Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi
Download 442.51 Kb.
|
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anonimlik.
Versiva ham variantlilikning bir ko'rinishidir. Faqat variantlilik tor ma’noda, versiyalilik keng ma’noda tushuniladi. Asar nomi bir xil bo'lsa, undagi voqealar tizimi bir-biriga yaqin bo'lsa, qahramonlar xatti-haraka- tida muayyan o‘xshashlik saqlansa, variantlilik; asaming umumiy maz- munida qandaydir umumiylikka ishora sezilsa, versiya vujudga keladi.
Masalan, “Alpomish” dostonining o‘zbek xalqi doirasida 30 ga yaqin varianti bor. Ammo bu dostonning Oltoy, Qipchoq, O‘g‘uz versiyalari mavjudki, u versiyalar bilan tanishganimizda ayrim lavha va voqealarda umumiylikdan boshqa o‘hshashlikka duch kelmaymiz. “Tohir va Zuhra” dostonining qozoqlarda “Qo‘zi Ko'rpesh va Bayan Suluv” versiyasi bor. Xullas, variant deganda, asar sujeti va kompozitsiyasidagi qisman farqlar borligi, versiya deganda, bir asaming katta o'zgarishlar bilan bir necha xalqlar og‘zaki ijodidagi alohida-alohida nusxalari tushuniladi. Anonimlik. Anonimlik asar muallifi nomining ma’lum emasligi demakdir. Xalqimiz og‘zaki ijodidagi yuzlab ertak va dostonlami birinchi bo‘lib aytgan ijodkor nomi anonimdir. Xalq qo‘shiqlari, maqollari, jtd- pishmoqlari ham bizga ma’lum bo‘lmagan bobo-momolarimiz tomonidan yaratilgan. Ammo ular, biz awal aytganimizdek, o‘z ismlarining saqlanib qolishini xohlamaganlar. Keyinchalik esa asami birinchi yaratgan va aytgan shaxs nomining yoddan ko‘tarilishi ham an’anaga aylangan. Ammo xalq og'zaki ijodidagi anonimlik bilan yozma adabiyotdagi asar muallifi nomining ma’lum emasligi mutlaqo boshqa-boshqa tushuncha- lardir. Og'zaki ijodda anonimlik oddiy holat bo‘lsa, yozma adabiyotda adib nomining yo'qligi tasodif hisoblanadi. Masalan, “Yusuf va Zulayxo”, “Gul va Navro‘z” dostonlarini yozgan shoirlar nomi ma’lum bo‘lmagan taqdirda ham, bu asarlar og'zaki ijod namunasi hisoblanmaydi. Chunki ulaming matni og’zaki adabiyot an’anasiga mos kelmaydi. Shunday qilib, og'zaki ijoddagi anonimlikni xalq farzandlarining o‘z millatiga xolis va beminnat xizmat qilishi namunasi sifatida qadrlash maqsadga muvofiqdir. Xalq og'zaki ijodining у ana bir xususiyatini shartlilik deb belgilash mumkin. Bu xususiyat folklorshunoslar tomonidan yetarli tadqiq etilma- ganligini mavzu boshida aytib o'tganmiz. Shartlilik xalq og’zaki ijodi asarlarida ijrochilar tomonidan aytilgan fikrni muhokamasiz qabul qilish bilan bog'lanadi. Bunday tasvirlarda tinglovchi “Nega?” degan savolni bermagan, yoki xayoliga ham keltirmagan. Tinglovchi baxshidan doston- ni mahorat bilan ijro etishni kutgan, talab qilgan, ammo shu bilan birga baxshining ham inson ekanligini, uni ba’zan kechirish lozimligini ham unutmagan. Bunday paydarda tinglovchi baxshini ortiqcha savollar bilan qiynamagan. Masalan, Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po'lkan aytgan dostonning nomi “Temirxon Poshsho” deb ataladi. Dostondagi voqealar davomida esa Temirxon poshsho deyarli ishtirok etmaydi. Yoki Jo‘ra Eshmirza o‘g‘li ijro etgan “Malla savdogar” dostonida ham Malla savdo- gar voqealar tizimida yetakchi qahramon sifatida namoyon bo'lmaydi. Ammo baxshiga “Nega dostonning nomini shunday atadingiz?” - deb savol berish odobdan hisoblanmagan va doston shartli ravishda shunday atalavergan. Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlarida, ko‘pincha, G‘irot, G‘irko‘k nomlari chalkash keladi. Lekin buning sababi ham aniqlanmaydi. “Alpomish” dostonida Hakimbek qalmoq yurtida yetti yil zindonda yotadi. Oxirgi muddatdagina Kayqubod unga qo‘y tashlab turadi. Ammo yetti yil zindonda inson ovqatsiz, suvsiz qanday yashashi mumkin degan savolni hech kim bermaydi. Bu o‘rinda ham voqea baxshi tomonidan qanday bayon etilsa, shundayligicha qabul qilinaveradi. Natijada, xalq og'zaki ijodi asarlarining ijrosidan tinglovchi ma’naviy lazzat olgan, qah- ramonlaming xatti-harakatlarini baholagan, muhokama qilgan, o'ziga namuna deb bilgan, ammo ayrim masalalarga ortiqcha sinchkovlik bilan ahamiyat bermagan. Ehtimol, shartlilik belgisi xalq og‘zaki ijodi asarlarini e'zozlashda o‘ziga xos o‘lchov bo‘lib xizrnat qilgan bo‘lishi ham mumkin. Download 442.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling