A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
“Zinama-zina” texnologiyasi
Download 366.69 Kb. Pdf ko'rish
|
2PQri5PSVmkyY6Hcy72tNSBBfc0bzVwrANeKH85E
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiyaning maqsadi.
- Texnologiyaning qoʻllanishi
“Zinama-zina” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg‘ulot oʻquvchilarni oʻtilgan yoki oʻtilishi kerak boʻlgan mavzu boʻyicha yakka va kichik jamoa boʻlib fikrlash hamda xotirlash, oʻzlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, toʻplangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma koʻrinishida ifodalay olishga oʻrgatadi. Bu texnologiya oʻquvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda oʻtkaziladi va taqdimot qilinadi. Texnologiyaning maqsadi. Oʻquvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa boʻlib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga oʻz fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qoʻllay olishga oʻrgatish. Texnologiyaning qoʻllanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit boʻlsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda oʻtkazish hamda nazorat darslarida qoʻllanilishi mumkin. Mashg‘ulotda qoʻllaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam) lar. Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi: - oʻqituvchi oʻquvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta boʻlgani ma’qul); - oʻquvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning oʻtkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi boʻlgan varaqlar tarqatiladi; - oʻqituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog‘ozdagi boʻsh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; - guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) koʻrinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu boʻyicha imkon boricha toʻlaroq ma’lumot berishlari kerak boʻladi. - Tarqatma materiallar toʻldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi; - Oʻqituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi. Izoh: oʻquv mashg‘ulotining bunday tashkil etilishi oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, oʻtilgan va oʻzlashtirilgan mavzularni eslashga, ularni yozma (yoki rasm, chizma koʻrinishida) bayon etishga, fikrlarni umumlashtirishga oʻrgatadi. Download 366.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling