Omonim, sinonim, antonim; jargon, sheva, kasb-kor, qo’pol so’zlar
II.BOB: SO’ZLARNING LEKSIK MA’NOSI
Download 53.62 Kb.
|
BADIIY ASAR TILI (TOG\'AY MUROD QISSALARI ASOSIDA)
- Bu sahifa navigatsiya:
- E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo
- Eskirgan so’zlar
II.BOB: SO’ZLARNING LEKSIK MA’NOSI
2.1. Omonim, sinonim, antonim; jargon, sheva, kasb-kor, qo’pol so’zlar “Vatan” ma’nosi “Vatan” so’zidan tashqari “diyor”, “o’lka” so’zlari orqali qirralarini chuqurlashtirgan, bir-biriga muvofiqligi-musiqiylikni yuzaga chiqarganki, uni to’lib-toshib kuylaysan, odamh 3. Antonim (yunon. Antonimos-qarshi nom, zid) deganda bir-biriga qarama-qarshi, teskari ma’nolarni ifodalovchi so’z va iboralar tushuniladi: jumladan, E.Vohidovning “Yomonning so’zi” she’ri shunday boshlanadi: Sen yaxshisan, Men yomondirman, Sen borsanki men omondirman. Meni qattol yaratgan hayot, Seni qilgan ojiz, benajot. Sen-niholsan, zavoling o’zim, Sen-tiriklik, men esa-o’lim. Kunduz bo’lsang, men tun bo’laman, Sen bor bo’lsang, butun bo’laman. Beomonman, lekin omonman, Chunki sendek men ham insonman. Bu bandda “yaxshi-yomon”, “qattol-ojiz”, “tirik-o’lik”, “kunduz-tun” kabi bir-biriga zid so’zlarning ketma-ket kelishi, “Yomon”ning ichki dunyosini bo’rttirib va yorqin qilib ifodalashga yordamga kelayapti, eng asosiysi, “Yomon”ni borlig’icha namoyon bo’lishiga imkoniyat yaratayapti. Mumtoz adabiyotda ham bu vosita ko’plab qo’llanilgan bo’lib, u tazod deb yuritilgan. Tazodda qarama-qarshi qo’yilgan ikki taraf (obraz, predmet, hodisa) ayni zamonda uzviy ravishda bir-biriga bog’lanib kelgan. E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo Sheva birla ko’zlaring jonimni bemor ayladi. Ey, Iso payg’ambar nafaslik (Iso payg’ambarning nafaslari jonbaxsh bo’lgan) begim, daming (og’zing) birla shifo bergil, chunki jonimni sheva bilan bemor ayladi, mazmunini keltirib chiqarish uchun og’iz bilan ko’z qarshilantirilmoqda, ayni paytda, ular bir-biriga bog’liq, ikkalasi ham yornikidir. 4. Eskirgan so’zlar deganda, bugungi kitobxonga tushunarli bo’lmagan, og’zaki nutqda deyarli ishlatilmaydigan so’zlar tushuniladi. Bunday so’zlar davr ruhini ifodalashda, nutqda turli rang va ruh (mazah, kinoya, masxaralash kabi) berishda asqotadi. Ular ikki xildir: Birinchisi, tarixiy so’zlar (istorizm)lar – o’tmishda bor bo’lgan narsa va tushunchalarning nomini bildirgan, keyinchalik esa tilimizda ishlatilmaydigan, muomala-munosabatlarda qo’llanilmaydigan so’zlardir: birmiri, botmon, misqol, mingboshi, kanizak, yorg’uchoq kabi. Buning yaqqol misolini tasavvur qilish uchun “Farhod va Shirin” (A.Navoiy) dostonining XXX bobi sarlavhasiga murojaat qilaylik: “Farhodning Shopur dasht paymolig’i, balki rahnomolig’i bila Yaman mulkidan Arman kishvarig’a azimat qilg’oni va Armanning Eramoso sabza va rayohinidin g’unchadek ko’ngli gul-gul ochilg’oni va Armaniya tog’i kamarida xoro qozodurg’on el ajzin ko’rib ul kayfiyatin so’rub xoro qozorg’a kamar chust etgani va bu xabarning chustu Shirin Mehinbonu bila Shiringa yetgoni” “Poymolig’i” - “oshganligi”, “kishvari” - “o’lkasi”, “azimat” - “yo’l olmoq”, “sabza” - “maysa” “rayohinidin” - “rayhonlaridin”, “xoro”- “tosh”, “ajzin” - “ojizligi”, “kamar” - “bel”, “chust etgani” - “shaylagani” tarzida tushunsakkina XV asrdagi muallif nutqini, uning “oliy” uslubiyatining o’ziga xosligini to’liq anglaymiz: “Farhodning Shopur rahnomoligi bilan dasht (cho’lu biyobon)larni oshib Yaman mamlakatidan Arman o’lkasiga yo’l olgani, Armanning Eramoso (jannatdagiga o’xshash) maysalari va rayhonlaridan ko’ngli gul-gul ochilgani va Armaniya tog’i kamarida tosh qaziyotgan el ojizligini ko’rib, kayfiyatlari (holi-ahvoli)ni so’rab tosh qazishga bel bog’lagani va bu xabarning juda tez Mehinbonu va Shiringa yetgani” mazmuni bayon qilinganini tushunamiz. Yuqoridagidek tarixiy so’z va iboralar ishlatilmaganda, biz XV asr ruhini, o’sha davr badiiy tilini bu qadar aniq bilmagan bo’lardik. Ikkinchisi, eski so’z – arxaizm (yunon. Archaios-qadimgi so’z) – bugungi kunda sinonimi ishlatilayotgan, lekin asli ishlatilmayotgan eski so’zlardir, ya’ni aslidagi shakli eskirgan, ma’nosi sinonim so’z (yangi shakl)da bo’ladi. Demak, eskirgan (arxaik) so’z ma’nodosh so’zlar bilan bog’liq bo’lsa, tarixiy so’zlar, odatda, yakka bo’ladilar. “... Darboza ochilib, qo’rboshi ichkariga kirdi. O’rdaning tevarak masohatini biz chamalab ko’rgan edik, shuning uchun o’rdaning qay daraja keng bo’lishi ham bizga qiyosan ma’lum. Ammo o’rdaning ko’proq qismi darboza tomonda qoldirilib, janubga tortilg’an xatti mustaqil bir devor bilan bo’lingan edi...” (“O’tgan kunlar”). Ushbu parcha hokim saroyining yaqqol manzarasini aniq tasvirlaydi. “O’rda” so’zining hozirgi sinonimi (shakli) “saroy” bo’lsa, “masohat”niki “to’g’ri chiziq”dir. Download 53.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling