Ommaviy qirg‘in qurollari va ularning yangi turlari. Yadrobiy qurol. Radiatsion xavfsizlik


Joylarning radiofaol moddalar bilan zararlanishi


Download 47.49 Kb.
bet6/7
Sana07.11.2023
Hajmi47.49 Kb.
#1754204
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 мавзу

Joylarning radiofaol moddalar bilan zararlanishi yadroviy portlash natijasida hosil bo‘ladi, bunda yadroviy portlash energiyasining taxminan 10 foizi sarflanadi.
Yadroviy portlash natijasida hosil bo‘lgan ko‘p mikdordagi radiofaol moddalar havo oqimiga ergashib portlash markazidan unlab, yuzlab kilometr masofalarga tarqaladi. Bu oqim turar joylar, suv manbalari, qishloq xujaligi maxsulotlari va boshqa narsalarni zararlaydi. Zararlangan joylardagi radiofaol moddalar odamlarga va xayvonlarga sirtdan ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur moddalar ovqat, suv orkali organizmga tushib, ichdan ta’sir ko‘rsatadi, natijada odam va xayvonlarda turli darajadagi nur kasalligi paydo bo‘ladi.
Joylarning radiofaol moddalar bilan zararlanishiga asosan kuyidagilar: yadroviy portlash natijasida hosil bo‘lgan radiofaol izotoplar yoki parchalanish «zarrachalari», ba’zi moddalarning radiofaol xolatga o‘tishi va yadro reaksiyasi natijasida parchalanishga ulgurmay qolgan yadro zaryadlari sabab bo‘ladi.
Parchalanish «zarrachalari» ichida eng ko‘p uchraydigan izotoplar-bu ittriy, tellur, molibden, yod, ksenon, bariy, lantan, stronsiy, seziy, sirkoniydir.
Atom bombasi havoda portlatilganda usha atmosfera radiofaol moddalar bilan zararlanmaydi. Chunki portlash natijasida hosil bo‘lgan olovli shar er yuzasidan ancha balandlikda bo‘ladi. Bunda asosan radiofaol moddalar changidan iborat bo‘lgan kichik qo‘ziqorinli bulut paydo bo‘ladi va yuqoriga qo‘tarilib ketadi. Natijada atmosferaning yuqori qatlami va stratosferaning zararlanishi ro‘y beradi. Hosil bo‘lgan radiofaol moddalar, asosan stronsiy-90 va seziy-137 uzoq yashovchi izotoplardan iborat bo‘ladi. Bu izotoplar uzoq yillar mobaynida juda ko‘p joylar yuzasiga tushadi.
Ayrim vaqtlarda portlash ruy bergan joy yuzasida taxminan 800-3000 metr doirada zararlanish kuzatilishi mumkin. Bu erdagi radiofaol zararlanish er tarkibidagi moddalarning radiofaol xolatga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zararlanish uzoq vaqtni tashkil qilmaydi, 2-5 soatdan so‘ng butunlay yukolib ketadi.
Yadroviy zaryad erda portlatilganda olovli sharning erga tegishi tufayli yer yuzasining sirtqi qatlami erib ketadi va portlash maxsulotlari bilan qo‘shilgan tuprok zarba to‘lqini yordamida uzoq joylarga sochilib ketadi. Portlash yuz bergan joyda hosil bo‘lgan yuqoriga intiluvchi havo oqimi quyun singari uyurilib erdagi chang, kum, tuproklarni yuqoriga olib chikib ketadi. U portlash maxsulotlariga aralashib qo‘ziqorin shaklidagi bulutni hosil qiladi. Hosil bo‘lgan bulut shamol esgan tomonga asta-sekin Harakatlanib, uzoq masofalarga tarqaladi. Buning natijasida ko‘p joylarga radiofaol moddalar tushadi va zararlanish ruy beradi. Radiofaol moddalar bilan qo‘shilgan bulut o‘tgan joylarda cho‘ziq ellipssimon radiofaol «iz» qoladi. Radiofaol bulut qoldirgan «iz» radiofaol moddalar izi o‘qidan qancha uzoqlashsa, radiatsiya darajasi shuncha kam bo‘ladi va odam organizmiga kam ta’sir ko‘rsatadi.

Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling