Omuxta yemlar, ularning turlari va tayyorlash texnologiyasi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana17.10.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1706520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Chorvachilikda ozuqa bazasi 88480

 
Xorijiy adabiyotlar: 
1. Jurgens Marshall H , Bregendahl Kristjan , Coverdale Jozie , Hansen Stephanie L. 
Animal Feeding and Nutrition. Kendall Hunt Publishing; 11 edition. 
 
Qo’shimcha adabiyotlar: 
17. Kalashnikov A.P. i dr. Nauchnыe osnovы polnotsennogo kormleniya 
selskoxozyaystvennыx jivotnыx M. 2003. 
18. Durst L., Vittman M. Qishloq xo’jaligi hayvonlarni oziqlantirish. Urganch 2010. 
19. B. Yahyayev, Q. Haydarov. Ozuqalarning zootexniyaviy tahlili. Samarqand 
2012. (uslubiy qo’llanma). 
20. Zooveterinariya jurnali. 
Internet saytlari: 


www.wikipedia;
www.cnshb.ru; 
www.ya-fermer.ru
 
 
 
 
 
Mavzu matni. Fandagi hozirgi zamon tushunchasi bo‘yicha ozuqa tarkibida 
organizmga qabul qilinadigan oqsil, yog‘, uglevodlar va mneral tuzlar birikmasi 
inert holida, ya’ni ta’sirsiz bo‘ladi. Ular modda almashinuvida ishtirok etib, tana 
to‘qimalariga aylanishi uchun chuqur kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashi kerak. 
Bunday o‘zgarishlar katalizatorlar yordamida vujudga keladi. Bunday katalizatorlar 
oqsillarning fermertlaridir. Bu fermentlar kimyoviy reaksiyani million marotaba 
tezlashtiradi. Ko‘pchilik fermentlar ikki xil birikmadan tashil topadi: organizm 
tomonidan sintez qilinadigan maxsus (spetsifik) oqsildan va har xil vitaminlar - 
birikmalari (koferment) dan qaysikim organizm tomonidan sintez qilinmasdan 
tayyor holda ozuqa bilan tushadi. Agar ozuqa bilan ayrim hollarda vitaminlar 
tushmasa yoki etarlik darajada tushmasa fermentlarning faolligi susayadi va modda 
almashinuvi buziladi bu esa o‘z navbatida hayvon sog‘ligiga va mahsuldorligiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ozuqa tarkibida vitaminlarning etishmasligi natijasida 
vujudga keladigan yuqumsiz kasallikga - avitaminoz kasalligi ko‘p holatda uncha 
bilinmagan ya’ni giprvitaminoz holida namozn bo’ladi. Hayvon organizmi etarli 
darajada vitamin bilan ta’minlanmasa alimentar gipovitaminozga uchraydi. 
1. Yo’g’da va yogni erituvchi eritmalarda eriydigan vitaminlar: bunga A, D, E 
va K. 
2. Suvda eruvchi vitaminlar bularga B guruh vitaminlar va C vitamini kiradi. 
Vitamin A (retinol) bu vitamin etishmaganda 50 xil funksional o‘zgarishlar 
vujudga kelishi aniqlangan. Eng asosiysi ishtaxaning yuqolishi, yosh mollar 
o‘sishining susayishi, ko’z kasalliklari, nafas yo’llarining shamollashi 
/pnevmoniya/ spermatazoidlarning tuxum kletkalariga kirishning qiyinlashishi 
vujudga keladi.


Qoramollarda, qo‘ylarda va cho‘chqalarda A vitamin etishmaganda qisir 
qolish, bola tashlash, qayta ishlab chiqarish funksiyasi buzilishi, tug’ishning 
og’ir kechish holatlari vujudga keladi. A -vitaminozi xuruj qilgan paytlarda ko’z 
umuman ko’rmay qolishi mumkin. otlarda esa tuyoq normal usmaydi. 
Parrandalarning o‘sishi susayadi, tuhum berishi kamayadi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling