1 -topshiriq.
O‘qing. Nuqtalar o‘rniga so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan harflarni mosini qo‘ying.
Yuqoridagi topshiriqni bajarish uchun nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi harflarni qo‘yishlari lozim.
91-mashq. O‘quvchilar mashq sharti bilan tanishgach, so‘zlarni daftarlariga yozib oladilar. So‘z ma’nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizadilar. So‘z ma’nolarini o‘qituvchi yordamida izohlaydilar.
1.Mard — mart, yod — yot, sop — sof.
2.Shoh — shox, xush — hush, uxladi — uhladi.
3.Asr — asir, asl — asil.
‒ So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang.
‒ Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O‘ylab ko‘ring.
92-mashq. O‘qing. So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang.
Ko‘chiring. So‘zlarning yozilishini yodingizda tuting. So‘zlarning aytilishi va yozilishida farq bormi?
Manfaat so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping.
Bu so‘zlarni qanday talaffuz qilish kerak?
O‘qituvchi mashqdagi so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini tushuntiradi. So‘z boshidagi a unli tovushi o deb talaffuz etilsa-da, a tarzida yoziladi. So‘z oxirida b tovushini p tarzida, d tovushini t tarzida, 2-bo‘g‘indagi u tovushini i tovushiga moyil aytish to‘g‘i talaffuz.
2 -topshiriq
Berilgan so‘zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
Topshiriqni bajarish uchun harflar, tovushlar, bo‘g‘inlar soni so‘ralgan joyda 1-9 gacha raqamdan kerakligini tanlashlari, unlilar, undoshlar, jarangli va jarangsiz undoshlar deyilgan joydagi klaviaturadan shu so‘zga tegishli harflarni tanlashlari lozim. 1-so‘z tahlili tugagach, 2-so‘z chiqadi va keyingilari shu tartibda bo‘ladi.
|
“So‘z tuz” ta’limiy o‘yin. Unlini o‘zgartirib yangi so‘z tuza olasizmi? Ko‘z, bol, to‘n, tosh, kit so‘zlari beriladi.
Demak, tovushlar so‘zning ma’nosini o‘zgartirib yuborar ekan. Shuning uchun so‘zlarni to‘g‘ri yozish lozim. Unli bo‘lmasa shu so‘zlarni tuzib bo‘larmidi? — savoliga javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |