Omonov Sardorbek bng’-80 topshiriqlar


TEST.  1.A  2.B  3.V  4.A  5.B  3-TOPSHIRIQ


Download 128.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi128.81 Kb.
#1001137
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

TEST. 
1.A 
2.B 
3.V 
4.A 
5.B 
3-TOPSHIRIQ 
1. Makrоiqtisоdiyot predmeti bo’lib “belgilangangan” iqtisоdiy shart-sharоitlarda 
uy xo’jaliklari va firmalar darajasida iqtisоdiy qarоr qabul qilish mexanizmi 
hisоblanadi. Makrоiqtisоdiy tahlil оb’ekti bo’lib alоhida tоvarlar bоzоrlari
resurslar bоzоrlari, ulardagi talab va taklif hisоblansa makrоiqtisоdiyotda milliy 
iqtisоdiyot darajasida mehnat, pul, tоvarlar va xizmatlar bоzоrlarining o’zarо 
munоsabatlari va o’zarо ta’sirini tahlil qilinadi.. Makrоiqtisоdiyotda 
“belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni makrоiqtisоdiy tadqiqоt predmeti 
hisоblanmaydigan ko’pgina ko’rsatkichlar, jumladan iste’mоlchilarning 
darоmadlari, jamg’armalari, fоiz stavkasining dinamikasini va buni belgilоvchi 
оmillarni makrоitisоdiyot tadqiq qiladi. 
2. Makroiqtisodiyot – umumiqtisodiy fan, uning predmeti kishilar iqtisodiy xatti-
harakatining shart-sharoiti va qonunqoidalaridir. Mazkur fanning metodologik 
tamoyillari iqtisodiyotni tizim sifatida o'rganish, unga noiqtisodiy omillar va 
tabiiy shart-sharoit, texnologik o'zgarishlar ta'sirini nazarda tutish, iqtisodiyotni 


statistikada emas, balki dinamikada o'rganishdir. Ushbu fanda iqtisodiy 
hodisalarni kuzatish, abstraktsiyalash orqali nazariy xulosa chiqarish, nazariy 
modellar yaratish, pozitiv va normativ usullarni qo'llash, miqdoriy va sifatli 
tahlilni birlashtirish, oddiy hodisalardan murakkab hodisalarni o'rganishga o'tish, 
iqtisodiyotni uning turli darajalarida o'rganish kabi usullar qo'llaniladi. Bu fan o'z 
predmetini o'rganishda shunday qonun va kategoriyalarni qo'llaydiki, ular 
umumiqtisodiy va ayrim tizimlarga xos bo'ladi. Fanning funktsiyalari iqtisodiy 
hodisalarni idrok etish, kishilarga iqtisodiy bilim berish, boshqa iqtisodiy fanlarga 
nazariy asos bo'lish, shuningdek, iqtisodiy siyosatga oid amaliy tavsiyalar 
berishdan iborat. 
3. Har bir bozor o'zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub'ektiga ega: sotuvchilar va 
xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne'matning 
muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta'minlanadi. Narx talab va taklif 
munosabatlari natijasi sifatida, uy xo'jaliklari va firmalar tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo'lib hisoblanadi. 
Bunday axborot bir vaqtning o'zida jamiyatdagi noyob ne'matlarni taqsimlash 
muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining 
oshishi - xaridorlar uchun nonni iste'mol qilishni cheklash to'g'risida signal bo'lsa, 
firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni 
tiklash to'g'risida muhim axborot bo'lib xizmat qiladi.Narxlar noyob resurslarni 
ratsional taqsimlashni ta'minlaydi, ne'matlarni ratsional iste'mol qilishga, 
xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va resurslar egalarining 
daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal 
qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog'liq xarajatlarga transaktsion 
xarajatlar deyiladi. 
4. YaIM yahlit iqtisodiѐtning rivojlanish yakunini ѐritib beruvchi ishlab 
chiqarishning pirovard ko'rsatkichidir. Uning mazmuni iste'mol qiymati nuqtai 
nazaridan – jami yakuniy tovar va xizmatlarning, qiymat jihatidan qayta 
yaratilgan qiymat hamda asosiy fondlar amortizatsiyasini ifodalaydi. YaIMning 
to'g'ri va aniq hisoblanishi har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, uning jahon 
hamjamiyatiga kirib borish imkoniyati hamda jahon iqtisodiѐtidagi tutgan o'rnini 
belgilab beradi. Shu sababli har bir mamlakat o'z hududida yaratilaѐtgan tovar va 
xizmatlar hajmini imkoni boricha to'laroq hisoblashga harakat qiladi. Bu esa, o'z 
navbatida, YaIM harakat shakllarini chuqur o'rganish, tahlil qilish va shu asosda 
hisobchilik tizimini takomillashtirishni ob'ektiv zaruratga aylantiradi. YaIMning 
takror ishlab chiqarish bosqichlari bo'yicha harakati ushbu ko'rsatkichni 
hisoblashning uch usulidan foydalanishni taqozo etadi: 1. Qo'shilgan qiymatlar 


(ishlab chiqarish) usuli. 2. Xarajatlar (pirovard iste'mol) usuli. 3. Daromadlar 
(taqsimlash) usuli. Bu uchala usulni qo'llash YaIM harakatining barcha 
bosqichlarini kompleks tadqiq qilishga, daromadlardan foydalanish hamda ularni 
shakllantirish jaraѐnlarini o'rganishga ѐrdam beradi. YaIMni qo'shilgan qiymatlar 
usuli bo'yicha hisoblash - iqtisodiѐtning barcha soha va tarmoqlaridagi qo'shilgan 
qiymatlar hamda mahsulotlarga sof soliqlarni jamlashtirish yo'li bilan amalga 
oshiriladi. Bu yerda tarmoqlardagi qo'shilgan qiymat - tovar va xizmatlarni yalpi 
ishlab chiqarish hamda oraliq iste'mol o'rtasidagi farqdan kelib chiqadi. 
Qo'shilgan qiymat kontseptsiyasi mahsulotning turli tarmoqlarda yaratilgan 
qiymatini shu mahsulot turini ishlab chiqargan korxonalarda takror hisobga 
olmaslikka asoslangan. Ushbu usul bilan hisoblangan YaIM hajmi yahlit 
iqtisodiѐtning tarkibiga kiruvchi alohida tarmoqlarning shu mahsulotni 
yaratishdagi o'rni va hissasini aniqlashga ѐrdam beradi. 
5. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, YaIM ko'rsatkichi mamlakat iqtisodiy 
taraqqiyotini o'zida namoyon qiluvchi makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri 
hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy ahvolini o'zida aks ettiruvchi bu ko'rsatkichni 
aniqlash, hisoblash, tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchi I.A. 
Matkarimova “Yalpi ichki mahsulot deb, mazkur mamlakat hududida joylashgan 
barcha korxonalar (rezidentlar) tomonidan pirovard iste'mol uchun ishlab 
chiqarilgan tovar va hizmatlar qiymati tushuniladi. Bu yerda korxonalarni qaysi 
mamlakatga tegishli ekanligi hisobga olinmaydi” 3 deb ta'kidlaydi. Bu o'rinda 
MDH mamlakatlari Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston va Belorus 
hamda boshqa xorijiy mamlakatlarda YaIMni hisoblash usullari va ularning 
ayrimlarida YaIMni yakuniy iste'mol yoki xarajatlar bo'yicha hisoblash 
uslubiyatlaridagi farqni hisobga olish muhim (1-jadval). 1-jadval Yakuniy 
iste'molga xarajatlar va haqiqiy yakuniy iste'molga xarajatlar orasidagi o'zaro 
bog'liqlik Yakuniy iste'molga xarajatlar Haqiqiy yakuniy iste'mol Uy xo'jaliklari 
→ Uy xo'jaliklari UXNTT Individual iste'mol → Natural shaklda ijtimoiy 
transfertlar → Davlat boshqaruvi Individual iste'mol → Jamoa iste'moli → Davlat 
boshqaruvi Manba: Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodchi olimlardan 
Q.Q.Mambetjanov “YaIMni xarajatlar usuli bo'yicha hisoblaganda uy xo'jaliklari, 
davlat va uy xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlarning 
pirovard iste'mol uchun qilgan barcha xarajatlari umumlashtiriladi. Bundan 
tashqari yalpi jamg'arma, tovar va xizmatlarning eksport-importi qoldig'i ham 
hisobga olinishiga”4 e'tibor qaratadi. 
6.  Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodchilar uch omilni 
ko'rsatadi. Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika 
va texnologiyalarda ro'y beradigan o'zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning 


fikricha fan-texnika yutuqlarini qo'llash natijasida iqtisodiyotda o'sish ro'y beradi. 
Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilg'i sanoati, neftь qazib chiqarish, ximiya, 
yo'l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo'ldi. Yangi 
texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari 
foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va 
texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga 
sabab bo'ladi.Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va 
tasodifiy vaziyatlarga bog'lashadi.Bu jarayonni monetar siyosatga bog'laydigan 
olimlar ham mavjud. Ya'ni, davlat qanchalik ko'p pul bosib chiqarsa, uning qadri 
shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo'lsa, ishlab 
chiqarish ko'lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik 
tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni narxlashga turli xil yondashuvlar 
mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini 
yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog'liq, degan fikrni 
qo'llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o'z tovar va xizmatlarini ularga talab 
bo'lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo'lmasa, 
korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. 
O'z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan 
shu sababli, past bo'ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko'p bo'lsa, ishlab 
chiqarishning o'sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, 
bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, 
ularga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini 
qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan 
biridir.Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta'sir ko'rsatuvchi 
omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko'rinishdagi iqtisodiy 
sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi. Ko'pchilik hozirgi zamon 
iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob'ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga 
ta'sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o'rganishni tavsiya 
qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi 
nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. 

Download 128.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling