Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet8/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Linka - lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olingan bo‘lib, badiiy adabiyotda inson his-tuyg‘usini, ichki kechinma- larini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, hayotda turli voqea- hodisalar ro‘y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta’sirida shaxs qalbida paydo bo'lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad sodir bo‘lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlaming namoyon bo‘li- shini izohlaydi. Shuning uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim. Masalan, “Alpomish” dostoni “Burungi o‘tgan zamonda, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy de- gan o‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o‘g‘il farzand paydo bo‘ldi. Alpinbiydan ikki o‘g‘il paydo bo‘ldi: kattakonining otini Boybo‘ri qo‘ydi. Kichkinasining otini Boysari qo‘ydi”, - deb boshlanadi. O‘z-o‘zi- dan ma’lumki, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tinglovchiga aytilajak asardagi vo- qealar qanday boshlangani yuzasidan ma’lumot bermoqchi. Matnda bax- shi Qo‘ng‘irot, Dobonbiy, Alpinbiylar bilan tinglovchini tanishtirmoqda. Aslini olganda, dostonning to'liq mazmuni ana shunday xabarlar tizimidan iborat. Endi lirik qo‘shiqdan bir namuna keltiraylik:
“Tolga chiqib tol bo‘ldim, Tusholmay behol bo'Idim. O‘z tengimning ichida Muncha betole bo‘ldim”19.
Qo‘shiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan harakatini aytish emas, balki o‘z tengini topa olmay qalban iztirob cheka- yotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos. Odatda, qo'shiqlaming dastlabki misralari, ko'pincha, tinglovchini chalg‘itish yoki nimanidir ifodalash maqsadida to'qiladi. Asosiy maqsad oxirgi misrada, ba’zan 3-4-misralarda ifodalanadi.
Yana bir qo‘shiq matniga murojaat qilaylik:
Dayrani ul yuzidan sei keladi, Sei bilan ikki o'rdak teng keladi. O‘rdakka o‘rdak munosib, g'ozga g‘oz, Yigitga qayliq munosib, qizga noz.
Bu qo‘shiqda daryodan toshib kelayotgan sei, sei bilan teng ucha- yotgan o‘rdak, o‘rdakning o‘rdakka, g‘ozning g'ozga munosibligi, yigit- ning orzu qilgan qizda noz, istig‘noni ko‘rish havasi borligini ifodalovchi vosita - bir bahona, xolos. Yigitning asosiy niyati o‘ziga munosib deb bilgan yor tavsifi, uning o‘ta andishali qiz ekanini ta’riflashdir. Shunday qilib, inson qaysi vosita bilan bo‘lmasin, o'zining his-tug‘usini, ichki kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujud- ga keladi. Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslaming ma’nosiz qofiyalar yig‘indisidan iborat she’riy asarlarini lirika namunasi deb bo'lmaydi. Haqiqiy ma’nodagi Urik asar insoimi loqayd qoldirmaydi, unga ma’naviy huzur bag'ishlaydi, estetik rohat beradi.
Xalq og'zaki ijodidagi har bir lirik qo'shiq qachonlardir dil so‘zlarini aytish bilan ruhiy olamidagi o‘zgarishlami bildirmoqchi bo‘lgan yigit- qizlaming qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalami olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qo'shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak.
Xullas, lirik qo‘shiqlar asrlar davomida xalq og'zaki ijodidagi qalb iz- horini ifodalovchi asosiy janr sifatida yashab kelgan so‘z durdonalaridir.
Drama. Yunoncha “drama” so‘zidan olingan bo‘lib, harakat, tanglik, mushkullik ma’nolarini bildiradi. Badiiy adabiyotda “drama” so‘zidagi harakat ma’nosi asos qilib olingan va muayyan voqea-hodisani sahnada harakat orqali ifodalash tushunchasi nazarda tutiladi. Shubhasiz, mazkur harakat orqali so‘z vositasining yetakchiligini inkor qilish mumkin emas. Dramatik asarlarda vaqt, makon cheklangan bo‘ladi. Voqeaning mohiyati drama ishtirokchilarining nutqlari bilan ochiladi.
Xalq og‘zaki ijodida dramatik janrlami, Bahodir Sarimsoqov fik- richa, og‘zaki drama, kulki - hikoya, qo‘g‘irchoqbozlik, askiya janrlari tashkil etadi. Bu asarlami ijro qiluvchilar faqat og'zaki nutqlari bilangina emas, tovush tovlanishi - intonatsiya, yuz, ko‘z, bosh, qo‘l harakatlarini ishga solib ham obraz yaratadilar. Oqibatda, tomoshabin tinglovchilami o‘ziga jalb qiladigan teatrlashgan tomosha ko‘rinishi vujudga keladi. Misol uchun Yo'ldosh A’zamov rejissyorlik qilgan “0‘tkan kunlar” badiiy filmidagi Xudoyorxon va Musulmonqul qiyofalari bilan o‘ynalgan qo‘g‘irchoqbozlikni eslashingiz mumkin. Xalq dramasi haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo‘lishni istasangiz, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi “Xon ko'ngil ochmoqchi” va “Qiziqlar”20 bobini o'qib chiqishingizni maslahat beramiz.
Xalq dramasi qatnashchilari asar mazmunini o'zlari o'ylab topadilar. Tomoshaga yig‘ilgan odamlar o'rtasida qallob qozi, jinoyatchi, jabrla- nuvchi, sho'rpeshona ona yoki xotin, baxtsiz ota, landovur farzand kabi rollami bajaradilar. Uzoq o'tmishdan tortib o'tgan asrning o'rtalarigacha bozorlarda, guzarlarda qiziqchilaming sahna ko'rinishlarini uyushtirish- lari oddiy odat edi.
Askiya esa maxsus so‘z o‘yini musobaqasi tarzida to'ylarda, sayil- larda, yig'inlarda o‘tkazilgan. Askiyabozlar ikki, ba’zan uch-to‘rt guruh- ga bo'linib tanlangan mavzu doirasida so‘z asos bo‘lgan bellashuvlarda kuch sinashganlar. Bunday anjumanlarda askiya ishtirokchilarining tur- gan joylari o‘z-o‘zidan sahnaga aylanib qolar edi. Tinglovchilar esa askiya jozibasiga mast bo'lib, qayerda o'tirganlarini ham bilmay qolar edilar. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan janrlar dramatik tur tarkibini tashkil etgan.
Shunday qilib, xalq og'zaki ijodidagi asarlaming jins va turlari, ulardagi janrlar tarkibi haqida umumiy fikrga ega bo'ldik. Endi mazkur janrlaming o‘zaro munosabati yuzasidan eng muhim tushunchalar haqida to‘xtab o‘tamiz. Awalroq qayd etganimizdek, badiiy adabiyot yaratilish usuliga ko‘ra og‘zaki va yozma ijoddan iborat. Og‘zaki ijod yozuv ma- daniyati shakllanishidan ancha oldin vujudga kelgan. Ammo og'zaki ijodning o‘zi paydo bo‘lishida qadimgi miflaming o‘mi va ahamiyati beqiyosdir. Filologiya fanlari doktori, professor B.Sarimsoqovning chu- qur ilmiy tadqiqotida mif xalq og‘zaki ijodi asosini tashkil etadi21. Mif badiiy ijod turiga kirmaydi. Chunki unda badiiylik darajasi nihoyatda past bosqichda namoyon bo'ladi. Binobarin, mif xalq og‘zaki ijodi tarkibidan o‘rin ololmaydi. Lekin og‘zaki ijod asarlarining shakllanishida diffuzion jarayon amalga oshgan. Diffuziya - lotincha “diffusion” - so‘zidan olingan bo‘lib, singish, tarqalish ma’nolarini beradi. Molekulalar, atomlar, ionlar va kolloid zarralarining tartibsiz issiqlik harakati natijasida bir modda- ning ikkinchi moddaga o‘z-o‘zidan o‘tishi, birining ikkinchisiga “singib ketishi”. Qarangki, aniq fanlardagi diffuzion jarayon mifdan xalq og‘zaki ijodi janrlarining paydo bo‘lishida bosh omil bo'lgan ekan. Xususan, B.Sarimsoqov shunday yozadi: “Folkloristikada diffuziya termini biror janr, motiv yoki obrazning ikkinchi bir janr, motiv yoki obrazga kirib borishi, singishi natijasida ulaming tabiatida sodir bo‘ladigan struktural, semantik hamda funksional o‘zgarishlarga nisbatan qo‘llaniladi”22. Sod- daroq qilib aytganda, mifdan voqea tasviri, yaxshilik va yovuzlik o‘rta- sidagi murosasiz kurash, obrazning dastlabki elementlari tarkibida asta- sekin afsona; afsona tarkibida ertak; ertak rivoji natijasida doston janr­larining shakllanishi va alohida janr sifatida mustaqil taraqqiy etishini og‘zaki ijoddagi diffuziya jarayoni bilan izohlash mumkin bo‘ladi. Ta- niqli folklorshunos olimlar V.YA.Propp, E.M.Meletinskiy, Z.P.Sokolova xalq ertaklari bevosita mifdan vujudga kelganligini to‘liq tasdiqlaganlar.
Taxmin qilish mumkinki, diffuziya tizimi asosida xalq og'zaki ijodidagi yirik hajmdagi epik asarlar shakllangan. Lirik janr qo‘shiq, maqol, matal, topishmoq va boshqa kichik janrlar og‘zaki ijodning badiiy ijod sifatida shakllanishi jarayonida asta-sekinlik bilan paydo boTgan. Maqol va topishmoqlar janri yuzasidan ma’lumot berganimizda, ertak va dostonlardan parcha keltirish bejiz emas. Bugungi kunda har bir asar mustaqil janr namunasi sifatiga ega bo‘Isa ham, umuman, og‘zaki ijodimiz asarlari matni bilan tanishganimiz sari janrlar o‘rtasidagi aloqalar qanchalar uzviy ekaniga ishonch hosil qilib boramiz.
Z.Husainova maqol va topishmoq o'rtasidagi yaqinlik haqida to‘xtab shunday deydi: “Topishmoq ma’no va aytilishi jihatdan maqol bo‘lib ke- lishi mumkin. Bunday maqollar dastlab topishmoq tarzida vujudga kelib, keyinchalik maqolga aylangan. Til haqidagi




Birovni suydirar, Birovni kuydirar.
Asaldan shirin, Zahardan achchiq

topishmoqlari

Suydirgan ham til, Kuydirgan ham til.
Shirin so‘z - shakar, Achchiq so‘z - zahar


shaklida maqol sifatida qo‘laniladi”20. Olima bolalar qo‘shig‘i topishmoq bo'lib kelishi mumkinligini aytib misol keltiradi:




Yomg'ir yog‘aloq, Tarvuz yumaloq, Jaladan qo'rqmas, Laqqa baqaloq21.


Janrlar o‘rtasidagi yaqin aloqani bir asaming doston va ertak variant! borligidan bilsa ham bo'ladi. Jumladan, “Tohir va Zuhra”ning doston va ertak variantlari mashhur. Qizig‘i shundaki, ertakdan Tohir va Zuhraning qo'shiq tarzidagi aytishuvi ham o‘rin olgan:





Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling