Dars turi:yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, savol- javob,”Sherigini top?”, “Bilimimni sinayman” ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi uyga berilgan vazifani o‘quvchilardan aniqlaydi, tekshirib chiqadi.
Husnixat mashqi o‘tkaziladi.
I
IPT
II.Yangi mavzu bayoni.
“Bilimimni sinayman” mashqi:
O‘qituvchi o‘quvchilarga ish, gul so‘zlariga so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z hosil qilish topshirig‘i beriladi, vaqt belgilanadi. O‘quvchilar
tuzgan so‘zlarini o‘qib berishadi. Kim ko‘p so‘z topsa, shu o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
Namuna: ishli, ishla, ishsiz…
Demak, aziz o‘quvchilar biz so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida ot, sifat, fe’l so‘z turkumiga oid bo‘lgan so‘zlarni hosil qilish mumkin ekanligini yuqorida keltirilgan misollar orqali ko‘rib chiqdik. Yani,
Ish — ishla, qo‘l — qo‘lla, qars — qarsilladi. Asosdosh so‘zlarni bir-biri bilan solishtiraylik.
Ish deganda nimani tushunasiz? (nima so‘rog`iga javob bo‘lgan biron yumush)
Ishla deganda nimani tushunasiz? (biron bir vazifani bajarish, harakatni bildiradi)
Qo‘l deganda nimani tushunasiz? (Inson tana a’zosini tushunamiz.)
Qo‘lla deganda-chi? (biron bir ishda , kishiga madad bo`lish degan ma'noni tushunamiz.)
Qars deganda nimani tushunish mumkin? (Biror narsaning ovozi ma’nosini tushunish mumkin.)
Qarsilla deganda-chi? (biron bir narsaning harakatga kelishi oqibatida ovoz chiqarishini tushunamiz)
Ish — ishla so‘zining asosi. (Ish.)
Qo‘l — qo‘lla so‘ziningasosi(Qo‘l.)
qars —qarsilladi so‘zining asosi qaysi? (Qars.) —la,-illa, -ulla yasovchi qo‘shimchalari qo‘shilib yangi so‘z hosil qilinayapti. Bu so‘zlar esa fe’l so‘z turkumiga oiddir.
Demak, bu qo‘shimchalar fe’l hosil qilgani uchun fe’l yasovchi qo‘shimchalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |