V.Darsga yakun yasash va baholash.
O‘qituvchi quyidagicha savol-javob uyushtiriladi.
-Kishilik olmoshlarini ayting.
-Qaysi kishilik olmoshlari bitta kishini, qaysilari ko‘p kishini bildiradi?
-Men, biz kishilik olmoshlari qaysi shaxsni bildiradi?
Sen, siz kishilik olmoshlari qaysi shaxsni bildiradi?
U, ular kishilik olmoshlari qaysi shaxsni bildiradi?
O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, bilimlari izohlab baholanadi.
Dars yakunlanadi,xulosa qilinadi.
VI.Uyga vazifa..
347-mashq. Kishilik olmoshlarini qatnashtirib, “Tog‘ga sayohat” mavzusida hikoya yozing.
120-dars.
Darsning mavzusi: Kishilik olmoshining shaxs otlari o‘rnida qo‘llanishi.
(348 349-mashq)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning kishilik olmoshlari haqidagi tushunchani kengaytirish;ularga to‘g‘ri so‘roq berishga o‘rgatish, qaysi so‘z turkumidagi so‘zga bog‘lanishi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash; FK1: men, sen, biz, siz,u, ular olmoshlarini qo‘llab mazmunli gaplar tuza oladi;
tarbiyaviy: o‘quvchilarga do`stlik va o`rtoqlik haqida tushuncha berish, ularni do`stlik va hamjihatlik g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirish, so‘z boyligini oshirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Dars turi: umumlashtiruvchi dars.
Dars metodi: savol-javob, guruhlarda ishlash,sinkveyn, “Rasmli izohlash” ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |