Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet7/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Savol va topshiriqlar:

  1. Mifva mifologiya haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?

  2. Totemizm, fetishizm, animizm tushunchalari haqida gapiring, ulaming farqini tushuntiring.

  3. Avesto” haqida nimalar bilasiz?

  4. Kitobi Dada Qo‘rqut” qanday asar?

  5. О ‘g ‘uznoma ”ning qisqacha mazmunini aytib bering.

  6. Mahalladagi qariyalardan ot, bo ‘ri, Hon, burgut va boshqa totem hayvonlar haqidagi hikoyalami eshiting, yozib oling.

  7. Turli narsalar, ranglar va tush xosiyati haqida ma’lumotlar to ‘plang.

Adabiyotlar:

  1. Имомов К., Мирзаев T., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 43-56.

  2. Маллаев Н.М. Узбек адабиёти тарихи. Биринчи китоб. - Т.: Укитувчи, 1971.-Б. 41-55. ( " “

  3. Махмудов Т. “Авесто” хдкида (сунгги суз) / Авесто. - Т.: Шарк НМАК, 2001. - Б. 358-383.

  4. Саримсоков Б. Узбек фольклорининг тарихий тараккиёти (кадимги давр фольклори) / Узбек фольклори очерклари. 1-том. - Т.: Фан, 1988. - Б. 25-35.

  5. “Авесто” тарихий-адабий ёдгорлик. - Т.: Шарк НМАК, 2001.

  6. Дебе Korkut Kitabi (Metin - Sozliik). Prof. Dr. Muharram Ergin. - Istanbul: Ebri, 1986.

  7. Дада Куркут хикоялари (таржимон 3. Очилова). - Т., 2010.

  8. Угузнома (нашрга тайёрловчи Бахтиёр Исабек). - Т.: O’zbekiston, 2007.


XALQ OG‘ZAKI IJODI JANRLARI
Наг bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo‘ladi. Badiiy ada- biyotni o‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og‘zaki poetik ijodini o'rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik ada­biyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o‘rganish ob’ekti badiiy adabiyot bolgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshu­noslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she'r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot)ning janr xususiyalari o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo'shiq, ertak, doston kabi janrlaming o‘zi- ga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabi­yot ekanidan qat’i nazar har bir yo‘nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida baholana- veradi. Avvalo, badiiy asarlar yaratilish jinsi yoki turiga ko‘ra uch xil bo‘lishini esga olaylik. Badiiy adabiyot - so‘z san’ati ekani haqida ma’lu- mot berganimizda jins va turlami aytib o‘tgan edik. Endi ana shu tushun- chalami mustahkamlaymiz. Umuman olganda, jahon adabiyotida uchta jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd etilgan, tan olingan. Janr deganda, ana shu uchta jinsdagi asarlar tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik asarlar turini roman, qissa, hikoya janrlari, og‘zaki adabiyotda ertak, doston, latifalar tashkil etadi. Ya’ni jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga ko‘ra (og‘zaki yoki yozma) boshqa-boshqa janrlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Epos - yunoncha “epos” - rivoya, hikoya, qo‘shiq so‘zidan iborat bo‘lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash ma’nosini anglatadi. Ta’rifdagi “qo‘shiq” so‘ziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qo‘shiq- lar so‘zning hozirgi paytda tushunilishidan farqli ravishda voqea-hodisani bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy so‘z vositasida hikoya qilinadi. Xalq og'zaki ijodida bunday jinsga mansub janrlar afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. Mazkur nazariy masalani ilmiy asosda o'rgan- gan olim Bahodir Sarimsoqov avval qayd etilgan uch jins qatoriga to‘r- tinchisini ham qo'shgan va “maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini: “oddiy o'tirish olqishlari, qarg'ish, so'kish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq iboralar”18, - deb belgilagan. Haqiqatan ham, qayd etilgan janrlarda bir tomondan muayyan vaziyat, voqea-hodisa haqida ta- sawur hosil qilish uchun aniq ma’lumot, axborot mavjud bo'lishiga qara- may, aytilgan matnning hajm jihatdan o‘ta ixchamligi alohida ko‘zga tashlanadi.
Taniqli folklorshunos olimlardan V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov o'zbek xalq og‘zaki ijodidagi dostonlami “qahramonlik eposi” deb ata- ganlar. 1947 yilda Moskvada e’lon qilingan katta hajmdagi kitobni “O‘z- bek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”, Go‘ro‘g‘li turkumiga oid dostonlar, “Kuntug'mish” kabi ishqiy-romanik dostonlar tahlil etilgan.

Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling