1 -topshiriq.415-mashq. Gaplar bittadan namoyish etiladi.Mashqdagi rasm ham birga namoyish etiladi.Nuqtalar o‘rniga shaxs-son qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, rasm asosida ertakni davom ettirish va unga sarlavha toppish topshirig‘i beriladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
416-mashq. O‘qituvchi she’rni ifodali o‘qib beradi.
-She’r nimaning tilidan aytilibdi?
-Bahor faslida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida so‘zlab bering?
O‘quvchilar she’rni ko‘chirib yozadilar, ajratilgan fe’llarni II shaxs birlikda tuslaydilar.
II shaxs, Birlik:Lolasan, lovullaysan, ko‘pirasan, guvillaysan, shovullaysan, uyg‘onasan, ochasan, tovlanasan.
2 -topshiriq.
Darslikdagi 416-mashq multimedia ilovasi asosida tushuntiriladi.O‘quvhcilar she’r nimaning tilidan aytilganligini topadilar, ajratilgan fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalarini belgilaydilar.
|
O
IPT
‘qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilardan kichik test oladi va javoblarini tekshirib chiqadi.
1. I shaxs ko’plikdagi fe’llar berilgan qatorni belgilang.
A. O‘qidik, yozdik, ko‘rdilar.
B. Bordik, ko‘ryapsiz, o‘qidim.
D. Kuldik, ko‘rdik, yozamiz.
2.III shaxs bajargan harakatni bildirgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A.Men cho‘milishga anhorga bordim.
B. Ahmad buvisini ko‘rib quvondi.
D. Siz qachon teatrga borasiz?
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilar bilimi izohlab baholanadi, “Balli”,”Ofarin” so‘zlari bilan rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |