Saylanma diktant.
Oxirida jarangli undosh yoziladigan so‘zlarni tanlab yozing. Rost, farzand, oftob, do‘st, maktab, yurt, daftar, kitob.
Ikkita so‘zni qatnashtirib gap tuzing. Gapning bosh bo‘laklarini aniqlab, tagiga chizing.
III. Mustahkamlash.
1 -topshiriq.
So‘zlardagi tushirib qoldirilgan harflar o‘rniga d va t harflaridan mosini qo‘ying. Bu so‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslanadi..
|
Darslik bilan ishlash.
97-mashq. O‘quvchilar maqollarni o‘qiydilar. Ma’nolarini izohlaydilar.
- Birinchi maqol nima haqida ekan?
- Rost so‘zini qanday talaffuz etamiz.
- Aytilishi va talaffuzida farq bormi?
- t tovushi randay undosh tovush?
- Rost so‘zining qanday ma’nolari bor?
- Ikkinchi maqolning ma’nosini izohlang.
- Farzand so‘zini tovush tomonidan tahlil qiling. ( Farzand so‘zida 5ta undosh tovush, shulardan f- jarangsiz, r, z, n, d- jarangli undosh tovush va 2ta unli tovush bor.)
- Farzand so‘zining aytilishi va yozilishida farq bormi?
- Demak, so‘z oxiridagi jarangli d tovushu jarangsiz t ga aylanar ekan.
Maqollarning davomi shu tartibda tahlil qilinadi.
So‘z oxiridagi qaysi undosh tovushlar talaffuzda tushib qoladi?
98-mashq. O‘quvchilar bilan rasm yuzasidan suhbat o‘rkaziladi. Suhbatda o‘quvchilar mashqda berilgan tayanch so‘zlardan foydalanishlari aytiladi.
Rasmda nimalar tasvirlangan?
Rasmdagi shaxslarga berilgan so‘zlardan foydalanib, qanday ism qo‘yasiz?
Qahhor nima nima qilyapti?
Avtobusda yana kimlar bor?
Nima uchun Izzat bobo hassa tayanib yuradi?
Izzat bobo nima uchun bolaga minnatdorchilik bildirdi?
Savollar asosida o‘quvchilar hikoya tuzadilar.
Tuzgan hikoyangizni yozing. Yonma-yon kelgan bir xil tovushli so‘zlarning tagiga chizing. Yozilishini yodingizda tuting.
Do'stlaringiz bilan baham: |