Omuxta yemlar, ularning turlari va tayyorlash texnologiyasi


Ozuqalarni ammonizatsiyalash-


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana17.10.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1706520
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Chorvachilikda ozuqa bazasi 88480

Ozuqalarni ammonizatsiyalash- bu ozuqalar tarkibidagi azotning miqdorini 
oshirish uchun ozuqalarga ammoniyli moddalar bilan ishlov berish jarayonidir. 


Ozuqalarga ishlov berishda amiakning 25%li suvdagi eritmasidan ya’ni 
amiakli suvdan foydalaniladi. 
 
 
Bilimlarni faollashtirish uchun savollar va vazifalar (savol-javob ) 
1. Ozuqalar tarkibida bo’ladigan proteinlar haqida tushuncha va ularning 
tarkibi to’g’risida ma’lumotlar bering. 
2. Haybonlar oragnizmi uchun proteinning ahamiyati haqida tushuncha 
bering
3. Ozuqalar tarkibidagi proteiindan foydalanish darajasini aniqlash 
usullarini tushuntiring. 
4. Kritik aminokislotalarga qaysi aminokislotalar kiradi va ularning 
hayvon organizimidagi ahamiyati haqida tushuncha bering? 
9. Mikroorganizmlar sintizidan olinadigan qo‘shimcha oziqalar 
Mikrobiologiya (lotin tilida mikrobiologiya – micros-mayda, bioshayot, logos-
fan) mayda ko‘zga asbobsiz ko‘rinmaydigan organizmlarning morfologiyasi 
anatomiyasi, ko‘payishi va rivojlanishi, hayotiy jarayonlari, o‘zgaruvchanligini, 
sistematik holati, tabiatda tarqalishi va h.k. larni o‘rganuvchi fan. Hozirgi kunda bu 
fan umumiy, qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot, veterinariya, dengiz va kosmik 
mikrobiologiyalariga tarmoqlanib ketgan. 
Mikroorganizmlar kichik o‘lchamga ega bo‘lishidan qat’iy nazar tabiatda 
moddalar almashinuvida, murakkab organik moddalarning parchalanishida faol 
ishtirok 
etadilar. 
Mikroorganizmlarga 
viruslar, 
bakteriyalar, 
arxeylar, 
bakteriofaglar, bakteriyalarga yaqin turadigan aktinomitsetlar, ba’zi bir 
zamburug‘lar, rikketsiyalar, mikoplazma va boshqalar kiradi. Tabiatda 
moddalarning almashinuvida, ko‘pgina foydali qazilmalar (torf, toshko‘mir, neft) 
hosil bo‘lishida, turli organik moddalarning chirishida mikroorganizmlarning 
ahamiyati katta. Oziq-ovqat sanoatida qatiq, kefir, qimiz, pishloq tayyorlash 
sutkislotali bijg‘ituvchi bakteriyalarning, novvoychilik, turli ichimliklar tayyorlash 
(spirt, vino) esa, achitqi zamburug‘larning faoliyatlariga bog‘liq bo‘lgan 
jarayonlardir. Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar, 
vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlarni sintez qilish xususiyatiga 
egalar. 
Mikrobiologiya kun sayin rivojlanib bormoqda, u ayniqsa, bioximiya, 
molekular biologiya, biotexnologiya, fitopatologiya, epidemiologiya, genetika va 
boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Mikroorganizmlar kichik o‘lchamga ega 
bo‘lishidan qat’iy nazar tabiatda moddalar almashinuvida, murakkab organik 
moddalarning parchalanishida faol ishtirok etadilar. Mikroorganizmlarga viruslar, 
bakteriyalar, 
arxeylar, 
bakteriofaglar, 
bakteriyalarga 
yaqin 
turadigan 
aktinomitsetlar, ba’zi bir zamburug‘lar, rikketsiyalar, mikoplazma va boshqalar 
kiradi. Tabiatda moddalarning almashinuvida, ko‘pgina foydali qazilmalar (torf, 
toshko‘mir, neft) hosil bo‘lishida, turli organik moddalarning chirishida 
mikroorganizmlarning ahamiyati katta. Oziq-ovqat sanoatida qatiq, kefir, qimiz, 
pishloq tayyorlash sutkislotali bijg‘ituvchi bakteriyalarning, novvoychilik, turli 
ichimliklar tayyorlash (spirt, vino) esa, achitqi zamburug‘larning faoliyatlariga 


bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol 
moddalar: fermentlar, vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlarnisintez 
qilish xususiyatiga egalar.
Qishloq xo‘jaligida ham mikroorganizmlar muhim rol o‘ynaydi, chunki 
ularning faoliyati natijasida tuproqda o‘simliklar uchun zarur 17 bo‘lgan oziq 
moddalar to‘planadi, tuproqning unumdorligi ortadi, buning oqibatida ekinning 
hosili ham yuqori bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha biotexnologiya – inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan 
modda va birikmalarni tirik hujayralar va organizmlar hamda ularni metobolitlari 
yordamida, katta xajmda tayyorlash degan ma’noga to‘g‘ri keladi. Darxaqiqat 
biotexnologik jarayonlardan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari va 
to‘qimalari, hujayra organellalari, ularni o‘rab turgan membranalardan sof holatda 
oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar, 
gormonlar va boshqa organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish (sintez 
qilishda), tabiiy qazilmalardan sof holda metall ajratish, oqova suvlarni 19 tozalash 
va qishloq xo‘jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlash kabi sohalarda keng 
foydalaniladi. Fan sifatida o‘tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan 
biotexnologiyaning tarixiga chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar yordamida 
“bijg‘itish”, “achitish” jarayonlari insoniyat tomonidan qadimdan keng ishlatilib 
kelinayotganligining guvohi bo‘lamiz. Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish 
tarixi ko‘p ma’noda XXasrning ikkinchi yarmi bilan bog‘liq.
O‘tgan asrning 40-yillarida mikroorganizmlardan penitsillin olish 
texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojida ijobiy burilish yasadi. Penitsillin ishlab 
chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi va muvaffaqiyat bilan ishlatilishida keyingi avlod 
antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va 
qo‘llash usullari ustida ishlarni tashkil qilish zarurligini oldindan belgilab quyiladi. 
Bugungi kunda yuzdan ortiq antibiotiklar ishlab-chiqarish texnologiyalari hayotga 
tadbiq qilingan. Antibiotiklar ishlab-chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, 
fermentlar, gormonlar va boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash 
texnologiyalari ham yaratila boshlandi. Bugungi kunda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi 
uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar (ayniqsa organizmda sintez bo‘lmaydigan 
aminokislotalar), fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish 
texnologiyalari yo‘lga qo‘yilgan. 
Mikroorganizmlar yordamida sut-kislotali, spirtli bijg‘ish jarayonlari Bijg‘ish 
xodisasi juda qadimdan ma’lum bo‘lgan, lekin uning umumiy mexanizmini fransuz 
olimi Lui Paster ishlab chiqqan. 1861 yilda L.Paster glyukozadan etil spirti va 
karbonat angidrid xosil bo‘lishini kuzatgan. Bu jarayon fermentatsiya deb atalib, 
tirik organizmlarning kislorodsiz muhitda glyukozadan ozuqa va energiya olish 
qobiliyatini ifodasi degan ta’rifi, fan tarixida buyuk ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Keyinchalik bu jarayonni amalga oshiradigan fermentlarni o‘rganishga muvaffaq 
bo‘lindi. 1897 yili Byuxner hujayrasiz achitqi shirasini (zimazani), A.N.Lebedov esa 
achitqi zamburug‘laridan shirani ajratib olishga erishdilar. Shunday qilib, bijg‘ish 
anaerob sharoitda sodir bo‘ladigan oksidlanish qaytarilish jarayonida organik 
moddalarning parchalanishi bo‘lib, buning natijasida organizm o‘zi uchun zarur 


bo‘lgan energiyani oladi. Spirtli bijg‘ish Bijg‘ish jarayoni har xil taksonomik 
guruhlarga mansub bo‘lgan mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladi.
Biotexnologiyaning asosiy vazifalaridan biri, tirik mikroorganizmlarga xos 
bo‘lgan ochiq yoki yopiq tizimdagi biotexnologik jarayonlardan sanoat sharoitida 
foydalanishdan iboratdir.
Spirtli bijg‘ish, u yoki bu mahsulotni qayta ishlashni natijasida spirtga 
aylanadigan biotexnologik jarayondir. Bijg‘ish, hujayrada sodir bo‘ladigan modda 
almashinuvini energetikasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 1861 yilda L.Paster spirtli 
bijg‘ishni achitqi zamburug‘larining faoliyati bilan bog‘liqligini o‘rgangandan 
keyin bu jarayon biologik jarayon sifatida qaraladigan bo‘ldi. 
Byuxner va Xan tomonidan spirtli bijg‘ish jarayonini o‘rganilishi bijg‘ish 
jarayonining tabiati haqida zamonaviy tasavvurni paydo bo‘lishiga olib keldi.
Spirtli bijg‘ish biokimyoviy reaksiyalarning birin-ketin keladigan jarayoni 
bo‘lib, bunda achitqi zamburug‘i hujayralari organik birikmalarning energiyasini 
to‘liq ishlata olmaydi. Har bir achitqi zamburug‘ining hujayrasi o‘zini og‘irligidan 
30 va undan ko‘proq marotaba miqdordagi shakarni parchalay olishi hisoblab 
chiqilgan. Natijada, hujayraning energetik potensiali oshadi va bu ATF ning ajralib 
chiqishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu energiyani hujayraning zahira moddalari 
– glikogen, karbon suvlar (tregalozalar), yog‘lar va boshqa birikmalar sintezi uchun 
ishlatiladi. 
Shuning uchun ham spirtli bijg‘ishni, shakarni - to‘liq bo‘lmagan, ammo ko‘p 
bosqichli anaerob, fermentativ parchalanishi deb qaralmog‘i lozim. Bu jarayon 
oqibatida bijg‘ishni asosiy mahsulotlari - etanol va karbonat angidrid gazi hosil 
bo‘ladi.
Spirtli bijg‘ish jarayonini amalga oshirish uchun ko‘proq Saccharomyces 
avlodiga mansub achitqi zamburug‘lari (S. cerevisiae, S.elipsoideus, S.vini va h.k.) 
ishlatiladi.
Achitqi zamburug‘laridagi spirtli bijg‘ish jarayoni yuksak organizmlardagi 
glikoliz jarayonidan faqatgina oxirgi bosqichi bilan farq qiladi. Bunga asosiy sabab, 
achitqi zamburug‘laridagi piruvatdekarboksilaza fermenti hisoblanadi. Bu ferment 
piruvatni asetaldegidga aylantirib beradi, hosil bo‘lgan asetaldegid esa etanolgacha 
qaytariladi. 
Cpirtli bijg‘ish ikki bosqichda amalga oshadi.
Birinchi bosqichda - glyukozadan fruktoza -1,6-difosfat hosil bo‘ladi. Keyin 
u 2 molekula triozani hosil qiladi.
Ikkinchi bosqichda - 2 molekula triozadan 2 molekula piruvat hosil bo‘ladi. 
Oltita uglerod molekulasiga ega bo‘lgan glyukozaning ikkita uch uglerodli piruvatga 
parchalanishi birin-ketin amalga oshuvchi 10 ta fermentativ reaksiyalar yordamida 
amalga oshadi. 
Dastlabki, besh reaksiya glyukozani parchalash uchun tayyorgarlik bosqichi 
hisoblanadi. Bu reaksiyalarda glyukoza S6 holatida ATF hisobidan fosforillanadi, 
keyin izomerlanish oqibatida fruktoza-6-fosfatga aylanadi, u esa S1 holatida 
fosforillanadi va fruktoza-1,6-bifosfat hosil bo‘ladi. Bu molekulaning parchalanishi 
oqibatida ikki molekula glitseroaldegid-3-fosfat hosil bo‘ladi.


Ikkinchi bosqich ham birin-ketin keladigan 5 ta fermentativ reaksiyadan 
iborat bo‘lib, piruvat hosil bo‘lishi bilan tugallanadi.
1-reaksiya. Glyukozaning 1-reaksiyasida D-glyukozani ATF energiyasi 
hisobidan fosforillanishi sodir bo‘ladi. Bu reaksiya qaytmas bo‘lib, geksokinaza 
fermenti yordamida amalga oshadi. Geksozalar faolligini namoyon qilishlari uchun 
Mg+2 ioni zarur, chunki bu fermentning haqiqiy substrati bo‘lib, ATF emas, balki 
ATF va magniy kompleksi xisoblanadi. 
2-reaksiya. Glyukozofosfatizomeraza fermenti ta’sirida glyukoza-6- fosfat, 
fruktoza-6-fosfatga izomerlanadi. Bijg‘ish jarayonida fruktoza-6- fosfat hosil bo‘lsa 
ham, bu reaksiya qaytmas hisoblanadi. 
3-reaksiya. ATF hisobidan D-fruktoza-6-fosfat S1 holatida fosforillanadi. Bu 
reaksiya fosfofruktokinaza fermenti - tomonidan katalizlanadi. Fosfofruktokinaza 
allosterik ferment hisoblanadi va shu tipga kiruvchi boshqa fermentlar singari uning 
molekular massasi katta (300 kDa) hisoblanadi. 
4-reaksiya. Bu reaksiya davomida fruktoza-1,6-bifsfatning molekulasi ikkita 
trioza molekulasiga: glitseral’degid-3-fosfat (aldozalar) va digiroaseton-3-fosfat 
(ketozalar) gacha parchalanadi. 
5-reaksiya. Hosil bo‘lgan ikki triozofosfatlardan bittasi - glitseral’degid-3-
fosfat, 
keyinroq 
o‘zgarishga uchraydi. Ammo, gidrooksiaseton-3-fosfat 
triazofosfatizomeraza fermenti ta’sirida izomerlanib, glitseraldegid-3-fosfatga 
aylanadi. Bu bosqichda glyukoza fosforillanadi, keyin ikkiga bo‘linib, ikki molekula 
triozani xosil qiladi va oxirida ikki molekula glitseraldegid-3-fosfat hosil bo‘ladi. 
Shunday 
qilib, 
glikoliz 
ko‘p 
bosqichli 
murakkab, 
fermentativ, 
oksidlanishqaytarilish jarayonidir. Bunday fikrni glyukozadagi hamda oxirgi 
mahsulot bo‘lgan piruvatdagi uglerod atomlarining joylashishi ham ko‘rsatib 
turibdi. Glyukozaning birinchi va oltinchi uglerod atomlari ikki molekula piruvatda 
-SN3 ko‘rinishida, ya’ni glyukozaga nisbatan qaytarilgan holatdadir. 
Glyukozaning biologik nazorati, hamda yuqorida ko‘rsatilgan reaksiyalarni 
birin-ketinligini boshqarish va piruvatni glyukoza-6-fosfatdan hosil bo‘lish tezligi 
asosan fermentlar tomonidan: fosfofruktokinazalar va piruvatkinazalar darajasida 
amalga oshiriladi. 
Spirtli bijg‘ish jarayonida piruvatdan etil spirti hosil bo‘ladi. Dastlab, 
piruvatkarboksilaza fermenti ta’sirida piruvatni dekarboksillanishi, natijada esa 
asetaldegid hosil bo‘ladi. Bu reaksiyani tezligi ham Mg+2 ioniga bog‘liq. 
Spirtli bijg‘ishning eng muhim reaksiyasi asetaldegidning spirtga 
aylanishidir. Bu jarayon glitseraldegidfosfat degidrogenaza reaksiyasida sarf 
qilingan NAD ni regeneratsiyasi bilan birga amalga oshadi.
Spirtli bijg‘ishning bu klassik yo‘li achitqi zamburug‘lari uchun xarakterlidir. 
D-glyukozadan ikki molekula etanol va karbonat angidridi hosil bo‘ladigan 
jarayonda uglerod va vodorod atomlarini yig‘ma nisbati o‘zgarmaydi.
Spirtli bijg‘ish jarayonini achitqi zamburug‘lari vujudga keltiradi. Bunda 
shakarlar anaerob sharoitda etil spirt va karbonat angidridga aylanadi hamda 
energiya ajraladi.
C
6
H
12
O

→ 2C
2
H
5
OH + 2CO

+ 235∙10
4




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling