Omonim, sinonim, antonim; jargon, sheva, kasb-kor, qo’pol so’zlar
Download 53.62 Kb.
|
BADIIY ASAR TILI (TOG\'AY MUROD QISSALARI ASOSIDA)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buzilgan so’z – jargon yoki argo
- Kasb-hunarga oid o’zlar – Professionalizm
2.2.Yangi so’z – neologizm
Yangi so’z – neologizm (yunon. Neos logos – yangi so’z) deganda, san’atkor tomonidan yangidan yasalgan, hayot yangiliklarini ifodolovchi yangi so’zlar jami tushuniladi. Jumladan, G’afur G’ulom “daryodil, yovyurak, mehnatobod, sharofobod, oyoqdosh” kabi so’zlarni yasagan bo’lsa, Maqsud Shayxzoda “xayolxona, ilhomdosh, fazoshumul vazifa, huriston, oybachcha, xorazmlashmoq, xayollanmoq, tundalik” kabi neologizmlarni kashf etdi. Jamiyatimizning bugungi taraqqiyoti birja, dollar, mafiya, terrorizm, repititor, test” kabi yuzlab yangi tushunchalarni ifodalovchi so’z va iboralarni yaratdi. Demak, hayotning yangilanishi – doimo so’zlarning ham yangilanishiga; yozuvchi va shoirlarning yangi obrazlarni yaratishga intilishlari ham hamma vaqt yangicha ifodani akslantiruvchi so’zlarning yasalishiga olib keladi. Bu – hayotning va adabiyotning qonuniyatidir. “- Uchinchi dunyoni Latif – Astral olami deb atashadi. Uning biz yashayotgan dunyodan farqi kam. Lekin o’ziga xos jihatlari bor. Bu Latif olamda tebranishlar o’ta nozik, jismoniy harakatlarga vaqt sarflanmaydi. Ammo biologik hodisalar vaqt bo’yicha kechadi. Bu dunyo moddiyati oyning gravitasion maydonidir. Quyosh burjining har bir sayyorasi o’z Latif dunyosiga ega... - Shoshmang – shoshmangh – bashoratchi ayolning gapini bo’ldi Asad. – Siz jismoniy harakatlarga vaqt sarflamaydi, dedingiz. Buni qanday tushunish kerak? – Latif dunyo mavjudotlari birzumdayoq sayyoraning istagan nuqtasida paydo bo’lishi mumkin. Fanda bu hodisani teleportasiya, deyishadi”1. hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik –fantastik romanidan keltirilgan ushbu dialogga e’tibor qilsangiz, undagi “Latif Astral olam, gravitasion, teleportasiya” kabi neologizmlar – hayotimizdagi yangicha qarashlarning mahsulidir, moddiy dunyomiz bilan boqiy (ruhiyat) dunyosining sirlarini o’rganishga intilishning jozibali mevasidir. Lekin “favqulodda “yangilik” yaratish ishtiyoqidagi ba’zi qalamkashlar “g’uncha portladi”ga o’xshash ko’p “kashfiyot” qilishdi. Tushunaman, lekin bunday so’z qo’llanilishini nojoiz deb bilaman. Xalq hyech qachon “g’uncha portladi” demaydi. Bu zo’rma-zo’rakilikh” (Azim Suyun. O’zlik, “Sharq”, 1999, 111-bet.) Undan qochgan ma’qul. 5. Dag’al so’z-vulgarizm (lat.-vulgaris- dag’al, qo’pol)lar adabiy tilda ishlatilmaydigan haqoratli so’zlar va noto’g’ri tuzilgan, qo’pol jumlalar, dag’al (mantiqsiz yoki biri tog’dan, biri bog’dan bo’lgan) fikrlashni ifodalovchi iboralardir. Ular asar qahramonining qo’polligini, hayosizlagini, axloqsizligini, ma’naviyatdan uzoqligini yaqqol ko’rsatadi. Buning isboti Toshpo’lat tajangdir: “hoy, qizilboshh Chilimingni berasanmi, yo’qmi, it emgan? Qara-qara, Mahkamh Do’nduq ekan-ku anavingh Suyagi barmi, a? Bir piyola choyimiz bor, hovh Itdan tuqqaning qaramadi-ku... hoy, kim, Salim kavarning bolasi emasmi, to’lishipti o’ziyam. Sartarosh hoji ko’rib qolsa o’ldi, deginh Bodom qavoq – yupqa tomoq, dodimga yetsang-chi. hoy – hoyh”2 6. Chet so’z – Varvarizm (lat. Varvarus - kelgindi) lar - badiiy asar yozilgan tilga yot bo’lgan, boshqa tillardan “bostirib” kirgan so’z, ibora, birikmalardir. Ayniqsa, o’zbek tilimizga arab tilidan kirgan (arabizm), fors tilidan kirgan (forsizm), rus tilidan kirgan (rusizm) so’zlar ko’pchilikni tashkil qiladilar. Bu so’zlar zamon ruhini berishda, tipik xarakterlarning xususiyatlarini individuallashtirishda, ularning ayanchli, kulgili nutqlarini bo’rttirishda judayam qo’l keladi. Abdulla Qodiriyning “Toshpo’lat tajang nima deydir?” degan chapanilar hayotidan hangomalaridan bir shingilini tinglaylik: “ - Shu afandichalaringni bittasi sanmi? Shoyi ko’ynakchangni qarah Voy o’sha cho’nchakchasiga burnimni qoqayh Kulma, xudoy haqqi, kufrligimni oshirasanh Sen xaloyiqni hammang ham tirnog’imni yuzida; Poshsholig’ing shoyi ko’ynakka, deb besh so’lkavoyni uzatdimi simint (siyu minutu-A.Q.) Toshpo’lat akangni unutasan, xudoy haqqi, unutasanh” (Kichik asarlar, 73-bet). Toshpo’lat tajangning nutqi (u nutqdagi arabcha, ruscha so’zlar va ularning ko’pini buzib talaffuz etishi) - chapaniligini, saviyasi sayozligini, ahloqi buzuqligini, vaysaqiligini, johilligini to’liq ifodalay oladi. Azamat Qorjovovning quyidagi hazil she’rida ham “poet”ning – lirik qahramonning borlig’i kulguli tarzda ifodalangan: “Men poetman, bu qizlarni Yaxshi bilaman. hammasini ochen-ochen Yaxshi ko’raman. Qizlar esa kimni sevar? Voobщye neznayu. Birortasini kamon bilan Otib ko’zlayu Bu dunyoda ves yaxshilik Qizlarga bo’lsin. Menga o’xshab har yigit Shoir bo’p ketsin.” 7. Buzilgan so’z – jargon yoki argo (fr. Jargon-buzilgan til)lar, ayni paytda, abdal tili-sun’iy til bo’lib, ma’lum guruh kishilarigagina tushunarli bo’ladi. Talabalar orasida ishlatiladigan “o’tdi, o’tmadi, yiqildi, tildan dumi bor, tankasi zo’r, ko’kidan oladi” kabi so’z va iboralarning haqiqiy ma’nosini boshqa guruh odamlari (dehqonlar, bazzozlar, savdogarlar) tushunmaydi. “ - hye, vahima qilaverma, yo’li ko’p. “... changalda sho’rva” degan gap bor. Mana bizning filologiyamizda besh marta qayta-qayta imtihon qilishdi. Oxiri “3” qo’yib berishdi-yu, ular ham, “tanka”miz ham, o’zimiz ham tinchidik. Sen meni topibsanmi, “tankamiz” dumni yo’qotish yo’lini topadi. Zo’r odam, kallasiyam juda ishlaydi-dah - Dugon, o’sha “tankang”ga boraylik. Mengayam yordam qilsang, o’lib qolmasman... sengayam ko’kidan bor. - Yur, qani o’quv bo’limiga boraylik-chih”1 Ushbu hangomada ham ikki talaba dialogi orqali ilm topguncha, “tanka” (“baho”ni qo’ydirib beruvchi)ni izlovchilar ustidan kulingan... 8. Kasb-hunarga oid o’zlar – Professionalizm(rus.-biror kasbga oid)lar asarda tasvirlanayotgan qahramonning kasbini, ish hunarini ifodalaydigan so’z va so’z birikmalarining jamidir. har bir kasb-hunarning o’ziga xos atamalari bo’lishi tabiiydir. Jumladan, futbol o’yini bilan bog’liq(himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi, darvozabon, jarima, final kabi), o’qituvchilik bilan bog’liq(daftar, qalam, qog’oz, baho, test, nazorat, joriy nazorat, kafedra, dekanat, rektorat, o’quv bo’limi, stipendiya, talaba kabi) so’zlar borki, ularni muayyan qahramon nomidan ishlatish shu qahramon kasbi-hunarini aniqlashtiradi, demakki, qahramonni yaxlitlashtirishda qo’l keladi: “Bir necha kun shu yo’sin ikkilanib yurg’ach, nihoyat o’zimga tushunilmagan bir savq(yo’nalish) ostida va’damni ifoga ham boshlabman, bir kiyim shohi, deb o’ttuz kiyim bo’laturg’an ipakni bo’yash, tanda, arqoq, go’la mashaqqatlari ko’zimga ko’rinmabdir. Va’damni ikki kun ilgariyoq shohini to’qib, uning kelar yo’lini poylar edim, ul kelmas edi...”1 Usta Alimning ushbu hikoyasi(nutqi)dan biz uning shohi to’quvchi usta ekanligini uning ishqi Saodatga tushganini bilib olamiz. 9. Sheva so’z – dialektika(mahalliy so’zlar) muayyan bir xududda yashovchi kishilarga, ularning shevasiga xos bo’lgan, adabiy tilga mansub bo’lmagan so’z va iboralardir... Jumladan, Xorazm shevasida “gashir”(“sabzi”), “yo’mirta”(“tuxum”), “galingiz”(“kelingiz”) kabi so’zlar ko’p uchraydi. Sheva so’zlar-asar qahramonlari tilida me’yorida ishlatilsa, ularning manzil-makonlarini va nutqini o’ziga xosligini to’liq ochib beradi. Bunday mahorat Asqad Muxtorning “Tug’ilish” romanidagi Xoldor obrazini yaratishda yaqqol ko’zga tashlanadi: “ - Sariyev Juman? Slesar Xoldor Jo - Jo... - Shatta Jonsug’urov pamilam. Amolaykim kasbim ko’p. Uchtasinila aytay. Avval do’kon mudiri o’g’onman, innay iskaladda zavdish, ekspiditr...” Download 53.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling