III. Yangi mavzuning bayoni.
Darslik bilan ishlash.
85-mashqda berilgan 2 ustundagi gaplarni ifodali o‘qitiladi.
Har ikkala ustundagi gaplar sonini aniqlang.
Birinchi gap kimga tegishli? Birinchi ustundagi gap birinchi gap davomi bo‘lib kela oladimi?
Birinchi ustundagi gaplar bir muallifga qarashlimi?
Ikkinchi ustunda mazmuniga ko‘ra qanday gaplardan tashkil topgan?
Ikkinchi gap birinchisida berilgan xabarni davom ettirib, to‘ldirilganmi?
Qolgan gaplarni-chi?
Hamma gaplar nima haqida ekan?
Ikkinchi ustundagi gaplarni nima deb ataymiz?
Matndagi qaysi so‘zlar sizga notanish?
Ikkinchi ustundagi matn qaysi olim haqida ekan?
Bu mashhur shaxs haqida yana nimalarni bilasiz?
Hozirda madrasa o‘rnini bosadigan qanday o‘quv yurtlari bor?
Biz o‘qigan matn nutqning qaysi shakli hisoblanadi?
1 -topshiriq
87-mashq matn beriladi. Gapni o‘z o‘rniga qo‘yish uchun gapni tanlaganda, gap ajratiladi va butunligicha qo‘yilishi lozim bo‘lgan o‘rni to‘g‘ri ko‘rsatilsa, topshiriq bajariladi. Gaplarni o‘qib o‘z o‘rniga qo‘yish matn tuzing va sarlavha qo‘yib yozish topshirig‘i beriladi
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
86-mashq. O‘quvchilar matnni ifodali o‘qiydilar. Matndagi tushunarsiz so‘zlarni aniqlaydilar.
Matnning har xatboshi matnning qismi hisoblanadi. O‘quvchilar shu qismlarga mos sarlavha topadilar. Sarlavhalar matnning rejasi bo‘ladi. Matnning taxminiy rejasi:
Futbol o‘yining paydo bo‘lishi.
Futbol o‘yinining shakllanishi.
Futbol – sportning bir turi.
Reja asosida o‘quvchilar matnnin qayta hikoya qilib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |