Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet6/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Fetishizm tushunchasida turli narsa-predmetlardan tashqari ranglar, tush ham saqlanib qolgan. Oq, qora, ko‘k, yashil, qizil, malla kabi ranglar muayyan ma’noni bildirgan. 0‘zbekiston bayrog'idagi yashil, oq, ko‘k, ular oralig‘idagi qizil, burchakdagi oy va 12 yuiduzlaming hammasida ramziy ma’nolar mujassamlashgan. Odatda, yashil yoshlik, qizil, bir to- mondan to‘kilgan qon, ikkinchi tomondan, qizlik g‘ururi, oq hayot, qora, bir tomondan fojia, ikkinchi tomondan, buyuklik, ulug‘lik, malla yetuk- lik, balog'at ma’nolarini aks ettirgan. Agar Bobur asarlariga ishlangan qadimgi miniatyura rasmlariga zehn solsangiz, podshohlaming tepasida bir xizmatkoming oppoq sochiqqa o‘xshash mato ko‘tarib turganini ko‘- rasiz. Bu odat pojdshohning kelajagi g'alabalarga boy ekanini, yurtining tinchligini, o‘zining mustaqilligini ta’kidlash maqsadini amalga oshirgan.
Xalqimizning qadimgi inonchlarida tush ham muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Aqlli odamlar insondagi tush ko‘rish xususiyatini alohida fazilat deb bilganlar. Ular tushni xosiyatli, xosiyatsiz va e’tibor berilmaydigan turlarga bo‘lganlar. Hatto tush ta’birlari bayon etilgan kitoblar ham yara- tilgan. Eng qadimiy bunday kitoblarning biri “Irq bitig” deb nomlangan. Kitobda: -
“Men Osmon o‘g‘li kunduz va kechqurun Oltin taxtda o‘tirib, Shodlanyapman.
Bilib qo'ying: bu - yaxshi”...
“Otni noto'g'ri tushovladi.
Yurishga majoli yo‘q, deyishadi.
Bilib qo'ying: bu - yomon”
kabi matnlar keltirilgan. Mazkur matnlarda odam tushida ко‘rishi mumkin bo‘lgan lavhalar ijobiy va salbiy oqibatlar haqida xabar beruvchi omil bo‘lib keladi.
Islom dini tarixida Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga pay- g‘ambar sharafiga ega bo‘lish xabari ham tushda ayon bo'lgani haqida ko'plab ma’lumotlar bor.
Fetishizmdagi tush unsuridan badiiy adabiyotda ham ko‘p foy- dalanilgan. “Alpomish” dostonining o‘zida tush bir necha o‘rinlarda qahramon taqdirini belgilovchi xabar sifatida baxshi Fozil Yo'ldosh o‘g‘li tomonidan qo‘llangan. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li esa “Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mishning Xolbeka bilan uchrashishini tasvirlashda tushdan foydalangan. Yozma adabiyotda Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” dostonida Bahromning botqoq fojiasidan so‘ng uning tushiga kirganini va Husayn Boyqaroga yurtning taqdiridan chetda qolgan podshohning qismati ayanchli ekanini aytishni so‘ragan. Bunday o‘rinlarda yozma adabiyot vakillari majoziy yo‘l bilan podshohlarga maslahat berish usulini kashf qilganlar, deyish mumkin.
Animizm” lotin tilidagi “anima”dan olingan bo‘lib, ilmiy adabi- yotlarda jon, ruh ma’nosini anglatishi ta’kidlanadi. Anitnizmga binoan qadimgi ajdodlarimiz dunyodagi hamma narsaning joni bor, deb bil- ganlar. Ibtidoiy davrda inson tana va ruhdan iborat hisoblangan. Ruh tanani tark etganda inson o‘ladi, deb o‘ylashgan. Har bir narsaga bu tushuncha tatbiq etilgan. Shutting uchun ntifologiyadagi totemizm va fetishizm hodisalariga ishonch bildirishni, ulaming mavjudligiga bo'lgan e’tiqodiy munosabatni animizm bilan bog‘lash ma’qul. Soddaroq qilib aytganimizda, odamning totemizm va fetishizm hodisalariga ishonishi uyg‘un holatda animizmda namoyon bo'ladi. So‘zning magik - mo‘ji- zaviy kuchidan foydalanib inson ruhiyatiga ta’sir etishi, uni xastalikdan xalos etishi, tabiatiga ruhiy tetiklik bag'ishlashi animizm fazilatlari hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, ya’ni shifo bag'ishlash ma’nosi saqlanib qolgan.
Hayot taraqqiy etib, asta-sekin miflar, xudolar, afsonaviy qahra- monlar, voqea-hodisalar o'mida ilmiy kashfiyotlar paydo bo‘ldi. Jum- ladan, yeming dumaloq ekani, oy va quyoshning tutilishi, yer qintir- lashlar zamon o‘tishi bilan olimlar tomonidan ilmiy asoslandi. Shu tariqa inson tabiat hodisalariga aralashdi. Dehqonchilik, chorvachilik sohasida hayotiy yangiliklar ro‘y bera boshladi. Miflarda tasvirlangan qahramon- liklar esa urf-odatlarda saqlanib qoldi. Natijada, badiiy tafakkur rivoj- langani sari og‘zaki ijodda mukammallik ustuvor о‘ringa chiqdi. Xullas, “Avesto”, “Kitobi Dada Qc‘rqut”, “O‘g‘uznoma” kabi asarlaming yozma rftTSXaTari vujudga keldi. ' ~
“Avesto”ning yaratilganiga yaqin uch ming yil bo‘ldi. Unda Zardusht - otashparastlik dinining asosiy qonun-qoidalari aks etgan. Zardusht Mazda Ahuraga murojaat qilib, dunyo, inson, koinot, haqiqatning vujud­ga kelishi haqida son-sanoqsiz savollar beradi. Kitobning bugungi kunda- gi ahamiyati yurtimizda istiqomat qilgan ajdodlarimiz qadim zamonlarda ham mehnat, haqiqat, ozodlik, poklikka alohida hurmat bilan qaraganlik- lari haqida hozirgi farzandlariga xabar beradi. Xususan, yerga don ekish, hosil yig‘ish haqida shunday deyiladi: “Kimdakim bug'doy eksa, u Ashah (haqiqat)ni ekadi. U Mazda dinini yana va yana ko'kartiradi...
Qachonki egatlarda urug‘ yetilsa, devlar o'rinlaridan qo‘padilar.
Qachonki bug‘doy gurkirab ko‘karsa, devlar dahshatdan titray boshlaydilar.
Qachonki bug'doy un bo‘Isa, devlar nola chekadilar.
Qachonki bug'doy xirmonga uyulsa, devlar nobud bo'ladilar.
Qay bir xonadonda bug‘doу bosh chiqarsa, u xonadonga devlar yaqinlasha olmaydilar.
Qay bir xonadonda bug‘doy bosh chiqarsa, devlar u xonadondan qochadilar.
Qay bir xonadonda bug‘doy ombori bo‘Isa, go‘yo qizdirilgan temir devlar bo‘ynini chirmab tashlaydi”11.
Agar yuqoridagi matnni zehn bilan o'qisak, inson mehnati butun yomonlik va fojialami daf etuvchi kuch ekani aniq seziladi. Bug'doy so‘zini xohlang aynan qabul qiling, xohlang mehnat orqali oilani qo‘Uash ma’nosida tushuning, baribir har bir shaxs o‘z oilasi hayoti, kelajagi uchun o‘zi harakat qilishi lozimligi ta’kidlanadi. Bu nasihatga amal qilish insonni, qon-qarindoshlami turli yovuzliklardan asrashi devlaming xonadondan qochishi misolida aniq ko‘rsatilgan.
“Avesto”da inson qasamining ahamiyati uning inson ekanligi bilan bog‘liqlik ham ko‘rsatilgan:
Ey dunyoni yaratgan Zot!
Ey haqiqat!
Qasamlaming sanog'i nechadir?
Ahura Mazda javob berdi:
- Mening qasamlarim oltita:
Birinchi - so‘z qasami;
Ikkinchi - qo‘l qasami;
Uchinchi - qo‘y qasami;
To‘rtinchi - sigir qasami;
Beshinchi - odam qasami;
Oltinchi - ekin qasami; eng yaxshi, eng obod, eng serhosil zamindagi ekin”14 15.
Bu qasamlaming tartibiga e’tibor bering. Birinchisi - so‘z qasami. In- sonning so‘zi uning ori, uyati, g‘ururi ekani qayd etilmoqda. Oxirgi qa- sam esa inson oilasining bahosi bilan o‘lchanmoqda. Zardusht bu qasam- lami buzish qanday jazolanishi haqida so‘raganda, Ahura Mazda javob- larini bayon etadi. Bu jazolami o‘qiganingizda, etlar jimirlashib ketadi. Qasamning buzilishi uni bergan odam uchun o‘lim ekani aniq seziladi.
Umuman, “Avesto” bilan tanishish asaming qomusiy mazmunga ega ekanini ko‘rsatadi. Ayrim parchalar xuddi bugungi kunda yozilgandek tuyiladi:
“Yomon tarbiyachi o‘z ta’limi bilan ilohiy so‘zlami teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob qiladi”.
“O‘zgalami yaxshilikka olib borgan kimsalargagina yaxshilik nasib etadi”.
“Fikr, so‘z va amal olamidan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amalni tanlayman”.
“Yerga yaxshi va kuchli urug‘ sepmoq dunyodagi eng zarur qonun hisoblanadi”.
Hatto, kitobda aytilishicha, qarz olib, qarzini bermagan odam o‘g‘irlik qilgan kishiga tenglashtiriladi. Olovga порок narsani tashlab yoqish qoralanadi.
“Avesto” kitobida ezgulik olamini yaratuvchi Ahura Mazda bilan yomonlik olami xudosi Angra Manyu (Ahriman) qarama-qarshi qo‘yil- gan. Ular o‘rtasidagi munosabatni tasvirlash davomida Mitra, Anahita, Kayumars, Jamshid, Gershasp kabi qahramonlar ishtirok etgan voqealar bayon etiladi. Xullas, “Avesto” uch ming yil muqaddam yashagan ota- bobolarimizning hayot tarzi qanday bo‘lganidan aniq va daliliy xabar beruvchi go‘zal tarixiy-adabiy yodgorlikdir. Uning hozirgi bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi 1324 yilda ko'chirilgan nusxasi Kopengagen shahrida saqlanadi.
Professor N.M. Mallaevning ma’lumot berishicha, miflar haqida yana “Bundaxishn” kitobi ham bor. “Mifologiyaga ko‘ra, Gaya Martan (Kayumars) yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Ahura Mazda (Hurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho‘- kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dush- mani bo'lgan Ahriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars jasadining ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o‘simlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi”16.
Turkiy xalqlar mifik dunyosi aks etgan tarixiy-adabiy kitoblardan biri “Kitobi Dada Qo‘rqut” hisoblanadi. Qo‘rqut ota ismi bilan ham mashhur bo'lgan Dada Qo‘rqut o‘z vaqtida odamlarga yaxshilik qilish, mushkul- larini osonlashtirishda ko'makdosh bo‘lgan. Kelgusi hayot haqida basho- rat qiluvchi, Alloh nazar solgan tabarruk insonlardan biri sifatida hurmat topgan. Hazrat Alisher Navoiy “Nasoyimu-l-muhabbat” tazkirasida bu zot haqida shunday deydi: “Qo‘rqut ota r.a.
Turk ulusi orasida shuhrati andin ortiqrbqdurki, shuhratqa ehtiyoji bo‘lg‘ay. Mashhur mundog'durki, necha o‘zidin burunqini, necha yil o'zidin so‘nggi kelumi debdurlar. Ko‘p mav’izaomiz mag'izliq so'zlari aroda bor”17. Navoiy tomonidan aytilgan fikrdagi so'nggi jumlaga e’tibor qilsak, Dada Qo‘rqut o‘z hayoti davomida qilgan ishlari, ma’noli so'zlari bilan yurtda mashhur ekanligi ma’lum bo'ladi. Haqiqatan ham, kitobda katta hayot tajribasiga ega ulug' yoshli insoiming dunyo haqidagi xulosaviy fikrlari o'rin olgandek tuyiladi. “Alloh, alloh demaguncha, ish unmaydi, Qodir Tangri bermaguncha, yer boyimaydi”, - deydi u. “Takabburlikni Tangri sevmaydi. Pag'a-pag'a qor yog'sa ham yozga qolmaydi. Qari dushman do‘st bo‘lmaydi” kabi dono fikrlami bayon qiladi. Dada Qo‘rqut tilga oid qiziq fikrlami ham bildiradi. Xususan:
“Ayran so‘zin duyran demadim, man Dada Qo'rqut
Tikan so‘zin so'kan demadim. man Dada Oo'raut”, - devdi u.
Bu o'rinda “ayron” so‘zida ayirmoq, “tikon” so'zida esa tikmoq ma’nosi borligiga ishora qilinmoqda. Aslida esa ayron qatiqqa yoki suzmaga suv qo‘shishdan hosil bo‘lishi, tikan esa jarohat etkazganda, tikmasligi, balki badanni so'kishi qayd etilmoqda. Shubhasiz, “Kitobi Dada Qo‘rqut”ning qimmati unda berilgan 12 afsona bilan yanada ortadi. “Bo'g'ochxon”, “Tepa ko'z”, “Emron”, “Sogrek”, “Bamsi Beyrek” kabi afsonalarda turkiy xalqlar og'zaki ijodining dastlabki namunalari, mifik dunyoqarashga asoslangan voqealar tasviri berilgan. Xususan, o‘g‘il-qizi bor odamlar bilan farzandsizlami ajratish, otaga o‘g‘ilni yomonlab, otaning o‘g‘li qotiliga aylanishini tasvirlash, qonli ko‘ylakni ko'rsatib, ko'ylak egasini o'ldiga chiqarish, siklop (peshonasida bir ko‘zi bor alp) - tepa ko'zdan elni ozod qilish, qizni qo‘riqlayotgan hayvonlami yengib, qizga uylanish, turmushga chiqadigan qizni musobaqada engib, unga ega bo‘lish kabi uzoq o'tmishga oid asarlarda tasvirlangan voqealar bilan tanishamiz. “Kitobi Dada Qo'rqut” turkiy xalqlar mifologiyasi aks etgan eng qadimgi mukammal kitoblardan biridir.
Turkiy mifologiyaga oid voqea-hodisalar tasvirlangan yana bir kitob “O‘g‘uznoma” deb ataladi. “O‘g‘uznoma”da voqealar bayoni qisqa-qisqa jumlalar vositasida berilgan. Jami 42 maktubni eslatuvchi matnning har birida to‘qqiztadan jumla bor. Har bir jumla ifodalanayotgan voqea haqida muhim ma’lumot berish vazifasini bajargan. O‘g‘uz ismli qah- ramon bo‘lib, nomada tasvirlanishicha, oyog‘i ho‘kiznikidek baquvvat, beli bo‘rinikidek ingichka, yag‘rini silovsinnikidek, ko‘kragi ayiqnikidek keng edi. U yilqi boqib yuradigan o‘rmonda karkidon yashardi. Karkidon el-yurtni azobga botirgandi. O‘g‘uz qog‘on yovuz hayvonni o‘ldirish uchun ovga chiqdi. Uni o'ldirdi. Ko’kdan bir nur tushdi. Uning ichida bir qiz bor edi. O‘g‘uz uni sevib qoldi, birga bo'ldi. Kun, Oy, Yulduz ismli farzand ko‘rdi. Keyinroq bir daraxtni ko‘rdi. Uning kavagida bir qiz o'tirar edi. O‘g‘uz u bilan birga bo'ldi. Ko‘k, Tog‘, Tengiz ismli farzand- larga ega bo'ldi. O‘g‘uz o‘zini xon deb e’lon qildi. Itil daryosidan o‘tib ko‘p yerlami bosib oldi. Unga butun safari davomida Ko‘k bo‘ri rahna- molik qildi. Qirg‘in urushlarda qatnashdi. Hammasida g‘olib chiqdi. Bir kun tush ko‘rdi. Tushida oltin yoy va uchta kumush o‘q ko‘rdi. Keyin- chalik yoyni va o‘qni farzandlariga berdi. Yurtni ularga meros qoldirdi.
Qisqacha mazmundan ma’lum bo‘lyaptiki, “O‘g‘uznoma”da turkiy xalqlar mifik dunyoqarashidagi bo‘ri, ot, ayiq totemlari, kun, oy, yulduz, ko‘k, tog‘, dengiz, yoy, o‘q fetishlari muhim o‘rin olgan. Nomada Ko‘k bo'ri O‘g‘uzxonga bir necha marta yo‘l-yo‘riq ko'rsatadi, uni xavfdan ogoh qiladi, unga g‘alaba xabarini beradi. Bu bilan animizm belgilarining “O‘g‘uznoma”da yetakchi ekanini dalillash mumkin.
Xullas, o'zbek mifik olamini alohida bir sirli olamga qiyoslash mumkin. Unda xalqimiz, yurtimiz, tariximiz o‘zining mukammal ramziy qiyofasini namoyon etadi. Ayni chog‘da o‘zbek xalqining qadim zamonlardan boy og‘zaki ijodga va mifik asarlarga ega boy xalq ekanini isbotlaydi.

Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling