Omuxta yemlar, ularning turlari va tayyorlash texnologiyasi
Chorvachilikda suv o‘tlaridan foydalanish
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Chorvachilikda ozuqa bazasi 88480
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Cyanophyta)
Chorvachilikda suv o‘tlaridan foydalanish
SUVO‘TLAR (Algae) — tuban o‘simliklar dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda o‘sadi. Suvo‘tlar bir hujayrali mikroskopik kattalikda koloniya bo‘lib yashaydigan, ko‘p hujayrali va uz. 60 m gacha bo‘lgan turlarni o‘z ichiga oladi. Ayrim turlarida to‘qimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan, o‘tkazuvchi to‘qimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Ko‘kyashil va proxlorofit Suvo‘tlar — prokariotlar ; ularni, odatda, mustaqil guruh sifatida sianobakteriyalarga, evglenasimon Suvo‘tlarni ko‘pincha bir hujayrali hayvonlarga (xivchini bo‘lishi, ayrim turlarining golozoy oziqlanishi tufayli) kiritiladi. Eukariot S hujayrasi xloroplastlari (xromatoforlari)da pirenoid, harakatchan Suvo‘tlarda xivchin, ba’zan ko‘zcha, qisqaruvchi vakuola bo‘ladi. Ko‘pchiligi avtotrof, bir qancha turlari geterotrof va golozoy oziklanadi. Suvo‘tlarning bir qismi geterotrof, jumladan, parazit oziqlanishga o‘tgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy (gologamiya, izogamiya, anizogamiya, oogamiya) ko‘payadi. Suvo‘tlar zoosporalar hosil qilib ko‘payishi bilan yuksak o‘simliklardan farq qiladi. Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobig‘i tarkibi, zaxira oziq moddalar xili)ga va hujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, Suvo‘tlar 10 bo‘lim ; ko‘kyashil, qizil, tillarang, diatom, dinofit, qo‘ng‘ir, sariqyashil, evglenasimon, yashil, xarasimonlarga ajratiladi. 41000 dan ortiq turi ma’lum. Dengizlarda qirg‘oqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va o‘ta sho‘rlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, tog‘ va dashtlarda uchraydi. Xivchinli davrga ega bo‘lgan Suvo‘tlar 2 guruhga bo‘linadi: a va v xlorofillga ega bo‘lgan yashil Suvo‘tlar (evglenasimonlar, yashil S, xarasimonlar) hamda v xlorofillsiz, lekin ko‘pincha s xlorofillga ega bo‘lgan sariqqo‘ng‘ir Suvo‘tlar (tillarang, diatom, sariqyashil S). S. ning har xil bo‘limlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Suvo‘tlar biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar sifatida juda katta ahamiyatga ega; okeanlarda Si biomassasi 1,7 mlrd. t ga yaqin (1 yilda 550,2 mlrd. t). Suvo‘tlar 1 ga suv yuzasiga nisbatan 1,3—2,0 t quruq biomassa hosil qiladi. Yer atmosferasida erkin kislorodning paydo bo‘lishi ham Suvo‘tlar bilan bog‘liq. Suvo‘tlar eng qad. organizmlar bo‘lib, ulardan boshqa o‘simliklar kelib chiqqan. Ko‘pchilik bir xujayrali Suvo‘tlar zamburug‘lar bilan simbioz yashashi tufayli lishayniklar xrsil bo‘lgan (q. Lishayniklar). Tuban o‘simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo‘tlar deyiladi. Suvo‘tlar xujayrasida xlorofil bo‘lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo‘ng‘ir qizil va ko‘k- yashil bo‘ladi. Xlorofill borligi uchun suvo‘tlar avtotrof o‘simliklar hisoblanadi. Suvo‘tlar tashqi ko‘rinishidan juda xilma- xil bo‘ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir xujayralilar bilan bir qatorda bir necha o‘n metrga yetadigan juda yirik vakillari ham bor. Koloniya bo‘lib yashaydigan suvo‘tlar bir xujayralilar orasidagi zvenodir. Ularning tanasi o‘zaro bo‘sh birikkan xujayralar to‘dasidan iborat. Suvo‘tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo‘linmagan tallomdir. Biroq ba’zi vakillarning tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo‘lib, funksyasiga muvofik ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo‘ladi. Suvo‘tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro‘y beradi. Suvo‘tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m chuqurlikda) yashaydi. Ularning ba’zilari , asosan, mikroskopik shakillarining juda ko‘p to‘dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qiladi. Boshqalari esa suv xavzalari ostiga yopishib yashab, bentos (suv xavzasi ostidagi o‘simlik va hayvon organizmlar to‘dasi) tarkibiga kiradi. Tuproq suvo‘tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko‘pi tuproqda organik moddalarni to‘planishiga yordam beradi va unimdorlikning muhim omili hisoblanadi. Suvo‘tlarining juda ko‘p, 20 minga yaqin turi bo‘lib, ular 5 ta sinfga bo‘linadi, ko‘k- yashil suvo‘tlar (Cyanophyta), yashil suvo‘tlar (Chlorophyta), diatom suvo‘tlar (Diatomeae), qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta) va qizil suvo‘tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz. Rossiyaning Kamchatka davlat texnika universiteti mutaxassislari dengiz suvo‘tlaridan tayyorlangan 30 dan ko‘proq turdagi mahsulotni taqdim qilishdi. “Bu mahsulotlar suvo‘tlarning birlamchi qayta ishlanishi hosilalari (quruq laminariya, un, mikronlashtirilgan kukun, gel), oziq-ovqat mahsulotlari (non-bulka, makaron va qandolat mahsulotlari, chipslar, sublimlashtirilgan sho‘rvalar, rollar, sharbatlar va kokteyllar), farmasevtik vositalar va kosmetika tovarlari”, deb aytilgan xabarda. Kamchatka rahbariyati yarimorol sohillari yaqinida deyarli qayta ishlanmaydigan suvo‘tlarning katta zaxiralari mavjudligini hisobga olib, universitet vakillarining ushbu innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashgan. “Borgan sari ko‘proq odamlar to‘g‘ri ovqatlanish haqida qayg‘urayotganlarini hisobga olib aytishim mumkinki, ushbu loyihaning kelajagi bor. Boz ustiga ishlab chiqarish uchun asosni Kamchatka tabiati bermoqda”, deb aytgan Kamchatka gubernatorining birinchi o‘rinbosari Irina Untilova. Untilova olimlarni Kamchatka tadbirkorlari uchun o‘z mahsulotlarining kengaytirilgan taqdimotini tashkillashtirishga chorlagan va ko‘plab tadbirkorlar ushbu ishlab chiqarishga qiziqish bildirishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling