Sho‘balar xususida. - O‘rta asrlarda yozilgan risolalarda O‘n ikki maqom tizimidan o‘rin olgan sho‘balarning muqimlashgan umumiy soni 24 ta ko‘rsatilib, ular quyidagi xususiy nomlar bilan ataladi:
- 1. «Dugoh». 2. «Segoh». 3. «Chorgoh».
- 4. «Panjgoh». 5. «Muxayyar». 6. «Hisor».
- 7. «Mubarqa’». 8. «Nayrez». 9. «Nishoburak».
- 10. «Ro‘yi Iroq». 11. «Mag‘lub». 12. «Rakab».
- 13. «Navro‘zi Bayotiy». 14. «Zobul». 15. «Avj».
- 16. «Navro‘zi Xoro». 17. «Mohur». 18. «Ashiran». 19. «Navro‘zi Sabo». 20. «Humoyun».
- 21. «Nuhuft». 22. «Uzzol». 23. «Navro‘zi Arab».
- 24. «Ajam» («Navro‘zi Ajam»)
- Maqomot tizimi – bu maqomchilik mumtoz an’analarini milliy (mahalliy) musiqiy asosda rivojlantirilishi natijasida yuzaga kelgan Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari va Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llarining majmuasidir. Bunda Buxoro va Xorazm maqomlari Shashmaqom tizimi tarzida, ulardan farqli o‘laroq Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llari esa, «tarqoq» tizim shaklida namoyon bo‘ladi.
- O‘zbek-tojik xalqlari mumtoz musiqasi – Shashmaqom XVIII asr o‘rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlari tomonidan olti maqomdan iborat mahobatli turkum tarzida ifoda etilgan.
Maqomlar quyidagicha nomlanadi: 1. «Buzruk» – katta, ulug‘, buyuk. 2. «Rost» – to‘g‘ri, chin, haqiqiy. 3. «Navo» – kuy, mungli kuy, ishq kuyi. 4. «Dugoh» – ikki o‘rin, ikki joy, ikki parda. 5. «Segoh» – uch o‘rin, uch joy, uch parda. 6. «Iroq» – ma’lum arab mamlakatining nomiga nisbat berilgan. SHASHMAQOM CHOLG‘U (MUSHKILOT) BO‘LIMI - Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo‘lim – cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llaridan tarkib topishi aytilgan edi. Maqomlarning cholg‘u kuylar bo‘limi Buxoro an’anasiga ko‘ra «Mushkilot» deb yuritiladi. Mazkur atama «qiyinchiliklar» ma’nosida kelib, jumladan, maqomlarda gi bosh kuy-mavzuyini murakkabligi turlicha bo‘lgan doira usullari sinovidan o‘tishini va shu asnoda alohida qism va turkum miqyosida rivoj topishini ham anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |