Ona-tili 15. 21-guruh
Download 28.26 Kb.
|
10-sinf ona tili test 1-V
ONA-TILI 15.21-GURUH 1. Nutq sofligini buzuvchi birliklar qaysilar? A) sheva so‘zlari, jargon so‘zlari B) varvarizm, vulgarizm C) nutq uslublari, tarixiy so‘zlar D) A va B 2. Tilimizga chet tillaridan kirib kelgan soʻzlar: karoche, madam, shef, bratan, zemlyak, paxan - bular... A) jargon so‘zlari B) sheva so‘zlari C) varvarizm D) vulgarizm 3. Vulgarizmlar ishtirok etgan qatorni toping. A)Uxlatmoq-aldamoq,qistir-qistir-pul, g‘isht-xunuk, surmoq-ketmoq, soqqa-pul, ko‘ki-dollor... B) Do‘ppi, kallapo‘sh, qalpoq, takya; o‘rik, zardoli, sigir, inak; o‘rgimchak, tortanak C) Kanizak, xon, jallod, yasovul, mirzaboshi, omoch, dubulgʻa, amin, mingboshi D) Megajin, xaromi, ko‘zing chiqsin, yer yutkur, oqpadar... 4.Arxaik so‘zlarni toping. A) Mirshab, qozi, sohibqiron, mirzaboshi, qul, kanizak B) Chelak, paqir, satil; chumoli, mo‘rcha, qarindja; buvi, bibi, moma C)Handasa-geometriya, riyoziyot- matematika, zij- taqvim,ochun-dunyo D) Yosh-qari, kecha-kunduz, oy-quyosh, yer-osmon 5. Albatta, shubhasiz, menimcha, avvalo, umuman, demak, tabiiyki, birinchidan- so‘zlari kiritma hisoblanadi, javob to‘g‘rimi? A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 6. Kiritma ishtirok etgan gapni aniqlang. A) 1992-yilning 30 oktyabrda (oyim o‘sha payt meni shifoxonada olib yotgan edilar) dadamning ishlari boshqa viloyatga ko‘chdi. B) Xullas, bizga yana ikki qop un kerak ekan. C) O‘g‘lim, kelib holimdan xabar olsang-chi. D) Menimcha, bu qilgan ishlaring adolatdan emas. 7. Ko‘plik qoʻshimchasi hurmat maʼnosida kelgan gapni toping A) Odamlar nima deydi. Kitoblar oʻquvchilarga tarqatildi. B) Bolangiz Jamshidlarnikida ekan. Bugun laylolarnikida to‘planamiz. C) Boshlarim og‘rib ketdi. Senga qarab yuraklarim ezildi. D) Dadamlar ishdan kech keldilar. Bobomlar bizga ko‘p nasihat qiladilar. 8. Ergash gapli qoʻshma gap berilgan qatorni aniqlang. A) Zamon bilan hamnafas bo‘lganlar boshqalardan bir qadam oldinda yurishadi. B) Zamon bilan hamnafas bo‘ling, shunda boshqalardan bir qadam oldinda yurasiz C) Kimki zamon bilan hamnafas bo‘lsa, u boshqalardan bir qadam oldinda yuradi D) Zamon bilan hamnafas boling va boshqalardan bir qadam oldinda yuring. 9. Bog‘langan qoʻshma gapni aniqlang. A) Xizmatchilardan liftni ishlatib berishni iltimos qilishdi, lekin foydasi bo‘lmadi. B) Ular daryo boʻyidagi sakson qavatli mehmonxonaning yetmish beshinchi qavatiga joylashishdi, chunki bundan pastda joy yoʻq edi C) Qadam tashlang, yoʻl o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. D) O‘z xatosini tan olish shunday sifatki, nafsda xokisorlik kuchayib, kibr kuchsizlanadi. 10. Gap boʻlaklari tartibi inversiyaga uchragan gap berilgan qatorni toping. A) Bilimli kishi kerak so‘zni so‘zlaydi B) Koʻpkariga kirganning, Halollik erur dardi. C) Tatiydimi sizga shpargalka yordamida osongina olingan "5" baho D) B va C 11. “Yogʻlik osh”, “befarosatsizlik” so‘zlari to‘g‘ri yozilganmi? A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 12. “Xato qilyapsiz” birikmasi mazmuni qaysi qatorda yumshoq ifodalangan? A) Siz kamchilikka yoʻl qoʻyyapsiz. B) Fikringiz mutlaqo noto‘g‘ri. C) Noo‘rin gapirmang. D) Haqiqatdan uzoqlashyapsiz 13.1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping A) parvoyim B) obro‘yim C) avzoyim D) orzuyim 14. "Sheriklik oshni it yemaydi" maqolining ma‘nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) “Inson bolasi bir lagandan koʻpchilik bo‘lib ovqatlanmasligi” haqida B) “Sherik bilan ovqatlanmaslik itlarga xos, odam bolasi taomni oʻzgalar bilan baham koradi” ma‘nosida C)A va B D)To‘g‘ri javob yo‘q 15."Aldanib qolma" matnida aldanib qolgan qahramon kim? A)dehqon B)baqqol C)xaridor D)hech kim aldanmagan 16.Zid ma‘noli(antonim) iboralar keltirilgan qatorni toping A) Ogʻzi qulogʻida- Boshi ko‘kka yetdi B) Qovog‘idan qor yogʻadi- Oyogʻini qoʻliga olmoq C) Kapalagi uchib ketdi- Yog‘ tushsa yalagudek D) Ogʻziga qatiq ivitmoq- quloq miyani yemoq 17.Tasviriy ifodalar to‘g‘ri berilmagan qatorni toping. A)Salomatlik posbonlari - shifokorlar, qanotli do‘stlar-qushlar B)Oq oltin-paxta, mo‘yqalam sohiblari-rassomlar C)Charm qo‘lqop ustasi-bokschilar, oltin boshoq-bug‘doy. D)O‘rmon podshosi - bo‘ri, qanotli do‘stlar- quyonlar 18. Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ajratib ko‘rsatilgan arxaik so‘zning hozirgi kundagi ko‘rinishini toping. A) matematika B) astronomiya C) geometriya D) tabiatshunoslik 19. Qancha yo‘llar bosdim, gohida toldim, Lekin xalq nomiga tushirmadim gard. Ushbu she’riy parchada teng bog‘lovchining qaysi tur(lar)i ishtirok etgan? A) ayiruv B) zidlov C) ayiruv va zidlov D) biriktiruv va zidlov 20. Qaysi javobdagi nom to‘g‘ri yozilgan? A) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni B) “Buyuk Xizmatlari uchun” ordeni C) “Buyuk Xizmatlari Uchun” ordeni D) “Buyuk xizmatlari uchun” Ordeni 21. Quyidagi gaplarning qaysi birida ikki o‘rinda vergul ishlatilmaydi? A) Yurtim dalalaring bebaho tuprog‘ing tabarruk. B) Kamol Kamoljon uxlab qoldingmi? C) Afsuski hayotimizda o‘zgarishlarga to‘g‘anoq bo‘layotgan kimsalar hamon uchramoqda. D) Yaxshi bolam yaxshi! Ko‘pning nazaridan qolma. 22. Yerga urmoq iborasiga zid ma’noli ibora qaysi gapda ishtirok etgan? A) Bu yoqda Jamol Bo‘riboyevday og‘aynilari bo‘lgan, yulduzni benarvon uradigan bunaqa odamlardan hayiqmoq kerak. B) Ammo Egamberdi mashinaning quli. Тez orada uncha-muncha mexanikka ham so‘z bermay qo‘yadi u. C) Тansiq go‘yo bo‘g‘ilganday uh tortdi. Shunday qarindoshlarni ko‘kka ko‘targan dadasidan xafa bo‘ldi u. D) Zokir o‘z bo‘yniga olgan tashvishining naqadar qiyinligini endi sezdi. 23. Qaysi javobdagi gapda ma’nodoshlik so‘z va ibora o‘rtasida yuzaga kelgan? A) Gunafshalar qulog‘imga madhingni So‘zlab-so‘zlab charchadilar, bitmadi… Alamzada bulbul yig‘lab, kechalar Alamingning so‘ngin tamom etmadi. B) Maqtadim, ko‘kka ko‘tardim sizni men, Endi menga sizga yetmaklik qiyin. C) Asror uning qalbida katta dard, alam borligini sezgan edi. D) Barglarda raqs etar shabboda, O‘ynar sabo shaklinda kecha. Tun bulutga ko‘tarib boda, Afsonalar aytar tonggacha. 24. Berilgan gaplarning qaysi birida fe’lning ikki xil zamon shakli qatnashgan? A) U ovutib turgan ukamni qo‘ydi-da, qo‘g‘irchoqlarining oldiga yugurib ketdi. B) “Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz”, - dedi Salomatga qarab. C) O‘zi qator joylashgan, bir-biriga boylangan, bir-birini kuzatar, behisob nur uzatar. D) Sen ko‘rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib boryapti. 25. Kasalxonaga yaqinda tushgan Madrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek derazadan ko‘chaga qarab o‘tirgan edi. Ushbu gapdagi vergullar nima sababdan qo‘yilgan? A) uyushiq bo‘laklar va qo‘shma gap qismlari orasidagi sodda gaplarni ajratish uchun B) ajratilgan bo‘lak va qo‘shma gap qismlari orasida sodda gaplarni ajratish uchun C) uyushiq bo‘lak, ajratilgan bo‘lak va qo‘shma gap qismlari orasidagi sodda gaplarni ajratish uchun D) uyuqshiq va ajratilgan bo‘lak borligi uchun 26. Har ikkala qismida ham yasama so‘z mavjud bo‘lgan bog‘langan qo‘shma gap qaysi javobda berilgan? A) Dunyo ko‘rgan odam bilan hamsuhbat bo‘lsang, bahri diling ochiladi. B) Guli yo‘q bo‘stondan yaproq yaxshi, foydasi yo‘q yo‘ldoshdan tayoq yaxshi. C) Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. D) O‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p o‘ylab, xayolparast bo‘lish zararlidir. 27. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g‘azallar o‘qib, xayollarini yaxshilikka, ezgu ishlarga undardi. Ushbu gapda ishtirok etgan fe’llar haqidagi noto‘g‘ri fikrni belgilang. A) Faqat o‘timli fe’llar ishtirok etgan. B) Vazifasiga ko‘ra fe’lning uch turi mavjud. C) Fe’lning tuzilishiga ko‘ra ikki turi mavjud. D) Fe’llar hol, to‘ldiruvchi va kesim vazifasida kelgan. 28. Qaysi sinonimik qatorda „ortiqcha“ so‘z bor? A. Bemahal, bemavrid, bemalol, bevaqt B. Cho‘loq, oqsoq, lang C. Sarf, chiqim, xarajat, xarj D. Chora, iloj, tadbir, imkon, ep, yo‘l, amal. 29. Qaysi gapda so‘zlar bog‘lanishidagi moslik buzilgan? A. Titroqni bosishga chiranganidan peshanasi va yuzlarida sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi. (X. Do‘stmuhammad) B. Momoqiz o‘rog‘ini yerga qadab, ro‘molini boshiga yelvagay qilib o‘radi. (T. Murod) C. Zarkosani etaklari ancha tekis, yilqilarni yozda boqish uchun juda bop yaylov edi. (M. Safarov) D. U o‘ziga kelganida mashinaning qizil chiroqlari uzoqlashgan, yo‘l chekkasida to‘planib turgan odamlar allaqachon tarqalib ketgandi. (M. Tillayev) 30. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib gapni to‘ldiring. Jigarrang jemper kiyib, kichkina qora sherst ro‘moli… dahani… bog‘lab olgan novcha, qotma bir ayol ostona… kira solib u bilan quchoqlashib ko‘rishdi. (S. Zunnunova). A. -ning, -ni, -dan; B. -ni, -dan, -dan; C. -ni, -ga, -dan; D. -ga, -ni, -dan; Download 28.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling