Tavakkalov Hayitboy oraliq nazorat
Download 29 Kb.
|
1 2
Bog'liqTavakkalov Hayitboy 1911 oraliq nozorat ishi
ORALIQ NAZORAT Publitsistik uslubga mansub quyidagi maqolani o'qing va uni davom ettirib, o'z fikrlaringiz asosida o'rtadagi qismni to'ldiring. Maqolaga sarlavha qo'ying va berilgan topshiriqlarni bajaring. 1.Maqola matnining leksik xususiyatlari haqida (qanday ijtimoiy-siyosiy leksikadan foydalanganligi; ko'chma ma'noli so'zlarning ishlatilishi;badiiy tasvir vositalarini (epitet (sifatlash, o'xshatish) qo'llash; emotsional-ekspessivlik(salbiy yoki ijobiy bo'yoqqa ega so'zlar)mavjudligi; obrazlilik, aniqlik, to'g'rilik, ishonchlilik, mantiqiylik, hissiylik, baho berish, asoslik, da'vat etish, dalilarning aniqligi, jo'shqinlik, hammaboplik kabi publisistik uslubga xos asosiy belgilarga egaligi) fikringizni yozing. 2.Maqola matnining grammatik xususiyatlarini (gaplarning tuzilishiga ko'ra turi; ifoda maqsadiga ko'ra turi; muallif nutqining nechanchi shaxsga mansubligi; uyushiq bo'laklar, kiritmalar (kirish so'z, kirish birikma, kirish gap)ning qo'llash darajasi) birma-bir izohlang. Hech shubhasiz, bu dunyoda har kim o'ziga kerakli narsani izlab yashaydi. Insonlarning didi, saviyasi,tushuncha va fe'l-atvori turlicha bo'lganidek,ularga “kerakli narsa"lar ham shunchalik xilma-xil. Lekin bir umumiy tuyg'u bor, u hammaga birdek zarur. Har kim uni o'zi bilganicha izlaydi. Bu tuyg'udan dunyoda hech kim yuz o'girmaydi, aksincha butun umr qidiradi. Bu - baxt tuyg'usidir. Inson o'zi orzu qilgan barcha moddiy ne'matlarga erishsa-yu, ammo baxtni his etmasa,unga hech narsa tatimaydi. Odam borki, hayotida bir bora bo'lsa-da,o'z-o'ziga “Men baxtlimanmi?”degan savolni beradi. Bu savolga albatta, ijobiy javob topish uchun doimo izlanadi. Baxt o'zi nima? Nima uchun odamlar baxtga intiladilar? Kimni baxtli deyish mumkin? Baxtiyorlikning hammaga tushunarli bo'lgan sabab va shartlari mavjudmi? Baxt to'g'risida turli izoh va ta'riflar mavjud. Baxtni har kim o'z qarichi bilan o'lchaydi va shunga qarab ta'riflaydi. Lekin bari bir masalani butkul ochib bera olmaydi. Chunki hamma o'zining javobini “eng to'g'ri” deb hisoblaydi. Baxt -har bir odam alohida, o'zicha his qiladigan tuyg'u. Baxt bor, ammo uning tavsifi yo'q. To'g'rirog'i, dunyoda nechta inson bo'lsa, baxtning shuncha tavsifi bordir. Baxt haqida har kimning o'z tasavvuri mavjud. Negaki dunyoda hech qachon ikki kishining baxti bir xil bo'lmasa kerak. Uzoq Afrikada ibtidoiy sharoitlarda yashayotgan qabila a'zosi ham o'zicha baxtli, millionlab insonlar taniydigan, mashhur kino yulduzlari ham o'zicha baxtli. Kundalik daftariga: “Bu yil- orolda kechgan yillarimning eng baxtli yili bo'ldi" deb yozgan Robinzon Kruzo haq: uzoq yillar odamzot tovushini eshitmay, so'ng yarim yovvoyi Jumavoyni uchratishi uning uchun katta baxt edi.Aslida, insonlarning barisi xuddi o'sha Robinzonga o'xshab bir umr baxt izlab, baxtni kutib yashaydi. Ammo baxt biror korxonada ishlab chiqariladigan, qandaydir ko'rinish va “standart"larga ega bo'lgan matoh emas. Hatto oshkora baxtni kimdir ko'radi, kimlardir ilg'amaydi ham. Kimnidir “yettinchi osmonga" olib chiqqan baxt omillari boshqa birovni mutlaqo qoniqtirmasligi aniq. Deylik, kutilmaganda insonning boshiga osmondan millionlab dollar yog'ilsa, o'sha zahoti baxtli bo'ladimi yoki yo'qmi? Yoxud uzoq hijrondan so'ng suyuklisiga erishganida-chi? Bo'lishi mumkin, ammo muayyan vaqtdan so'ng har qanday baxt va omadning hayajonlari so'nadi, inson buni yuz berishi tabiiy bir holat sifatida qabul qila boshlaydi. Inson - eng ko'nikuvchan mavjudot. Baxt astoydil intilishlar orqali keluvchi mutlaq,yakuniy va tugal holat emas (bizningcha,bunday holat faqat jannatda bo'ladi!). Baxt insonning butun umri davomida u bilan hamisha hamohang bo’ladi. Odamzot tirik ekan umrining so’ngi damlarida uni sarhisob qiladi. Nima deb o’ylaysiz u qanday xotiralarni yodga oladi. Albatta u baxtga limmo-lim bo’lgan onlarni eslaydi. Yoshlik chog’idagi shirin damlaridan tortib, keksalik chog’igacha bo’lgan baxtli damlarni xayol charxida aylantiradi. Xuddi, kino tasmalaridek ko’z o’ngida gavdalanadi. Bu ham insonga bir olam quvonch va baxt hadya etadi. Insonni hayotida baxt turlicha va turli holatlarda aks etadi. Bolalarning shodon qiyqirig’ida, ajib tabassumida, birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan qizaloq yoki bolakayning munchoqdek ko’zlarida, birinchi bor sevgi degan tuyg’uni his qilganida, yana shu kabi misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Baxtga erishish biz o'ylaganimizdan ko'ra ancha oddiy. Baxt aslida tani sihatlik va ko'ngil xotirjamligidir. Har bir insonning oilaviy to'kisligi, shirindan-shakar farzandlaridir. Tinch-totuv hayot va oilaviy baxt behisob boylikdan afzalroq. Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling