Omon muxtor tarixiy romanlarida moziy tasviri


-bobga oid xulosaviy fikrlar


Download 142.75 Kb.
bet3/3
Sana03.12.2020
Hajmi142.75 Kb.
#157816
1   2   3
Bog'liq
“omon muxtor tarixiy romanlarida moziy tasviri”


2-bobga oid xulosaviy fikrlar:

1.Yigirmanchi asr davomida zamonaviy o`zbek adabiyotida she`riyat mulkining sohibqironi, mutafakkir A. Navoiy haqida o`nlab she`rlar, bir necha doston, drama va roman yaratildi. Shundan so`ng, bu mavzu tugadi, degan fikr tufayli bo`lsa kerak, romanchilikda ulug` so`z san`atkori obrazini yaratishga urinish bo`lmaydi. Holbuki, O. Muxtor qahramonlaridan biri aytganidek, A. Navoiy – cheksiz bir ummon. Uning chek – chegarasi ko`zga tashlanmaydi. Ulug` shoir va inson haqida yuzta roman yozsa ham, bu mavzu olamini to`la – to`kis zabt etishini aslo iloji yo`q. Yozuvchi mana shu fikr va e`tiqoddan kelib chiqqan holda, yigirma birinchi asrning dastlabki besh yilini Alisher Navoiy haqida roman – dilogiya yozishga sarfladi. “Ishq ahli” va “Buyuk farrosh” asarlaridan iborat ushbu dilogiyada yangi davr va asr dunyoqarashi, ideali, badiiy tafakkuri mujassamlashtirilgan.

2.“Ishq ahli” va “Buyuk farrosh” romanlarida ulug` mutafakkir hayoti xronologik izchillikda tasvirlanmagan. Aslida bu romannavisning tarixiy shaxs siymosini yaratishda o`ziga xos yo`lidir. Ikkala asarda ham A. Navoiy shaxsi va hayoti muayyan falsafiy, axloqiy muammolar nuqtai nazaridan yoritilgan. Masalan, “Ishq ahli” romanida, asosan, hazrat Navoiy tarjimai holining keyingi avlodlariga mubham nuqtalari, shaxsiy hayoti, sevgi – sevgilisi haqida qahramon (Abulxayr)ning mulohaza, taxmin, kuzatishlari o`z ifodasini topgan. “Buyuk farrosh” da esa ko`proq shoir va davlat arbobining hayotidagi so`nggi yillar, uning yolg`izligi, xalq osoyishtaligi yo`lida sa`y – harakatlari, tasavvufga munosabati, ulkan shaxs ixlos va e`tiqod qo`ygan temuriylar sulolasi va Xuroson davlatining zaiflashishi va halokat sari borishi, bu holdan A. Navoiy ruhiy iztirob chekishi singarilar badiiy ifoda topgan.

3. Roman – dilogiya adibning istiqlol davrida yozgan boshqa yirik epik asarlari kabi milliy roman shakli – badiiy qurilmasini isloh etish, uni hozirgi davr falsafiy – badiiy tafakkuriga muvofiqlashtirish bo`yicha harakat, urinishlarning samarasi – natijasi sifatida yaratilgan. U badiiy – estetik saviyaning balandligi, tasvirning aniq, yorqinligi, pafosning haqqoniyligi, yuksakligi jihatidan romannavis ijodiy – badiiy tadrijida yangi bir bosqich bo`lib hisoblanadi.



X U L O S A
1. Omon Muxtor eng qiyin va mas`uliyatli yuksak deb hisoblangan roman janri bilan uzoq ijodiy – badiiy tayyorgarlikdan keyin – taxminan yigirma yillik adabiy tajriba to`plagach, shug`ullanishga kirishdi. Uning birinchi romani – “Yillar shamoli”ni sho`ro davridagi adabiy tanqid ancha noxush baholadi. Chunki adib ilk romanidayoq inson va hayotni odatdagi – an`anaviy qarashlardan farq qiladigan yo`l va uslubda yaratishga harakat qilgan edi. Biroq qayta qurish davrining eng avj pallasida yaratilgan “Egilgan bosh” romani millat kitobxonlari, adabiy jamoatchilik tomonidan qizg`in, samimiy kutib oldi, badiiy so`z muxlislari adibga o`nlab maktublar yozib, o`z minnatdorchiligini izhor etishdi. Bu safar adabiy tanqid ham asarga xolis, adolatli baho berishga harakat qildi. Chunki ushbu yirik epik shaklda mustabid sho`ro davridagi ijtimoiy adolatsizliklar yangicha ruh va shaklda o`tkir dramatizm va fojiaviylik asosida tasvirlangan edi.

2.Adibning romannavis sifatidagi zahmatkashligi, mehnatsevarligi, chinakam iste`dodi va badiiy mahorati milliy Mustaqillik davrida to`la – to`kis namoyon bo`ldi. Adib bu yillarda “To`rt tomon qibla” roman – trilogiyasini, “Ayollar mamlakati va saltanati”, “Ffu”, “Aflotun”, “Maydon”, “Odamlar kulishlari kerak”, “Muhabbat o`limdan kuchli” romanlarini yozib nashr ettirdi. Yuqorida nomlari zikr etilgan romanlar orasida “Ming bir qiyofa”, “Ko`zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba” asarlaridan tashkil topgan roman – trilogiyasi alohida o`rin va ahamiyatga ega.



  1. Yozuvchi Omon Muxtorning tarixga munosabati, moziyni tasvirlash usullari ko`p qirrali bo`lib, badiiy ijodining hozirgacha bo`lgan bosqichlarida turli shakllarda namoyon bo`ldi.

Dastavval u shoir sifatida o`tmish manzara, voqealarini tasvirlab she`r, manzumalar yozdi. Shu bilan birga, ayrim hikoyalarida nisbatan yaqin tarix (amirlik zamoni)ni badiiy jonlantirishga harakat etdi.

Adibning sho`ro davrining oxirgi o`n yilliklari (yigirmanchi asrning 70 – 80- yillari)da yaratgan ikkala romani (“Yillar shamoli”, “Egilgan bosh”) zamonaviy hayot tasvirini o`z ichiga oladi. Ijodkorning romanchilikda to`g`ridan to`g`ri A. Qodiriy kabi moziyga qo`l urmaganligi sabablarini tushunish mumkin. Avvalambor, zamonaviy asarlar ham jamoatchilik uchun zarur. Ikkinchidan tarixiy roman yozish uchun muayyan adabiy – badiiy tajriba, tarixiy manbalar ustida uzoq vaqt ishlash zarur bo`ladi. Uchinchidan esa sho`ro davrining muayyan bosqichlarida tarixiy voqelikni butun ziddiyatlari bilan ro`y – rost tasvirlash qiyin va hatto imkonsiz edi.

4.“Aflotun”, “Ming bir qiyofa”, “Tepalikdagi xaroba”, “Navoiy va rassom Abulxayr”, aytib o`tilganidek, moziy va zamonaviy hayot uyg`unligi asosida yuzaga kelgan.

“Ffu”, “Xotin podshoh” esa sof tarixiy romanlardir, ya`ni ularda faqat o`tmish manzaralari o`zining badiiy ifodasini topgan.

5.“Ffu” – rivoyat – roman bo`lib, badiiy konsepsiyasi mohiyatiga ko`ra tasvir etilgan bir badiiy makon – zamon doirasidan chiqib, barcha davrlar va hududlarga xos muammolarni aks ettirgan. Romanda aniq tarixiy shaxslar obrazi ham, tarixning aniq hodisalari tasviri ham yo`q. Shunga qaramay, unda moziy manzaralari bor. Tarixiy qadriyatlar, urf – odatlar badiiy tajassum topgan.

6.“Xotin podshoh” – tarixning aniq bir davri (Turkistonga arab bosqini zamoni)ga bag`ishlangan roman. Unda bir qancha tarixiy shaxslar obrazi mavjud. Romanning badiiy konsepsiyasida o`tmishda yashab o`tgan ulug` zotlarning xizmati ta`kidlangan, tinchlik, insonparvarlik, xalqchillik g`oyalari ta`sirli ifoda etilgan

7.Yigirmanchi asr davomida zamonaviy o`zbek adabiyotida she`riyat mulkining sohibqironi, mutafakkir A. Navoiy haqida o`nlab she`rlar, bir necha doston, drama va roman yaratildi. Shundan so`ng, bu mavzu tugadi, degan fikr tufayli bo`lsa kerak, romanchilikda ulug` so`z san`atkori obrazini yaratishga urinish bo`lmaydi.Holbuki, O. Muxtor qahramonlaridan biri aytganidek, A. Navoiy – cheksiz bir ummon. Uning chek – chegarasi ko`zga tashlanmaydi. Ulug` shoir va inson haqida yuzta roman yozsa ham, bu mavzu olamini to`la – to`kis zabt etishini aslo iloji yo`q. Yozuvchi mana shu fikr va e`tiqoddan kelib chiqqan holda, yigirma birinchi asrning dastlabki besh yilini Alisher Navoiy haqida roman – dilogiya yozishga sarfladi. “Ishq ahli” va “Buyuk farrosh” asarlaridan iborat ushbu dilogiyada yangi davr va asr dunyoqarashi, ideali, badiiy tafakkuri mujassamlashtirilgan.

8“Ishq ahli” va “Buyuk farrosh” romanlarida ulug` mutafakkir hayoti xronologik izchillikda tasvirlanmagan. Aslida bu romannavisning tarixiy shaxs siymosini yaratishda o`ziga xos yo`lidir. Ikkala asarda ham A. Navoiy shaxsi va hayoti muayyan falsafiy, axloqiy muammolar nuqtai nazaridan yoritilgan. Masalan, “Ishq ahli” romanida, asosan, hazrat Navoiy tarjimai holining keyingi avlodlariga mubham nuqtalari, shaxsiy hayoti, sevgi – sevgilisi haqida qahramon (Abulxayr)ning mulohaza, taxmin, kuzatishlari o`z ifodasini topgan. “Buyuk farrosh” da esa ko`proq shoir va davlat arbobining hayotidagi so`nggi yillar, uning yolg`izligi, xalq osoyishtaligi yo`lida sa`y – harakatlari, tasavvufga munosabati, ulkan shaxs ixlos va e`tiqod qo`ygan temuriylar sulolasi va Xuroson davlatining zaiflashishi va halokat sari borishi, bu holdan A. Navoiy ruhiy iztirob chekishi singarilar badiiy ifoda topgan.

9. Roman – dilogiya adibning istiqlol davrida yozgan boshqa yirik epik asarlari kabi milliy roman shakli – badiiy qurilmasini isloh etish, uni hozirgi davr falsafiy – badiiy tafakkuriga muvofiqlashtirish bo`yicha harakat, urinishlarning samarasi – natijasi sifatida yaratilgan. U badiiy – estetik saviyaning balandligi, tasvirning aniq, yorqinligi, pafosning haqqoniyligi, yuksakligi jihatidan romannavis ijodiy – badiiy tadrijida yangi bir bosqich bo`lib hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov. I. A, Adabiyotga e’tibor–ma’naviyatga, kelajakka e’tibor– Toshkent: 2009 – b. 11-12

2. Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. -Toshkent: O`zbekiston, 1997, 382 bet.

3. Karimov I . A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. T., «O`zbekiston», 1996. – B 381.

4. Karimov I. A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz.T., «O`zbekiston», 1999. – B 412.

5. Karimov I . A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. T., «O`zbekiston», 1999 y.

6. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.T., «O`zbekiston», 1995. – B 275

7. KarimovI. A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T., «Ma`naviyat», 2008.–B 176.

8. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O`zbekiston», 2000.–B 350

9. Adabiyot va san`at. – Toshkent: /. G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986. – 280 bet.

10. Adabiy turlar va janrlar. 3 jildlik, 1-jild. – Toshkent: Fan, 1991.-347 bet.

11. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik, 1-tom.–Toshkent: Fan,1979.-416 bet.

12. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik, 2-tom. – Toshkent: Fan, 1979. – 448 bet.

13. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., SHarafiddinov O. XX asr O`zbek adabiyoti tarixi. Oliy O`quv yurtlari uchun darslik. T., "O`qituvchi" nashriyoti. 1999.

14. Murodov G‘. Davr va tarixiy roman taraqqiyoti. “O‘TA”, 2000 yil 1 son. 16-19 bet.

15. Murodov G‘. “Yulduzli tunlar” romanida badiiy kodlar. “BuxDU ilmiy axborotlari”, 2000 yil 3 son.

16. Murodov G‘. “Avlodlar dovoni” tarixiy roman sifatida. “O‘TA”, 2003 yil 3son. 58-60 bet.

17. Murodov G‘. Tarixiy roman: genezisi, keyingi taraqqiyoti. T. : ”Fan”, 2005 yil.170 bet.

18. Murodov G‘. , Temirova D. Tarixiy romanda syujet muammosi. T. : ”Fan”, 2008 yil.40 bet.

19. Muxtor O. Nigoh. Hikoyalar lavhalar. T: “G‘afur G‘ulom”, 1968 yil. 96 bet.

20. Muxtor O. Yillar shamoli. Roman.T: “Adabiyot va san’at”, 1976 yil. 200 bet.

21. Muxtor O. Hayot darvozasi. T: “Yosh gvardiya”, 1978 yil. 168 bet.

22. Muxtor O. Uchqur poezdlar. (hujjatli qissa).T: “Yosh gvardiya”, 1981 yil, 176 bet.

23. Muxtor O. Buxorolik donishmand. T: “Adabiyot va san’at”, 1982 yil. 189 yil.

24. Muxtor O. Bolalikka sayohat. Hikoyalar. T: “Yosh gvardiya”, 1983 yil 144 bet.

25. Muxtor O. Vazifa. Qissalar. Hikoyalar. T: “Adabiyot va san’at”, 1988 yil. 336bet.

26. Muxtor O. Egilgan bosh. Roman. T: “Yosh gvardiya”, 1989 yil. 256 bet.

27. Muxtor O. Ming yildan so‘ng. T: “Kamalak”, 1991 yil. 128 bet.

28. Muxtor O. Vaqt, zamon miqdori. ”O‘zAS” 1992 yil 21 fevral.

29. Muxtor O. O‘lmagan jon. Roman. T: adolat. 1995 yil, 432 bet.

30. Muxtor O. Yozuvchi kim? ”O‘zAS” 1996 yil 19 yanvar.

31. Muxtor O. Ayollar mamlakati va saltanati. Romanlar.T: “SHarq”, 1997yil. 238 bet.

32. Muxtor O. Buxorolik bir yigit. Romanlar. T: “Yozuvchi”, 1998 yil. 302 bet.

33. Muxtor O. Har kimning o‘z zamini, o‘z osmonibor. ”O‘zAS” 1998 yil 6 mart.

34. Muxtor O. Aflotun. Roman. T. :”Ma’naviyat”. 1998 yil. 191 bet.

35. Muxtor O. To‘rt tomon qibla. T: “Sharq”, 2000 yil. 432 bet.

36. Muxtor O. Buxoro hayoti yoki labi hovuzdagi tutlar. T: “Sharq yulduzi” jurnali kutubxonasi 2004 yil. 128 bet.

37. Muxtor O. Ijodkor qiziqishga majbur. O‘zAS” 2005 yil 15 iyul.

38. Muxtor O. Navoiy va rassom Abulxayr. Romanlar.T: ”Sharq”, 2006 yil. 223 bet.

39. Muxtor O. Sherlok Xolms Buxoroda. T: “Davrpress”, 2008 yil. 256 bet.

40. Muxtor O. Muhabbat o‘limdan kuchli. Roman. ”Sharq yulduzi”, 2010 yil 4-5 sonlar.

41. Muxtor O. Xotin podshoh. Romanlar. T: “Sharq” 2010 yil.464 bet.

42. Muxto r O. Starыy Sunduk. Ertaklar. T: “G‘afur G‘ulom” 2010 yil.63 bet.

43. Muxtor O. Saylanma: Sharshara.T: “SHarq” 2011 yil 1 jild. 367 bet.

44. Sanjar Sodiq. Yangi o`zbek adabiyoti tarixi. Darslik.T., "Universitet", 2005.



45.To`raev Damin.Yangi o`zbek adabiyoti.T:Fan”, 2008y

46. No`mon Raximjonov Mustaqillik davri o`zbek she`riyati.-T:Fan”, 2007y.

47.Baxrom Ro`zimuxammad, SHermurod Subxon.- O`zbek modern she`riyati. –Toshkent, 2003y.

Internet ma’lumotlari

48..http:// it. Wikipedia: org/ wiki/ Divina Commedia

49.http:// www. Greatdante.net/texts/commedia/ commedia.htme.

50.http:// www. Media soft.it/dante/



51.http: // www. Liberliber,it /biblioteca/a/Alighieri/ ladivina commedia/ htme/ index. Htm.

1. Omon Muxtor. Xotin podshoh. – Toshkent: Sharq, 2010, 61 – bet.

21. Омон Мухтор. Навоий ва рассом Абулхайр. – Тошкент: “Шарқ” нашриёти-матбаа компанияси, 2006. 7-бет.

33. Шу асар, 10-бет.

44. Шу асар, 20-бет.

55. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 жилдли. 1-жилд. М: “Рус тили” нашриёти, 1981, 396-бет.

66. Омон Мухтор. Навоий ва рассом Абулхайр.Т: ”Шарқ”, 2006 йил. 176-бет.

77.Н. Комилов. Тасаввуф. 1-китоб. Т:”Ёзувчи”, 1996, 154-бет.

88. Ўзбек миллий энциклопедияси. 9-жилд. – Т: ЎМЭ Давлат илмий нашриёти, 2005, 518-бет.


Download 142.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling