Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet27/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Kelin salomlar ham to‘y qo'shiqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. An’anaviy kelin salomlar matnida Allohga, Muhammad payg‘am- barimiz (s.a.v)ga, chahoryorlarga, avliyo va anbiyolarga murojaat qilish alohida o'ringa ega. Agar xalq qo'shiqlarining boshqa turlarini ko‘pchilik bo'lib ijro qilish mumkin bo'lsa, kelin salomlar, asosan, bitta chechan qo'shiqchi, ba’zan ikkita ayol tomonidan ijro qilingan. Odatda, kelin salom aytuvchi ijrochi mazkur marosimga fayz kiritishi yoki, aksincha, qizita olmasdan uyatga qolishi kuzatiladi. Shuning uchun ijrochi butun tajribasini, mahoratini, xonandalik san’atini to‘liq namoyish qilishga urinadi. Atrofdagi qatnashchilar ruhiyatini ko'tarish uchun yumor unsur- laridan foydalanadi. Kelin salomlar aksari uch misradan iboratdir. Shun- dan ikkitasi fikr ifodalash maqsadini nazarda tutsa, uchinchisi naqarot sifatida takrorlanadi:
Ko'ylaklari yamoqli, Yopgan noni sanoqli, Qaynonasiga salom.
Muhimi, bunday kulgili mazmundagi misralar marosim ishtirok- chilari tomonidan hazil ma’nosida tushunilgan.
Marsiyalar. Ma’lumki, inson hayoti faqat bayramlardan, xursand- chilik, sayillar, to‘y-tomoshalardan iborat emas. Hayotda ko'ngilsiz voqealar ham ro‘y berib turadi. Ulaming eng musibatlisi o‘limdir. O‘zbek xalqi o‘lim marosimida ham qo'shiq aytgan. Qadimda maxsus giryandi (giyrandi)lar yig'lash marosimlarini qo‘shiq aytib o'tkazganlar. Bunday qo'shiqlami marsiyalar deb atashgan.
Marsiyalaming asosiy vazifasi hayotdan ko‘z yumgan shaxsning fazilatlarini esga olish, ro‘y bergan musibatga munosabat bildirishdir. Shuning uchun ota, ona, aka, uka, opa, singil, bola kabi qarindosh-urug4- lik belgilari marsiyalarda alohida tilga olinadi. Marsiya matnlarida o‘kinch, hasrat ifodasi alohida o‘rin tutadi. Aytib yig‘layotgan shaxs mar- humga «suyangan tog4», «ishongan bog4», «osmondagi yulduz», «hayot- dagi yorug4 yulduz» istioralarini qo‘llaydi. Farzandning ota-onasiga xiz- mat qila olmagani, aka va ukaning qadriga yetmagani, ayniqsa, farzan- dining orzu-havasini, uylanganini yoki kelin bo'lganini ko‘ra olmagani o‘ta ta’sirli so‘zlar bilan bildiriladi:
Aytmay desam bo4lmaydi,
Dog‘ingiz oti qo‘ymaydi, Ishongan bog‘im, voy otam, Suyangan tog‘im, voy otam.
Yoki:
Hovlimdagi giyoh bo‘ling, voy onam, Наг kun sizni iskayin, voy onam, Yana qaytib bino bo‘ling, voy onam, Doim sizni eslayin, voy onam.
Marsiya matnlarini o‘rganish ulaming she’riy texnika jihatdan u qadar mukammal emasligini ko‘rsatmoqda. Bo‘g‘inlar sonining mos emasligi, turoq tizimiga yetarli e’tibor berilmasligi, qofiya qoidasiga rioya qilmaslik odatiy holat ekanini aytish mumkin. Bizningcha, bu turdagi qo‘shiqlarda ko‘proq aytilayotgan to‘rtlikning ma’nosi, kuydagi mung yetakchi ahamiyat kasb etadi.
Yana bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Folklor ekspedi- siyasiga chiqqan paytimizda yozib olish eng qiyin kechgan qo‘shiq turi marsiyadir. Aksari hollarda marsiya aytuvchilar amaliyotchilar iltimos- larini bajarmaydilar. Esdan chiqqanini bahona qilib, suhbat mavzuini o‘zgartiradilar. Ehtimol, ular qadimgi irimlarga bo'ysunib zaruratsiz hollarda marsiya aytishdan saqlansalar kerak.
Shunday qilib, mavsum-marosim qo‘shiqlari haqidagi ma’lumotlar- dan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

  • Mavsum va marosim qo‘shiqlari o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodining eng qadimiy namunalaridandir.

  • Xalq hayotidagi bayramlar, oilaviy marosimlar, yil fasliga oid mavsumlar alohida-alohida aniq mavzuni ifodalovchi mazmunga ega.

  • Mavsum-marosim q o‘shiqlari ba’zan ommaviy tarzda ijro etishga mo‘ljallangan bo‘lishi bilan birga maxsus tayyorgarlik ko'rgan mahoratli ijrochilar ijodini inkor qilmaydi.

  • Xalqimizning 0‘tmish madaniy merosiga, qadriyatlariga munosabat mavsum-marosim qo‘shiqlarida alohida namoyon bo‘ladi.

  • Mavsum-marosim qo‘shiqlari badiiy mukammallik jihatidan so‘z san’ati talablariga to‘liq javob beradigan she‘riy matnlardan iborat.


Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling