Darsga yakun yasash va baholash.
O
IPT
‘qituvchi tomonidan kichik test olinadi, javobi tekshiriladi. O‘quvchilar bilimi izohlab baholanadi. Dars yakunlanadi.
1. Berilgan maqoldan sonlarni toping.
Yetti o’lchab, bir kes.
A. Kes.
B. Yetti, bir.
D. O‘lchab, kes.
2.Berilgan gapdan fe’llarni toping.
Yomg‘ir dam yog‘adi, dam tinadi.
A.yog‘adi, tinadi.
B. Yomg‘ir dam yog‘adi.
D. yomg‘ir yog‘adi.
VI.Uyga vazifa..
373-mashq. She’rni ko‘chirib yozish, fe’llarni aniqlab, bo‘lishli v abo‘lishsiz fe’l ekanini qavs ichida ko‘rsatish topshirig‘i beriladi.
133-dars.
Darsning mavzusi:Fe’l zamonlari.(374-376-mashqlar)
Darsning maqsadi:
tarbiyaviy: o‘quvchilargafe’lning uch zamoni , zamonning nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan belgilanishi haqida ma’lumot berish; FK1: fe’l zamonlari, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini bilish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarning lug‘atini davlat arbobi, iste’dod so‘zlari bilan boyitish; kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lishga undash; TK3: rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish
Darsning turi:yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi : suhbat,muammoli metod, sinkveyn metodi.
Darsning jihozi: fe’l zamonlarining qo’shimchalari yozilgan jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |