Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap
Dars turi: mustahkamlovchi dars. Darsning metodi
Download 2.28 Mb.
|
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadvalni to‘ldiring” ta’limiy o‘yini.
- III. Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash.
- So‘zlarni guruhlash” ta’limiy o‘yin.
- IV. Darsga yakun yasash va baholash.
- V. Uyga vazifa. 104-mashq. Hikoyani o‘qing. Unga sarlavha toping. Matnda nechta gap bor Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini ayting. 39
- Dars turi
- Qolipni to‘ldiring” ta’limiy o‘yin.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi. Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Saylanma diktant. Ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladigan so‘zlarni yozish tushuntiriladi. tovuq, qizilishton, chumchuq, bilim, quzg‘un, tumshuq. O‘quvchilar diqqati chumchuq, chug‘urchuq, Tursun so‘zlarining aytilishi va yozilishiga qaratiladi. Xato yozishlari mumkin bo‘lgan harfning tagiga chizdiriladi. O‘quvchilarga bor so‘ziga qarama-qarshi ma’noli so‘z toptiriladi. III. Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. 101-mashq sharti asosida bajartiriladi. O‘quvchilar harf birikmalari ishtirok etgan 3ta maqol yozib ularning jarangli va jarangsizini ajratadilar.
103- mashq. O‘quvchilar rasmni diqqat bilan kuzatadilar. Ular qushlarning nimlarini esda saqlab, diktantni yozib bo‘lgach, darslikka qarab tekshiradilar. So‘zlardan qaysilari faqat jarangli undoshlardan iborat? Qaysi so‘zlarda faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan? Yonma-yon kelgan bir hil unshoshli so‘larni toping. Ikki bo‘g‘inli so‘zlarni aniqlang. O‘quvchilar qaldirg‘och so‘zini darslikdagi namunaga qarab, tovush- harf tahlilini qiladilar.
IV. Darsga yakun yasash va baholash. O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. V. Uyga vazifa. 104-mashq. Hikoyani o‘qing. Unga sarlavha toping. Matnda nechta gap bor? Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini ayting. 39 Darsning mavzusi: Bo‘g‘in. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish. (105-108-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy: o‘quvchilarning bo‘g‘in, bo‘g‘ing ko‘chirish qoidasi, bo‘g‘inlarning qanday tovushlardan tashkil topishi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash; FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish; tarbiyaviy: o‘quvchilarni darslikdagi hikmatli gaplar, ibratli hikoyatlar orqali shirinso‘zlik, muloyimlik, o‘ylab turib so‘zlashga undash; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish; TK6: kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish; rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning lug‘atini boyitish; FK1: o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob, topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia ilovalari) matnlarini tinglab tushuna olish. Dars turi: mustahkamlovchi dars. Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi. Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Hikoyaga qanday sarlavha qo‘ydingiz? Hikoya nechta gapdan iborat? Hikoyada qanday tinish belgilari bor? Matndagi so‘zlardan qaysilarini yozishda qiynaldingiz? Nima uchun? O‘quvchilar ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning tovush-harf tahlilini o‘qib berishadi. III. Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. 105-mashq. O‘quvchilar mashq sharti bilan tanishgach, hikmatlarni ifodali o‘qiydilar, mashqni shartiga ko‘ra bajaradilar. Har bir gapdagi so‘zlar soni aniqlanib, ular bo‘g‘inlarga bo‘lib tahlil qilinadi. Ushbu mashq multimediap ilovada quyidagicha bajariladi.
106-mashq. O‘qituvchi hikmatli gapni o‘qib beradi. Bu hikmatli gap kimga tegishli? Navoiy yana nimalar haqida hikmatli gaplar, hikoyatlar yozgan? Har bir so‘zni bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga ko‘ra bo‘lib yozing. Qaysi so‘zlar bo‘g‘inlab ko‘chirishga ko‘ra bo‘linmaydi? Ko‘ngilga so‘zining bo‘g‘in ko‘chirishga ko‘ra bo‘linishini tushuntirib bering.
107-mashq. Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi. Ma’nosi tushunarsiz so‘zlar aniqlanib, izohlanadi. Lug‘at ishi: in’om – sovg‘a; tanga – pul birligi; nechun – nima uchun so‘rog‘ining qisqargan shakli. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga mos holda bo‘g‘inlarga bo‘lib yozing. Shoh shoirlarni nima uchun ikki xil baholadi?
Download 2.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling