Qo’qon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti Informatika kafedrasi 70110602 Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi 2-kurs talabalarining № 3-tаlаbаlаr uyidа kompyuter savodxonligi mаvzusidа o’tkаzilgаn dаvrа suhbаti
BAYONNOMASI
14.11.2022 й. Qo’qon sh.
.Qatnashdilar: 2-kurs TAT mutaxassisligi magistrantlari va 3-talabalar uyining talabalari.
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) dasturida keltirilgan bir qator vazifalardan biri fakultet, magistratura bo’limi va talabalar turar-joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish hisoblanadi. Shu boisdan, 2-kurs TAT mutaxassisligi magistrantlari 3-talabalar uyida talabalar bilan davra suhbati olib bordi. Suhbat davomida kompyuter savodxonligi bo’yicha talabalarni bilimini yanada oshirish maqsadida AKT larning jamiyatimizda o’rni qanchalik darajada ekanligi va hozirgi kunda axborot hujumlaridan qanday himoyalanish yo’llari haqida o’z bilimlari bilan o’rtoqlashdi va kerakli tavsiyalarini berishdi.
Shundan so’ng tinglangan ma’ruza yuzasidan bir qator savollar tinglovchilar tomonidan berildi va yetarli ilmiy asoslangan javoblar olindi. Shu bilan birga talabalar ham tinglangan ma’ruza yuzasidan o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar va qiziqarli suhbat uchun tashrif buyurgan magistrantlarga minnatdorchilik bildirdilar.
Tadbir tashkilotchisi 2-kurs TAT yo’nalishi magistrantlari
Guruh sardori: G.Ziyaviddinova
Do'stlaringiz bilan baham: |