Tavakkalov Hayitboy oraliq nazorat


Ushbu publitsistik uslubga xos matnda ishtirok etgan epitet( sifatlash)lar


Download 29 Kb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi29 Kb.
#1040337
1   2
Bog'liq
Tavakkalov Hayitboy 1911 oraliq nozorat ishi

Ushbu publitsistik uslubga xos matnda ishtirok etgan epitet( sifatlash)lar.
Moddiy ne'matlar, ijobiy javob, ibtidoiy sharoitlar, uzoq Afrika, eng baxtli yil shirindan-shakar farzandlar.
Yuqorida qo'llangan epitetlar matn ma'nosini ochib berishda muhim ahamiyatga ega, chunki epitetlar asosan o'quvchida so'z yuritilayotgan shaxs, narsa yoki joy xususida yanada yorqinroq va mukammalroq ma'lumotga ega bo'lishda yordam beradi.
Shuningdek matnda so'zlarning ma'no jihatdan darajalanishiga ham misollar mavjud: Yoshlik chog’idagi shirin damlaridan tortib, keksalik chog’igacha bo’lgan baxtli onlarni xayol charxida aylantiradi.
Ushbu gapdagi damlaridan,chog’igacha va onlarni so'zlari sinonim hisoblanadi, ammo ular ma'noviy darajasiga ko'ra farqlanadi, ya'ni damlaridan so’zi chog’igacha so’ziga qaraganda kuchliroq. Ammo onlarni so’zi har ikkisidan ham kuchliroq ma’no bildiradi. Bu orqali muallif ma'no o'zaro uyg’unlashtirib, bir biriga zid holatlarni ochib berishda ustalik bilan foydalangan.
Ushbu matnda salbiy yoki ijobiy bo‘yoqqa ega so‘zlar, tantanovor so'zlarning qo'llanilishi: Bolalarning shodon qiyqirig’ida, ajib tabassumida, birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan qizaloq yoki bolakayning munchoqdek ko’zlarida, birinchi bor sevgi degan tuyg’uni his qilganida, yana shu kabi misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Ushbu gabdagi shodon qiyqirig’i, ajib tabassumida, qizaloq, bolakay, munchoqdek ko’zlarida so’zlari ijobiy bo’yoqqa ega so’zlar hisoblanadi va ular gapdagi ma’noni yanada bo’rttirib ko’rsatadi
Maqolada gapning tuzilishiga ko’ra quydagi turlari berilgan
:Kiritmali gaplar; Xuddi, kino tasmalaridek ko’z o’ngida gavdalanadi. Teng bog’langan qo’shma gap; Bu ham insonga bir olam quvonch va baxt hadya etadi.Uyshuq bo’lakli gaplar; Bolalarning shodon qiyqirig’ida, ajib tabassumida, birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan qizaloq yoki bolakayning munchoqdek ko’zlarida, birinchi bor sevgi degan tuyg’uni his qilganida, yana shu kabi misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Ushbu gapdagi shodon qiyqirig’ida, ajib tabassumida, munchoqdek ko’zlarida so’zlari o’zaro uyishib kelgan.
Ergashgan qo’shma gap; Yosh bir bolakayning shodon o’yin-kulgusi kimlar uchun bosh og’rig’i bo’lsa, kimlar uchundir baxtning eng oliy ko’rinishidir.
3.Gapning ifoda maqsadiga ko’ra quydagi turlari mavjud:
Darak gaplar; Insonni hayotida baxt turlicha va turli holatlarda aks etadi.
So’roq gaplar; Nima uchun odamlar baxtga intiladilar?
Matnda asosan darak va so’roq gaplar ishtirok etgan. Bundan tashqari matndagi so’roq gaplar uning tasir kuchini yanada oshirgan, hatto bir gapning o’zida so’roq va istak gaplar o’zaro uyg’unlashgan; Deylik, kutilmaganda insonning boshiga osmondan millionlab dollar yog‘ilsa, o‘sha zahoti baxtli bo‘ladimi yoki yo‘qmi?
4) Ushbu nutq I shaxsga tegishli.
5) Maqolada ba'zi grammatik vositalar: ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi, shart mayli shakllarining almashinib ishlatilish o‘rinlari mavjud bo’lib, ularni quydagi gaplarda ko’rishimiz mumkin.
Ravishdosh: Aslida, insonlarning barisi xuddi o‘sha Robinzonga o‘xshab, bir umr baxt izlab, baxtni kutib yashaydi. Ushbu gapdagi ravishdoshlar o’rnini harakat nomi bilan almashtirish mumkin. Aslida, insonlarning barisi xuddi o‘sha Robinzonga o‘xshash, bir umr baxt izlash, baxtni kutish bilan yashaydi


Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling