A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 366.69 Kb. Pdf ko'rish
|
2PQri5PSVmkyY6Hcy72tNSBBfc0bzVwrANeKH85E
- Bu sahifa navigatsiya:
- moduli bo‘yicha Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari o‘quv kursining
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari o‘quv kursining Mexanika bo‘limiga doir ma’lumotlarni tushuntirishda samarali texnologiyalar mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Xamidova Zaynura Ramazonovna Toshkent 2021 1-Mavzu: Mexanika bo‘limiga doir ma’lumotlarni tushuntirishda samarali texnologiyalar Reja: 1. Mexanika bo‘limi fizikaning poydevoridir. 2. Mexanika bo‘limiga doir ma’lumotlarni tushuntirishda turli texnologiyalardan foydalanish. 3. Dars jarayonida foydalanish uchun turli topshiriqlardan namunalar. Mexanik harakat deb, jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joylashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga aytiladi. Bu yerda biz boshqa jismlar deganda daraxtni, binoni, poyezd vagoni o‘rindig‘ini va h.k.larni tushunamiz. Jismning turgan o‘rni mana shu tanlangan jismga nisbatan vaqt davomida qaralganligidan uni sanoq jismi deb ataymiz. Tanlangan sanoq jismi bir jismga nisbatan harakatsiz bo‘lsa, boshqa jismga nisbatan harakatda bo‘lishi mumkin. Masalan, sanoq jism sifatida Toshkentdan Samarqandga borayotgan poyezdni olsak, unda odam poyezd vagoniga nisbatan harakatsiz bo‘ladi. Lekin vagonning o‘zi yerga nisbatan harakatda. Shu sababli jismlarning harakatini o‘rganishda, albatta, sanoq jismi tanlanishi kerak. Jismlar harakatlanganda fazoda iz qoldiradi. Bu izlar ko‘zga ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligi mumkin. Ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligidan qat’i nazar shu izga trayektoriya deyiladi. Dalada yurgan avtomobil, traktor yoki osmonda uchayotgan samolyot qoldirgan izlar bunga misol bo‘la oladi. Trayektoriyaning shakliga qarab harakat to‘g‘ri chiziqli yoki egri chiziqli bo‘ladi. Harakatlanayotgan jismni har doim ham rasmda ifodalash noqulay. Shunga ko‘ra, trayektoriya uzunligi jism o‘lchamlaridan juda katta bo‘lgan hollarda jismni moddiy nuqta deb qaraladi. Masalan, Toshkentdan Buxoroga qarab uchayotgan samolyotni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin ko‘prikdan o‘tayotgan poyezdni moddiy nuqta deb qarab bo‘lmaydi. Moddiy deyilishiga sabab o‘lchamlari hisobga olinmasa-da, uning massasi, tezligi va boshqa fizik kattaliklari mavjud ligicha qoladi. Har qanday jismning fazodagi vaziyati sanoq sestimasi deb ataluvchi boshqa jism yoki jismlar sistemasiga nisbatan aniqlanadi. Jismlarning sanoq sistemasiga nisbatan qilgan harakatiga nisbiy harakat deyiladi. Jismlarning harakati ham tinch holati ham nisbiydir. Moddiy nuqta deb , tekshirilayotgan masofaga nisbatan ulchamlari juda kichik va shakli hisobga olinmasa ham bo‘laveradigan jismlarga aytiladi. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda qoldirgan iziga harakat trektoriyasi deyiladi. Harakatning trektoriyasi shakliga qarab to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarga ajraladi.Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig‘ida har xil masofalar o‘tiladigan trektoriyasining uzunligi o‘tilgan yo‘l deyiladi. Harakat trektoriyasining bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga yo‘nalgan kesmadan iborat bo‘gan vektor kattalikka ko‘chish deyiladi. Moddiy nuqtaning teng vaqtlar oralig‘ida o‘tgan masofasiga qarab harakatlar tekis va notekis harakatlarga ajraladi.Tekis harakat deb teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofalar o‘tiladigan harakatga aytiladi. Notekis harakat deb , teng vaqtlar oralig‘ida har xil masofalar o‘tiladigan harakatga aytiladi. O‘lchami hisobga olinadigan jismning harakatini, bu jismni tashkil qilgan moddiy nuqta deb qaraladigan elementlar bo‘laklar harakatining yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin. Jismlardagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan ko‘chishga qarab,jismning harakati ilgarilanma va aylanma harakatlarga ajraladi. Ilgarilanma harakat deb , jismdagi ixtiyoriy ikki nuqtasini birlashtiruvchi ixtiyoriy to‘g‘ri chiziq o‘z-o‘ziga parallelligicha qoladigan harakatga aytiladi. Aylanma harakat deb, jismning barcha nuqtalari parallel tekisliklardagi markazlari bir to‘g‘ri chiziqda yotgan aylanalar chizadigan harakatga aytiladi. Mexanika uch qismga bo‘linadi: knematika, dinamika , statika. Harakatning uni sabablarisiz tekshiradigan mexanikaning bo‘limiga kinematika deyiladi. Knematikaning asosiy vazifasi vaqt o‘tishi bilan jism vaziyatining fazodagi o‘zgarishidan iborat bo‘lgan harakat troektoriyasini aniqlashdan iborat. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat deb, teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofani o‘tgan va troektoriyasi to’g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan jism harakatga aytiladi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat tezlik deb ataluvchi kattalik bilan harakatlanadi va quyidagi formulada hisoblanadi. Integratsiyalashgan ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad - bu ta’lim, jamiyat, ish va dunyoni bir butun holda tasavvur etish va ular o‘rtasida barqaror aloqa o‘rnatishdir. Mavzular doirasida berilgan savollarni turli ko‘rinishda yoki turli metodlar yordamida berib borsak o‘quvchlarni mavzuni mustahkamlashiga yordam bergan bo‘lar edi. Misol uchun; 1. Mexanik harakat deb nimaga aytiladi? 2. Sanoq jismi deganda nimani tushunasiz? 3. Yozayotganingizda ruchkangizning uchi qanday harakatda bo‘ladi? 4. Harakatlanayotgan jismlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin bo‘lgan hollar uchun misollar keltiring. Download 366.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling