Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet9/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Tohir:
Suv kelar axta-axta, Sandig‘im temir taxta, Sendan boshqa yor qilsam, Qon yutay laxta-laxta.

20 Хусаинова 3. Топишмоцлар. Тзбек фольклора очерклари. - Т., Фан, 1988. - Б. 110-111.
21 Уша жойда. - Б. 113.
Zuhra:
Suv kelar tosh ustida, Ro‘molim qosh ustida.
Tohir esimga tushsa, Yig‘layman osh ustida23.
Dostonlaming xalq qo‘shiqlari bilan uzviy aloqasini “Alpomish” dostonida aniq ko‘rish mumkin. Hakimbek. Barchin bilan Ultontoz to‘yi kuni yurtiga qaytib keladi va to‘yda Qultoy qiyofasida qatnashadi. Shun- da u awal Bodombekach bilan, keyin Barchin bilan yor-yor aytishadi:
Qultoy”:
Oy Barchinim yor-yor, Gul Barchinim yor-yor, Aqling bo‘Isa, o‘yla-da, Bil Barchinim yor-yor. Ultontozga tekkancha, O‘l, Barchinim yor-yor.
Barchin:
Uy demayin qaynag‘ a, Buy deysana, yor-yor, Bulbul qo'nar to'qayning Jiydasina yor-yor.
Ultontozga tekkancha, Qora yerga teg deysana yor-yor24.
Doston va ertaklardagi tasviriy mushtaraklik ham alohida tadqiqot yuritishga arziydigan mavzudir. Qahramonlaming tashqi qiyofasi, qiz - malikalaming go'zalligi tavsifi shu qadar o'xshash tasvirlanadiki, ba’zan matnni o‘qiyotganimizda asar doston yoki ertak ekanini unutib qo‘yamiz. Masalan, “Malika ayyor” dostonida Shozargar vaziyat taqozosi bilan sichqonga, uzukka, tishi olmos kalamushga, boshi olmos o‘q ilonga, va nihoyat, kal qiyofasidagi qimorbozga aylanadi. Dostonining bu sahifalari ko‘proq ertaklardagi transfiguratsiya (bir qiyofadan boshqa qiyofaga o‘tish) usulini eslatadi.
Bundan tashqari afsona, rivoyat, ertak, doston matnlarida o‘nlab ma- qollaming qo‘llanilishiga guvoh bo‘lamiz. “Alpomish” dostonining o‘zida:
Sulton suyagini xo‘rlamas.
G‘amli quitting o‘ylaydigan o‘yi bor.
Kuchuk bospias yo‘lbars, sheming izini, Esi bor biladi gapning tuzini.
O‘zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga.
Do‘stga zor aylama, dushmanlarga xor.
Elakka borgan xotinning ellik og‘iz gapi bor.
kabi bir qator maqol, matal, hikmatli so‘zlar asar matnini bezab turibdi.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari, ulaming tarkibi, avvalo, ulaming jins, tur, janrlarga bo‘linishidan tashqari bir butun meros ekanini tasdiqlaydi. Janrlararo yaqinlik og'zaki ijodning asrlar davomida dunyoqarashi jiha- tidan yaqin ijodkorlaming iqtidori mahsuli natijasi sifatida baholanishi mumkin. Og‘zaki asar qaysi janrga taalluqli ekanidan qat’i nazar yosh avlodning barkamol farzand bo‘lib yetishishini ta’minlash maqsadini amalga oshirishda xalq xizmatida bo‘lgan.
Savol va topshiriqlar:

  1. Badiiy adabiyotning, xususan, xalq og'zaki ijodining jins (tur), janrlarga bo‘linishini izohlang.

  2. Epos, lirika, dramaning o'xshash va farqli tomonlari haqida so ‘zlang. Har bir jinsning xos xususiyatlarini ta ’riflang.

  3. Diffuziya jarayonini Siz qanday tushundingiz?

  4. Xalq dostonlari, ertaklaridan namunalar о ‘qing, ulardagi boshqa janrlar bilan aloqali o'rinlami aniqlang.


Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling