1 -topshiriq.Darslikda berilgan 368-mashqning matni o‘quvchilarga o‘qitiladi.
Matn mazmuni savollar yordamida yoritiladi, savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-Nima uchun etik bola yig‘ladi?
-Etiklar nima uchun qochishdi?
-Siz ertakning qanday tugashini xohlardingiz?
O‘quvchilar javobi tinglanadi va umumlashtiriladi, tarbiyaviy tomoni yoritiladi.
Lug‘at ustida ishlash.
Poygak – ostona, oyoq kiyim yechiladigan joy;
O‘yinqaroq – o‘yinga ko‘proq moyil.
O‘qituvchi matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni doskaga yozadi. O‘quvchilar so‘zlarga so‘roq beradilar, qaysi so‘z turkumiga kirishini aytadilar. Ajratilgan so‘zlarni ko‘chirib, qavs ichida har birining so‘rog‘ini yozadilar.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
369-mashqning sharti va matn o‘quvchilarga o‘qitiladi.O‘quvchilarga matnni ko‘chirib, fe’llarning tagiga chizish topshirig‘i beriladi..
2 -topshiriq.
369-mashq matni trenajyor mashqi orqali ko‘rsatiladi. So’roqlar yordamida fe’llarni belgilaydilar. Ular kimning harakatini bildirganligini topadilar.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini tekshirish maqsadida quyidagicha savol-javob uyushtiriladi:
-Fe’l deb nimaga aytiladi?
-Harakatni bildirgan so‘zlar gapda qanday bo‘lak vazifasida keladi?
- Ularning tagiga qanday chiziq chiziladi?
O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, bilimlari izohlab baholanadi.
Dars yakunlanadi,xulosa qilinadi.
Aqlli bo’l ,bo’lgin beziyon,
Hamisha tilingga bo’lgin posbon.
Bo’l muhandis , bo’l ishchi,
Xalqingga bo’l xizmatchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |