On test kat at-3-4


Axborot texnologiyalari (AT)


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana08.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1758364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KAT

Axborot texnologiyalari (AT) deganda obyekt, jarayon yoki xodisaning holati haqida yangi sifat 
axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish kabilarning vosita va 
uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.
14. Quyidagilardan axborot texnologiyalarining tashkil etuvchilarini belgilang!
Axborot texnologiyalari quyidagi uch asosiy tashkil etuvchilardan iborat:
 
Texnologiya obyekti – bu har xil kо‘rinishdagi (matnl, grafik va hakozo) axborotlar;
 
Texnologiya maqsadi – bu ma’lumotlarni qayta ishlash orqali hosil qilinadigan natijaviy 
axborot;
 
Texnologiya vositalari va ularning qо‘llanish usullari – bu maqsadga erishish yо‘lida 
texnologiya obyekti ustida bajariladigan usullar va vositalar.
15. Berilganlarni qayta ishlashning vosita va usullarining amaliy qо‘llanishi har xil bо‘lganligi 
sababli axborot texnologiyalar quyidagilarga bo‘linadi.
Berilganlarni qayta ishlashning vosita va usullarining amaliy qо‘llanishi har xil bо‘lganligi 
sababli axborot texnologiyalarini global, bazaviy va aniq axborot texnologiyalariga ajratish maqsadga 
muvofiqdir.
 
Global axborot texnologiya – bu jamiyat axborot resurslarini formallashtirish va undan 
foydalanish imkonini yaratuvchi vosita va uslublar modellarini о‘z ichiga oluvchi texnologiyadir.
 
Bazaviy axborot texnologiya – bu ma’lum bir sohaga tegishli (masalan, ishlab chiqarish, ilmiy 
izlanish, о‘quv ishlari kabi sohalarga) axborotlarni qayta ishlashga qaratilgan texnologiyadir.
 
Aniq axborot texnologiya – bu foydalanuvchilarning funksional masalarini (masalan buxgalteriya 
hisobi, rejalashtirish masalalari) yechishda ma’lumotlarni qayta ishlashni yо‘lga qо‘yadigan 
texnologiya hisoblanadi.
16. Axborot texnologiyalarining vosita va usullari о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Axborot texnologiyalarining vosita va usullari о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
texnik vositalar kompleksi – hisoblash texnikalari, telekommunikatsiya vositalari va tashkiliy 
texnik qurilmalar;
texnik vositalar kompleksini boshqaruvchi dasturiy ta’minot. Ular tizimli va amaliy 
dasturiy ta’minotlarga bо‘linadi;


Tashkiliy-uslubiy ta’minot tizimi. Bu tizim о‘z ichiga texnologik jarayondagi barcha mavjud
qoida va normativlarini olish bilan birga, texnologik jaroyonda ishtirok etadigan vosita va 
shaxslarni birlashtiradi. 
17. … – bu korxonaning ma’lum bir aniqlik bilan murakkab tizim sifatida tavsiflanishidir.
Biznes model – bu korxonaning ma’lum bir aniqlik bilan murakkab tizim sifatida tavsiflanishidir. 
18. … – bu biznes modelining tо‘plam ostkisi bо‘lib, korporatsiyaning barcha mavjud axborot 
oqimlari va ularga ishlov berish qoidalarini hamda axborot maydonining barcha elementlarini 
marshrutlashtirish algoritmlarini tavsiflaydi.
Axborot modeli – bu biznes modelining tо‘plam ostkisi bо‘lib, korporatsiyaning barcha mavjud 
(shu jumladan, hujjatli kо‘rinishda hujjatlashtirilmagan) axborot oqimlari va ularga ishlov berish 
qoidalarini hamda axborot maydonining barcha elementlarini marshrutlashtirish algoritmlarini 
tavsiflaydi.
19. … – bu korxonaning axborot-hujjatli oqimlarini boshqarish jarayoniga jalb qilingan barcha 
infrastrukturasidir.  

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling