On variant 10 Maxsudov Temur 811-19 guruh Savollar


Download 15.97 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi15.97 Kb.
#154673
Bog'liq
MB oraliq


Malumotlar Bazasi fanidan ON

Variant 10

Maxsudov Temur



811-19 guruh

Savollar:

  1. Malumotlar bazasida boshqarish tizimi deganda nimani tushunasiz?

  2. Interaktiv va qurilgan SQL bu?

  3. Agregat funksiyalar MAXga misollar yozing.

Javoblar:

1. M a ‘ l u m o t l a r   b a z a s i n i   b o sh q a r i sh  t i z i m i – bu ma’lumotlar bazasini yaratish,  ularni  dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.

Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq .
Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.

Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. YOzuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. YOzuv ob’ektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi.

Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega.
Misol . STUDENT faylidagi (jadvalidagi) yozuvlarning mantiqiy strukturasini tavsiflashga doir misolda ko‘rsatilgan. STUDENT faylidagi yozuvning tuzilishi chiziqli bo‘lib, u o‘zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning nomeri bo‘yicha amalga oshiriladi.

2. SQL tilini ikkita shaklida mavjud va ishlatiladi:

-interaktiv SQL

- qurilgan (kiritilgan) SQL
Interaktiv SQLda foydalanuvchi SQL- so‘rovlar va natija interaktiv rejimda olinadi.

Qurilgan SQL, SQLkomandalaridan tashkil topib, u boshqa birorta tilga (S++S, Delphi) yozilgan dastur ichiga joylashtiriladi. Bu shunday tillarni ishlatadigan dasturlarni samarador, quvvatli qiladi. Ularga relyasion ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkonini beradi.

SQL ma’lumot toifalari. Simvollar satr ma’lumot toifasi SQL standartida matnlarni faqat bitta tavsifi keltiriladi. Uning sintaksisi

CHARACTER[(UZUNLIGI)] YOKI

CHAR[(UZUNLIGI)]

Jadvalni matnli qiymatli CHAR toifasidagi fikrlangshan uzunlikda bo‘lishi mumkin. Bu parametr qiymati 1 - 255 bo‘lishi mumkin, ya’ni u 255 simvolgacha bo‘lishi mumkin. SQL tilini ba’zi birlardagina o‘zgaruvchan uzunlikdagi satr toifalari bor. Bu toifalar quyidagicha tavsiflanadi:

VARCHAR(),CHARVARYING YOKI CHARVARYING()

Ixtiyoriy uzunlikdagi matnli tasvirni tasvirlaydi.

CHARACTER va VARCHAR toifasidagi konstantalar apostrof ichiga yoziladi.

Quyidagiyozuvlarni barchasi ekvivalent

VARCHAR [(UZUNLIGI)],

CHARVARYING [(UZUNLIGI)]

CHARACTER VARYING[(UZUNLIGI)]

Agar uzunlik oshkor ko‘rsatilmasa, u birga teng deb qabul qilinadi, ya’ni barcha xollarda bita simvoldan iborat bo‘ladi.

Sonli ma’lumot toifalari SQL standartida quyidagi son toifasida ishlatiladi.

INTEGER-butun sonlar uchun -2-31….231

SMOLLINT-butun sonlar 2-15…215

DECIMAL (aniqlik[masshtab]) -Fiksirlangan nuqtali unli son aniqlik sondagi qiymatli raqamlar masshtab unli nuqtadan undagi raqamlarning maksimal soni kursatadi.

3. Agregat funksiyalar qo‘llanishi.
Agregat (yoki STATIK) funksiyalar, sonli yoki xisoblanuvchi ustunlar Bilan ishlaydi. Agregat funksiya argumenti butun ustun bo‘lib, bita qiymat qaytaradi.
Bu funksiyalarni ko‘rib chiqamiz:

SUM() – Ustundagi xamma qiymatlar summasini xisoblaydi.

AVG() – Ustundagi xamma qiymatlar o‘rtasi qiymatini xisoblaydi.

MIN() – Ustundagi xamma qiymatlar eng kichigini aniqlaydi.

MAX() – Ustundagi xamma qiymatlar eng kattasini aniqlaydi.

COUNT() – Ustundagi qiymatlar sonini xisoblaydi.

COUNT(*) – So‘rov natijalari jadvalidagi satrlar sonini xisoblaydi.
Download 15.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling