiy qismi kredit ajratilgan sanadan qatʼiy nazar to‘lanishi lozim bo‘lgan oyning 5 sanasidan kechikmagan holda to‘lanadi. 7.2. SHARTNOMANI AKSEPTLASH 7.2.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367- moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. 7.2.2. Mijoz tizimga kirib tizimning yoki uning ayrim xizmatlaridan (www.agrobank.uz, www.my.agrobank.uz va “AGROBANKMOBILE” mobil ilovasi orqali) foydalanishni maʼqullaganda Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga asosan aktseptlangan hisoblanadi hamda mijoz qarz oluvchi va to‘lovlarni amalga oshiruvchi sifatida qatnashadi. 7.3. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 7.3.1. Qarz oluvchi quyidagi huquqlarga ega: - Bankning “Bank filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan “Onlayn miqroqarz” berish to‘g‘risida”gi Tartib talablari bilan tanishib chiqish; - o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan kredit berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda to‘liq axborot olish; - kredit shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda bajarilishini talab qilish; - olingan kredit summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirish, bunday holda faqat kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlarni to‘lash; - kredit shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida kreditidan foydalanmagan taqdirda, shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish. Bankdan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashni talab qilish. 7.3.2. Qarz oluvchi va kafil quyidagi majburiyatlarga ega: - krediti olish va foydalanish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi; - kreditidan amaldagi qonunchilikka muvofiq foydalanishi; - olingan kreditni qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni shartnomada belgilangan tartibda hamda muddatlarda amalga oshirishi; - kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risida yozma yoki elektron SMS tarzda xabar olingan kundan boshlab 3 (uch) bank ish kunida qarzdorlikni Bankka to‘liq to‘lab berishi; - kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamagan yoki to‘liq to‘lamagan taqdirda bank tomonidan ushbu to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz oluvchi va unga kafillik bergan shaxsning oylik ish haqisidan, plastik kartasidan, omonatdagi yoki depozitdagi har qanday mablag‘lar hisobidan hamda boshqa banklardagi hisob raqamlaridan akseptsiz undirib olinishiga qarshilik ko‘rsatmaydi. Qarz oluvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 7.3.3. Bank quyidagi huquqlarga ega: - kredit berishni rad etish; - shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va monitoring o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni qarz oluvchidan so‘rab olish; - kredit bo‘yicha to‘lov 30 (o‘ttiz) ish kunidan ortiq amalga oshirilmaganda kredit va unga hisoblangan foizlarni sud tartibida, shu jumladan muddatidan oldin undirish. 7.3.4. Bank quyidagi majburiyatlarga ega: - qarz oluvchining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan kredit berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda to‘liq axborotni maʼlum qilishi; - kreditni mazkur shartnomada belgilangan tartibda va muddatda berishi; - kredit berish qoidalarini hamma tanishib chiqishi uchun qulay bo‘lgan joyga joylashtirishi; - shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qarz oluvchiga qoplashi shart. Bank qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 7.4. KREDITLASH TARTIBI 7.4.1. Bank kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchiga tegishli hisobvaraqlarni ochadi. 7.4.2. Shartnoma akseptlangandan keyin Bank kredit summasini qarz oluvchining buyurtmasida ko‘rsatilgan to‘lov shaklida ajratib beradi. 7.4.3. Ajratilgan kreditni muddati kelgandan so‘ng qarz oluvchining plastik karta va masofadan boshqariladigan maxsus hisob raqamlariga kelib tushayotgan barcha mablag‘lar dasturiy tizim orqali avtomat tarzda quyidagi ketma ketlikda: kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar, kreditning asosiy qarzi, hisoblangan penyani undirish uchun yo‘naltiriladi. 7.4.4. Bank kreditni qaytarish muddati kelgandan so‘ng, qarzdorlik mavjud bo‘lsa qarz oluvchining plastik kartasi va masofadan boshqariladigan maxsus hisob raqamlari xaraqatini qarzdorlik so‘ndirilgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatish orqali kelib tushayotgan barcha mablag‘larni qarzdorligini so‘ndirish uchun yo‘naltiradi. 7.4.5. Qarz oluvchining plastik kartasiga yoki masofadan boshqariladigan maxsus hisob raqamlariga 2 (ikki) oy davomida mablag‘lar kelib tushmagan taqdirda kreditning ishlatilmagan qismi qaytariladi yoki kreditlash maxsus dasturiy taʼminot orqali to‘xtatiladi. 7.4.6. Qarz oluvchi kredit mablag‘laridan amaldagi qonunchilikka zid ravishda foydalangan taqdirda kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib olishga haqli. 7.4.7. Bank yuzaga kelgan barcha qarzdorliklarni qarz oluvchining mavjud bo‘lgan barcha hisob raqamlaridagi mablag‘lar hisobidan memorial order bilan uning roziligisiz undiruvni amalga oshiradi. 7.5. MAXSUS SHARTLAR 7.5.1. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, undiruvchilar va davlat ijrochilarining undiruvni qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi qarorlarini ijro etishda qarzdorliklar kredit mablag‘lari hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank bunday qarorlar (talablar)ni ijrosiz qaytaradi. 7.5.2. Bank qarz oluvchi haqida va u tomondan kredit bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlanishini kafolatlaydi va hech kimga oshkor etmaydi. Maʼlumotlar faqat amaldagi qonunchilikka muvofiq oshkor qilinishi va taqdim etilishi mumkin. 7.5.3. Bank kredit mablag‘i berilishida bank xizmatlarini ko‘rsatganligi hamda kredit mablag‘i ajratganligi uchun ushbu shartnomaning 1.4. bandiga muvofiq haq oladi, qarz oluvchi esa ushbu haqni o‘z vaqtida to‘laydi. 7.5.4. Qarz oluvchi vafot etganda kredit bo‘yicha qarzdorlik amaldagi qonunchilikka muvofiq sud tartibida uning mol-mulkiga va/yoki merosxo‘rlariga qaratilishi mumkin. 7.5.5. Qarz oluvchi mazkur qarzga oid maʼlumotlarni kredit tarixini o‘rganish bo‘yicha mutassaddi tashkilotlarga taqdim qilinishiga rozilik beradi. 7.5.6. Mazkur shartnomani ijro etish bo‘yicha, har qanday sud instansiyasida bank taqdim etgan hujjat, ushbu qarzdorlik summasi Bankka tegishliligi va to‘lanishi lozimligini tasdiqlovchi prima facie (birlamchi) dalil hisoblanadi. 7.5.7 Ushbu shartnoma asosida berilgan kreditlar uchun joriy qilingan karantin vaqtidagi “Kredit taʼtillari” qo‘llanilmaydi. 7.6. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI 7.6.1. Shartnoma qarz oluvchi tomonidan akseptlangan kundan boshlab kuchga kiradi. 7.6.2. Ushbu Shartnoma kredit muddati davrida amal qilib, kredit yuzasidan barcha qarzdorliklar so‘ndirilganidan keyin bekor qilinadi. 7.7. FORS-MAJOR HOLATLAR 7.7.1. Agar shartnomaning bajarilmaganligi, shartnoma tuzilgandan so‘ng yuzaga kelgan suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, oqibati hisoblansa, taraflar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Taraflarni majburiyatini bajarishdan ozod qilishi uchun bu fors-major holatlar majburiyatining bajarilmasligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘sqinlik qilgan bo‘lishi lozim. 7.8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI 7.8.1. Taraflarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi. 7.8.2. Mijoz topshirig‘iga asosan kredit summasi o‘z muddatida o‘tkazib berilmaganda, “Bank” “Qarz oluvchi”ga kechiktirgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,2 foizi miqdorida penya to‘laydi. Biroq, bunda penyaning umumiy summasi o‘tkazib berilmagan summaning 10 foizidan oshib ketmasligi lozim. 7.8.3. Kredit va uning foizlari o‘z vaqtida qaytarilmaganda, mijoz kredit qarzdorligining har bir kechiktirilgan kun uchun 0,2 foiz miqdorida, ammo kredit qoldig‘i summasining 10 foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi. 7.8.4. Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan barcha nizolar milliy valyutada plastik karta hisob raqamini ochilgan bank filiali joylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 7.8.5. Mazkur shartnoma akseptlangach qarz oluvchi tomonidan imzosi o‘z qo‘li bilan bajarilib imzolangan hamda elektron imzo bilan tasdiqlanib tuziladigan shartnoma bilan teng yuridik kuchga ega hisoblanadi. Download 365.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling