IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Y
IPT
angi mavzuni mustahkamlashda o‘qituvchi “Assalom, Navro‘z!” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazadi.O‘quvchilar o‘zlari chizgan rasm asosida kichik hikoya tuzadilar.
Unda quyidagi so‘zlardanfoydalaning:an’anа, milliy,ko‘k somsa, sumalak. Navro‘z .
2 -topshiriq.
Kishilik olmoshlari mavzusini takrorlash maqsadida o‘qituvchi test sinovini o‘tkazadi.
1. Qaysi kishilik olmoshlari so‘zlovchiga ishora qiladi?
A) men, sen B) men, biz C) sen, siz D) u, ular
2. Ulg‘ayursan bir kun sen,
Bo‘lursan yetuk, bardam.
Ushbi she’rdagi olmoshi haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
A) ko‘plik sondagi kishilik olmoshi qatnashgan.
B) ikkita kishilik olmoshi qatnashgan.
D) kishilik olmoshi so‘zlovchiga ishora qilgan.
E) II shaxs birlik sondagi kishilik olmoshi qatnashgan.
3.Qaysi javobda kishilik olmoshi narsaning o‘rnida qo‘llangan?
A) Qizchaga biror narsa bo‘lganini payqagan Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi.
B) Hovlimizda qip-qizil lolalar ochildi. Ular hammaning havasini keltirmoqda.
D) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi.
E) Hamid Olimjon o‘z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishdiki, u so‘zidan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalana bilardi.
4. Yerni sizga sotganman. U yerdan nima chiqsa, sizniki. Ushbu gapda nechta kishilik olmoshi qatnashgan?
A) 1 B) 3 C) 4 D) 2
5. Qaysi javobdagi gapda II shaxs ko‘plikdagi olmosh qatnashgan?
Oyi, nima yumush bo‘lsa, menga ayting.
Men bo‘sh vaqtimda qayiqcha yasayapman.
D) Sen bu gapimni uqib ol.
E) Sizni sog‘indim, mehribon akajonim.
363-mashq.Chiziqchalar о‘rniga kishilik olmoshlarini qo ‘yib, gaplarni yozib kelish topshirig‘i beriladi.
Namuna: Yaxshilik tilayman odamga,
U meni (I sh., birl., t.k.) tanitganolamga.
Parvarish, xizmatin oqlay deb.
Imlayman huzurbaxsh soyamga. (E. Majidov)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |