Ommaviy qirg‘in qurollari va ularning yangi turlari. Yadrobiy qurol. Radiatsion xavfsizlik


Download 47.49 Kb.
bet4/7
Sana07.11.2023
Hajmi47.49 Kb.
#1754204
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 мавзу

Yer yuzasidagi yadroviy portlash deb, er yuzasida, uncha baland bo‘lmagan havodagi portlashga aytiladi, bunda nur tarqatadigan shar er yuzasi bilan kesishadi va yarim sfera shaklida bo‘ladi. Yer yuzasida sodir bo‘lgan portlashdan chuqurlik hosil bo‘ladi. Chuqur o‘lchamlari portlash quvvatiga boshiq va bir necha yuz metrgacha etishi mumkin. Yer ustidagi portlashda qo‘zi-qorinsimon kuchli chang-to‘zon buluti va ustuni hosil bo‘ladi. Buning natijasida, bulut erdan ko‘p miqdordagi tuproqni havoga olib chiqadi, bu unga qora rang beradi. Portlashning radiofaol mahsulotlari bilan aralashgan tutproq chang-to‘zon bulutining tezroq tarqalishiga sabab bo‘ladi. Yer ustidagi portlashda havodagi portlashga nisbatan radiofaol zararlanish kuchliroq kuzatiladi.
Yer ustidagi portlashlar dushmanning qo‘shinlarini, mustahkam yer osti inshootlarini yo‘q qilish, atrof-muhitni radiofaol moddalar bilan kuchli zararlash uchun mo‘ljallangan.
Yer ostidagi yadroviy portlash deb, yer ostida o‘tkazilgan yadroviy portlashga aytiladi. Bunday portlashda nur tarqata-digan shar kuzatilmasligi mumkin, bunday portlashdan tuproqqa katta bosim beriladi, hosil bo‘lgan zarba to‘lqini er qimirlashiga o‘xshash tebranish hosil qiladi. Portlash sodir bo‘lgan joyda katga chuqurlik hosil bo‘ladi, uning o‘lchamlari portlash quvvati va tuproq turiga bog‘liq. Chuqurdan ko‘p miqdordagi tuproq qavati radiofaol moddalar bilan sochiladi. Portlash ustuni bir necha yuz metrgacha etadi. Yer ostidagi portlashda qo‘ziqorinsimon bulut hosil bo‘lmaydi. Yer ostidagi portlashlar maxsus er osti qurilmalarini yo‘q qilish, tog‘li joylarda g‘ov hosil qilish uchun mo‘ljallangan.
Suv ustida sodir bo‘ladigan yadroviy portlash tashqi ko‘rinishiga ko‘ra yer ustida sodir bo‘ladigan portlashga o‘xshaydi.
Suv ostidagi yadroviy portlash suv ostida sodir bo‘ladi, bunda nur tarqatadigan shar kuzatilmaydi. Suv yuzasida balandligi bir kilometrga etadigan qo‘ziqorinsimon bulut hosil bo‘ladi. Suvning suv havzasiga qayta tushishi natijasida radiofaol tuman hosil bo‘ladi. Keyinchalik, suvli bulut hosil bo‘lib, undan radiofaol yomg‘ir yog‘adi.
Yadroviy qurolning shikastlovchi omillari kuyidagilardan iborat:

  • portlash to‘lqini yoki zarba to‘lqini;

  • yorug‘lik nurlanishi;

  • o‘tuvchan radiatsiya;

  • joylarning radiofaol moddalar bilan zararlanishi;

  • elektromagnit impulsi.

Zarba (portlash) to‘lqini portlash markazidan Har tomonga tovush tezligidan ham katta tezlikda tarqaladigan, juda katta bosimda sikilgan havo zonasidan iborat. Sikilgan havo zonasining oldingi chegarasi zarba to‘lqini fronti deb ataladi. Sikilgan havo zonasida hosil bo‘lgan eng katta havo bosimi (Rf) va atmosfera bosimi orasidagi (Ro) bosimning farki zarba to‘lqini frontidagi yuqori bosim (ΔRf) ni tashkil qiladi.
Zarba to‘lqini o‘tib ketgandan so‘ng bosim tezda pasaya boshlaydi va bir necha vaqtdan so‘ng atmosfera bosimidan ham pasayib ketadi. Vaqt o‘tishi bilan oldingi xolatiga qaytadi, ya’ni atmosfera bosimi tiklanadi. Zarba to‘lqini natijasida paydo bo‘lgan bosim atmosfera bosimiga bo‘lgan uzoqroq tursa zichlanish fazasini, atmosfera bosimidan kamrok vaqt tursa siyraklangan fazani tashkil qiladi.
Zarba to‘lqini dastlabki 1000 metrni 2 soniyada, 2000 metrni 5 soniyada, 3000 metrni 8 soniyada o‘tadi, shu vaqt orasida kishi osmonda yorug‘ shu’lani ko‘rishi bilan yashirinishga ulguradi va zarba to‘lqini shikastlashidan saqlanib qoladi. Zarba to‘lqinining shikastlash kuchi zichlanish fazasida hosil bo‘lgan bosimga bog‘liq. Bunda siyraklashgan faza xech qanday ta’sirlash kuchiga ega emas, u faqat zichlanish fazasi ta’sirini kuchaytirish xususiyatiga ega xolos.
Zarba to‘lqini yadroviy portlash vaqtidagi asosiy shikastlovchi omil bo‘lib hisoblanadi va jami portlash energiyasining taxminan 50 foizi shu omilga to‘g‘ri keladi.
Zarba to‘lqini shaxsiy tarkibni, harbiy texnika vositalari, qurollarni, fortifikatsion inshootlar, harbiy mol-mulklarni shikastlaydi va ko‘p vayronagarchiliklarni keltirib chiqaradi. SHaxsiy tarkib zarba to‘lqinidan bevosita yoki bilvosita, ya’ni imoratlardan tushgan narsalar, daraxtlarning sinib yoki aganab tushishi va boshqalardan zarar ko‘rishi mumkin.
SHikastlanishning asosiy sababi zarba to‘lqini ta’sirida havo bosimining keskin oshib ketishidir. Buni odamlar zarba deb tasavvur qiladilar, bundan tashqari, odam tezlanish bosimini sezadi va shu tufayli yiqilishi yoki og‘ib ketishi mumkin. Zarba to‘lqini ta’sirida odamning turlicha mexanik jarohatlanishi: tomir va tuqimalari uzilishi, suyaklari sinishi, kulok pardasi yirtilishi va boshqalar kuzatiladi.

Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling