Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet98/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Guruhlarda ishlash: Har bir guruhga quyidagicha topshiriqlar beriladi:
Quyida berilgan so‘zlardan foydalanib, rasm asosida suhbatlashing.
Foydalanish uchun so‘zlar: sinfdoshlar, ahil, sinf o‘quvchilari, birinchi, sinfdan, birga, mehribon, sinf rahbari, yordamlashmoq.
Namuna: Biz birinchi sinfdan birga o‘qiymiz.
III. Yangi mavzu bayoni.
Rasm diktant o‘tkaziladi.
O‘quv qurollarining (kitob, parta, qalam, chizg‘ich, daftar) rasmi doskaga ilib qo‘yiladi.
O‘quvchilar rasmga qarab so‘zlarni yozadilar. Yozganlarini lug‘atchadan tekshiradilar.
— So‘zlar birgalikda nimani bildiradi? (O‘quv qurollarini bildiradi.)
— O‘quv qurollaridan kimlar foydalanadi? (O‘quvchilar foydalanadilar.)
— Daftar sizga tegishli ekanligini qanday bildirasiz? (Mening daftarim deyman.)
Daftarim so‘zidagi -im qo‘shimchasini olib tashlasak, ma’no o‘zgaradimi? (Daftar kimniki ekanligi tushunilmaydi.)
— Demak, -im qo‘shimchasi qanday ma’no anglatadi? Daftarning kimga tegishli ekanini anglatadi.)
Daftaring deyilsa-chi? (Senga tegishli ekanini anglaymiz.)
Demak, bu qo‘shimchalar daftarning kimga tegishliligini anglatadi.
170-mashq sharti asosida so‘z birikmalardagi egalik qo‘shimchalari tushurib o‘qiladi .

Bahodirning chizg‘ichi

Bahodirning chizg‘ich

maktabning kutubxonasi

maktabning kutubxonas

otaning nasihati

otaning nasihat

eshikning qulfi

eshikning qulf

Egalik qo‘shimchalarini jadval asosida tushurib o‘qitiladi va savol beriladi.
-So‘zlar o‘zaro bog‘landimi?
-Egalik qo‘shimchalari qanday vazifa bajaryapti?
-Egalik qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘laydi.
-Egalik qo‘shimchalari so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalardir.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling