Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet5/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Savol va topshiriqlar:

  1. Xalq og'zaki ijodining o'ziga xos xususiyatlarini bilishning qanday nazariy va arnaliy ahamiyati bor?

  2. An’anaviylik haqida mulohaza yuriting va xalq dostonlari, ertaklari matnlaridan bu xususiyatni izohlovchi misoliar toping.

  3. Og'zaki shaklning ijobiy va salbiy jihatlarini sharhlang. Improvizatsiya yozma adabiyotda bo'lishi mumkin yoki mumkin emasligini tushuntiring.

  4. Shartlilik haqida mustaqil mulohaza yuriting.

Adabiyotlar:

  1. Имомов К., Мирзаев T., Саримсокрв Б., Сафаров О. Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 4-14.

  2. Холмирзаева С.Ш. Узбек халк эпосидаги бадиий шартли- ликнинг узига хос хусусиятлари. Филол. фанлари номзоди ... дисс. - Т„ 1990.

ENG QADIMGI XALQ OG‘ZAKI UODI . NAMUNALARI. MIFLAR
Buyuk so‘z sohibi Alisher Navoiy g'azallaridan birining dastlabki bayti - matla’sida
O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajabkim, sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur,
- degan edi. Baytda mening sarvinozim o‘n sakkiz yoshda bo‘lgani uchun o‘n sakkiz ming dunyoning son-sanoqsiz g‘avg‘osi boshida charx urishi- dan ajablanmaslik kerak, degan ma’no ifodalangan. Bu haq gap. Chunki inson inson bo‘lib yaralgan ekan, yoshidan qat'i nazar yorug‘ olam muammolari bilan yashaydi. Dunyo qanday paydo bo‘lgan, insonni kim yaratgan, nima uchun quyosh har kuni bir tomondan chiqadi, ikkinchi tomonga botadi, yer nima uchun qimirlaydi, chaqmoq chaqishining saba- bi nima, qo‘yingki, ming-ming savol inson qalbiga tinchlik bermaydi. Hatto taxmin qilib aytish mumkinki, ana shu muammolardan chalg‘ish maqsadida qadimgi ajdodlarimiz raqsga tushishni, his-tuyg‘uni ifodalov- chi misralar to‘qishni o‘ylab topgan bo‘lsalar ajab emas.
Qadim zamonlardayoq olamning paydo bo‘lishi, yil fasllaridagi o‘zgarishlar, yerdagi zilzilalaming mohiyatini anglamagan inson o'zicha izoh izlashga uringan. Natijada, dastlab yemi nimadir ko‘tarib turgan bo‘Isa kerak, degan tushunchalar, keyinroq esa har bir hodisa sharhini ifodalovchi xudolar o‘ylab topilgan. Agar bir oz mulohaza yuritsak, inson qilgan dastlabki kashfiyotlami bugungi kunda ham uchratishimiz mum- kin. Xususan, safarga chiqqan sayyoh bo‘ri, burgutni ko‘rsa, o‘zini omadi kelgan hisoblaydi. Tulki ko‘rsa, shubhaga tushadi, ko‘ngilsiz voqea bo‘lishini kuta boshlaydi. Yigit tushida egarlangan ot minsa, hayotida ijobiy o‘zgarishlardan xabar olgandek sezadi o‘zini. Yigitlarimiz uylanish to‘ylarida hali hamon olov atrofida aylanadilar, ustlaridan sochqi socha- dilar. Qariyalarimiz qaldirg‘och shipga in qursa, xursand bo‘ladilar. Ot ko'rsalar, boshini silab qo'yadilar. Yaqin-yaqingacha Qashqadaryo vilo- yatining ayrim tumanlarida yangi tug‘ilgan chaqaloq beshigining tagiga bo‘ri terisini solish, tishini teshib beshikka bezak qilish odati saqlangan edi. Vaqti-vaqti bilan hozir ham oiladagi erkak uyiga baliq xarid qiladi. Va bu yaxshi xislat, odat sanaladi. Bunga o‘xshagan odatlarimizni ko‘plab sanash mumkin. To‘g‘risi, sanoqning tagiga yetish ham qiyin. Xo‘sh, ular qanday paydo bo‘lgan. Nima uchun xalqimiz suvni, nonni, tuzni e'zozlaydi. Pokiza saqiashga urinadi.
Inson hamisha har bir hodisadan o‘ziga manfaatli jihatlami topishga harakat qiladi. Xayolan bu manfaatlami asoslashga sabab axtaradi. Vaqt o‘t- gani sari turmush tajribasi mazkur voqea-hodisalami turlarga bo‘lish, ular- dan foydali va zararlilarini ajratish zaruratini tug'diradi. Oqibatda, xalq tasavvurida “bunday bo‘lsa - yaxshi, bunday bo‘lsa - yomon” degan hukm- lar paydo bo'ladi. Masalan, birorta odamning hovlisida bulbul sayrasa, yax­shi; boyo‘g‘li sayrasa, yomon degan taxmin odat tusiga kirgan. Bir ko‘ri- nishda ahamiyatsizdek tuyilgan holat turli urf-odadarga, rasm-rusumlarga asos sifatida asrlar davomida millatimiz ongida shakllanib kelgan.
Dunyo, insoniyat, odamning paydo bo'lishi haqidagi qadimgi sodda hikoyalar ilmda “mif’ deb ataladi. Mif (yunoncha myfhos - so‘z, afsona, rivoyat) so‘zi lug‘atda “Qadimgi kishilaming borliq olam haqidagi ibti- doiy tasavvurlari majmui bo‘lib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlaming paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalaming sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramon- lar, ma’budalar va ilohlar to‘g‘risidagi e’tiqodiy qarashlami o‘z ichiga oladi”12, - deb izohlangan. “Mifologiya” miflami o‘rganuvchi fandir.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug'otit turk” asaridagi “sav”, avval aytganimizdek, “otalar so‘zini eslash” ma’nosini bersa, uni turkiy tilimizdagi “mif’ni ifodalovchi so‘z deyish mumkin. Arablardagi “asotir” ham shu ma’noni beradi. Ammo butun dunyodagi olimlar qadimgi hikoyalami “mif’ deb atashgani uchun o‘zbek folklorshunosligida ham aynan shu atamani qo‘llash ma’qul topilgan.
O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlaming o'tmish hayoti bilan bog'liq miflaming dastlabki namunalari “Avesto” kitobida berilgan. “Avesto” qadimgi Xorazmda yashagan ajdodlarimiz ijodi mahsulidir. Avval og‘- zaki tarzda vujudga kelgan asar yozuv madaniyati shakllangandan so‘ng Zardusht tashabbusi bilan 12 000 mol teriga oltin harflar bilan bitildi. XI asrdagi afsonalar qayd etilgan “Kitobi Dada Qo‘rqut” va XIII asrda ya- shagan O‘g‘uz xoqon haqidagi “O‘g‘uznoma” deb atalgan kitoblarda (ulardagi voqealar, afsonalar matnining ancha avval yaratilganini bildirsa ham ilmiy asarlarda XI va ХШ asrlar qayd etilgan) turkiy qabila va urug‘ lar tarixi haqidagi mifik tasavvur ifodalari o‘rin olgan. Bu kitoblar haqida bir oz keyin ma’lumot beramiz. Avval mif haqidagi nazariy va amaliy tafsilotlarga to‘xtalmoqchimiz.
Mif tushunChasi tarkibini totemizm, fetishizm, animizm so'zlari tashkil etadi.
Totemizm” so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda qayd etilishicha, “uning urug‘i”dan olingan ekan. Shimoliy Amerikada yashovchi qabila- lardan biri kishilar bilan hay von va o‘simliklaming muayyan turlari o'rtasida qon-qarindoshlik bor deb hisoblaganlar. U hayvonlar ov qilin- magan, o‘ldirilmagan, go‘shti yeihnagan. 0‘simliklar esa e’zozlangan. Bu odat dunyodagi hamma xalqlaming e’tiqodida ham bor bo‘lib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. Hind xalqida, umuman, hayvonni so‘yish, ya’ni qon chiqarish ma’qullanmagan. Ayniqsa, sigirlar alohida e’zoz­langan. Avstraliyada kenguru alohida hurmatga ega hayvon hisoblanadi. O‘zbeklarda bo‘ri, tuya, ayiq, ot, qo‘y, ilon, baliq, qaldirg‘och, burgut, xo‘roz, musicha kabi hayvon va qushlarga hurmat bilan qaralgan. Mus- taqil O‘zbekiston gerbida humo qushining tasviri borligi ham bejiz emas. Shuningdek, xalqimiz chinor, behi, anor, tol kabi mevali va mevasiz daraxtlarga ham alohida e’tiqod bilan qaraydi. To‘g‘ri, yuqorida sanalgan hayvon, qush, daraxtlaming totem sifatida hurmatga sazovorligi bor. Ammo bir oz fikr yuritsak, ularga bo‘lgan e’tiqod ildizlarida o‘zgacha, alo­hida ma’no borligi ham anglashiladi. Jumladan, bo‘rining mustaqil hayot- ga bog‘liqligi, mardligi; tuyaning suvsizlikka chidashi; otning insonga vafodorligi, ziyrakligi; burgutning baquvvat va jangari qush ekani; chi- noming uzoq umr ко‘rishi; anoming ichida donalarining ko‘pligi (far- zand belgisi sifatida), tolning salqini va undan beshik, do‘mbira yasalishi kabi fazilatlar xalq orasida shuhrat topgani ham ma’lum. Qadimgi afso- nalarda, ertaklarda bo‘ri, ilon, ayiq, ot, qaldirg‘och kabi obrazlaming ko'plab uchrashi bejiz emas. Shu bilan birga xalq tushunchasida qo‘yning inson o‘miga qurbonlik qilinishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Far- zand tug‘ilganda, turli ehson marosimlarida qurbonlik uchun qo‘y so‘yi- ladi. Xalq orasida qo‘y odamning o‘miga qurbonlik qilish uchun yaratil- gan, degan tushuncha bor. Bu tushunchalaming asosini totemizm izoh- laydi. Ma’lum sabablar bilan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bolaga Bo‘riboy,

Bo‘ritosh, Gurkiboy, Bo‘rixon, Lochin, Arslon, Qo‘ziboy, Barchin, Suq- sur degan ismlaming berilishida ham totemizm ta’siri aniq seziladi. Har bir daraxtning joni bor. Uni sindirish baxtsizlikka olib keladi. Uzoq ya­: shagan daraxtni kesish xosiyatsizdir. Otni so‘yishda biror aybni bo'yniga qo‘yish kerak, degan e’tiqodlar ham totemizmga aloqador hisoblanadi.
Fetishizm” so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda portugalcha “feitico”, fransuzcha “fetiche” - sehrli narsa ma’nosini ifodalashi qayd qilingan. Uning asosini qadimgi zamon odamlarining jonsiz narsa-predmetlarda ilohiy fazilat bor deb tushunishlari tashkil etadi. Ma’lumki, inson hayoti davomida o‘zi bilmagani holda quyosh, oy, yulduzlar, tog‘, suv kabi narsalar bilan ham munosabatda yashaydi. Ayniqsa, quyosh, suv inson taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi. Qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimiz o‘zlaricha pichoq, non, o'choq, tandir, do‘ppi, kitob, supra, ayniqsa, o‘q, yoy kabi narsalami ham muqaddas hisoblaganlar.
G'afur G‘ulomning “Shum bola” qissasida shunday lavha bor: “Men bilmagan ekanman. O‘tning taftiga lippamdagi yog* erib, pochamdan oqmoqda ekan. Oyim qo‘lidagi xamir yoyib o‘tirgan o‘qlov bilan boshimga astagina urdi.
- Juvonmarg, kap-katta bola, uylansang bolang bo‘ladi, shu yerda, shunday Fotimai Zahroning dastgohlari bo‘lgan qutlug* yerda siyib o'tiribsanmi?
Oyim boshimga o‘qlov bilan urganda, qalpoq tagida bo‘lgan tuxum pachoqlangan edi”13.
Qissada G‘afur G‘ulom qahramoni Shum bolaning o‘choq qarshisida nojo‘ya ish qilib o‘tirgani uchun onasi o‘qlov bilan urganini tasvirlagan. Chunki o'choq o'zbeklarda muqaddas hisoblangan.
Bunday aqidalar bo‘yicha yigit kishining do‘ppi, pichoq, kitob, qilich, yoy yo'qotishi, xoh o'ngida, xoh tushida bo‘lsin, yomonlik belgisi hisoblangan. Yigit kishi zotli ot, keskir qilichga ega bo‘lsa, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida hurmatli inson sifatida ulug‘langan. Uzoq safarga ketayotgan yigitga non tishlatish, kechki ovqat paytida bir kosada qo'shimcha ovqat suzib qo‘yish, qiz bolaning so'zana tikishi yoki unga atab gilam xarid qilish, yo'lda sadaqa so'ragan kimsaga ehson berish, uzoq xasta yotgan odam vafot etganida, uning tobuti orqasidan tosh otish kabi odatlarimizning paydo bo'lishi ham fetishizm bilan aloqador.

Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling