Omuxta yemlar, ularning turlari va tayyorlash texnologiyasi


Mikroorganizmlarda aminokislotalar, oqsillar, vitaminlar va boshqa


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/26
Sana17.10.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1706520
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Chorvachilikda ozuqa bazasi 88480

Mikroorganizmlarda aminokislotalar, oqsillar, vitaminlar va boshqa 
birikmalarning sintezlanishi 
Hozirgi vaqtda har xil birikmalar olish uchun sanoatning turli sohalarida 
mikroorganizmlardan keng foydalaniladi. Insoniyat juda qadim zamonlardan beri 
o‘zining kundalik hayotida mikroorganizmlardan foydalanib kelgan (masalan, qatiq 
ivitish, qimiz, pishloq tayyorlash, novvoychilik, sirka va vino olish ishlarida). 
Keyingi yillarda mikroorganizmlarning rivojlanish qonuniyatlari yaxshi o‘rganilgan 
sari, 
ular 
turli 
moddalarni 
sintezlay 
olishi 
ma’lum 
bo‘ldi. 
Chunki 
mikroorganizmlarning bioximiyaviy xususiyatlari nihoyatda ko‘p va ulardan keng 
miqyosda foydalanish mumkin. Masalan, mikroorganizmlardan olingan oqsil
chorvachilik va parrandachilikda bemalol o‘simlik oqsili o‘rnini bosa oladi.
Oziq-ovqat sanoatida, don tarkibidagi amilaza fermenti o‘rnini mog‘or 
zamburug‘lari va bakteriyalarning amilolitik fermentlari bosadi degan fikrlar bor. 
Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar oqsilidan oziq-ovqat sanoatida va texnik 
maqsadlar uchun foydalanish masalasi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalardan 
biridir. Yaqin orada mikroorganizmlardan olinadigan moylar o‘simlik moylari 
o‘rnini bosadigan bo‘ladi yoki mikroorganizmlar hujayrasida uchraydigan 
sellyulaza fermentidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida yoki proteaza 
fermentlaridan oziq-ovqat, gidroliz mikrobiologiya sanoatlarida va tibbiyot 
amaliyotida keng miqyosda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Novvoychilikda amilolitik fermentlardan keng foydalaniladi. Amilaza fermenti 
nonning sifatli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega, chunki un tarkibida ko‘p 
miqdorda -amilaza bor, lekin, a-amilazaning miqdori kamroq. -amilaza kraxmalni 
parchalab, ko‘proq maltoza (monosaxaridlar)
hosil qiladi, -amilaza esa, shakarlar hosil qiladi. Shuning uchun bir tonna unga 
0,002% amilaza ko‘shilsa, non nihoyatda sifatli bo‘ladi. Mog‘or zamburug‘laridan 
olinadigan amilaza shunday xususiyatga ega, shuning uchun undan keng miqyosda 
foydalanib kelinmoqda.
Achitqi zamburug‘larini ko‘paytirish uchun oziq muhitiga 8-10 soat 
mobaynida havo yuboriladi, keyin hosil bo‘lgan biomassa sentriofugalab, yuviladi 
va quritiladi, so‘ngra qadoqlanadi. Qand zavodlarida shakar olinganidan keyin 
qolgan mahsulot - melassa achitqi zamburug‘larini ko‘paytirish uchun asosiy oziqa 
muhiti hisoblanadi. Buning uchun melassa suyultiriladi va azotli, fosforli mineral 
tuzlar bilan boyitiladi. 
Chorvachilikda oziqa sifatida ishlatiladigan Torula utilis zamburug‘i qog‘oz 
sanoati chiqindilarida ko‘paytiriladi. Bu qoldiqlar kalsiy bisulfit eritmasida 6-18 soat 
davomida qaynatiladi va keyin sovutilib, eritmaning rN ko‘rsatgichini 5 ga 
yetkaziladi va (NH4)2HPO4 hamda NH4OH tuzlari bilan boyitiladi. Jarayon 
anaerob sharoitda olib boriladi. So‘ngra, xosil bo‘lgan biomassa quritiladi va 
presslanadi. Ulardan ko‘p miqdorda oziq olinadi, tarkibida oqsillar, yog‘lar va 
vitaminlar bo‘ladi.
Kuritilgan achitqi zamburug‘ining tarkibi (%):
Oqsil moddalari 47,28
Glikogen 8,07
Yog‘lar 7,05


Kul 13,87
Hujayra po‘sti va suv 8,86.
Achitqi zamburug‘idan novvoychilikda, spirt va vino ishlab chiqarish sanoatida 
keng foydalaniladi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling