VI.Uyga vazifa..
370-mashq.She’rni ko‘chirib yozish va fe’llarning tagiga chizish topshirig‘i beriladi.
132-dars.
Darsning mavzusi:Fe’l-so‘z turkumi.(371-373-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: fe’lning gapdagi vazifasi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar haqida o‘quvchilarning bilimini aniqlash; Mavjudot, zakovat, o‘quv-idrokso‘zlari bilan lug‘atini boyitish; FK1: fe’l, uning so‘roqlari, gapdagi vazifasi, bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarini, fe’l zamonlari, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini bilish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarda ilmning inson hayotidagi ahamiyatini anglatish orqali ilm olishga rag`batlantirish; TK4: o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; TK3: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda so‘zlarni to‘g‘ri, xatosiz, husnixat bilan yozish malakasini rivojlantirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish
Dars turi: bilim, ko‘nikma, malakalarni umumlashtirish darsi.
Dars metodi: suhbat, savol- javob,ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy vazifasini o‘qituvchi tekshirib chiqadi.370-mashqda berilgan ,,O‘yin bo‘lsa” she’ri o‘quvchilarga o‘qitiladi yoki yodlagan o‘quvchilarga yod ayttiriladi.
O`quvchilar o‘ynaymiz, topamiz, topolmasak, chopamiz, yiqilamiz, turamiz fe`l ekanini, nima qilamiz? so`rog`iga javob bo‘layotganini, ularning gapda kesim vazifasida kelishini aytadilar. She’rdagi qaysi so‘zlarni yozishda qiynalasiz? Savoliga javob olinadi.
Topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |