1 -topshiriq.
153-mashq matn ekranda namoyish etiladi. O‘quvchilar matndan birlik va ko‘plikdagi otlarni ajratishlari lozim.
154-mashq multimedia ilovasining 2-topshirig‘ida berilgan.
2 -topshiriq.
O‘quvchilar rasmni kuzatib, “O‘zbek milliy taomlari” mavzusida hikoya tuzadilar va daftaringizga yozadilar. Otlarni aniqlab, tagiga chizadilar.
|
IV. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarga quyidagi topishmoqni topish va uni javobidan boshqa so‘z hosil qilish, ularning qaysi turkumga kirishini aytish vazifasi beriladi.
O‘simlikdir yovvoyi,
Daladir o‘sar joyi.
Bir harf o‘rin almashsa,
Isitgichdir binoyi.
Topishmoqning javobini topib, undan yangi so‘z hosil qiladilar: pechak – pechka.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholanadi hamda rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa .
155-mashq. Mashq sharti tushuntiriladi va uyga vazifa qilib beriladi.
56-57-darslar.
Mashq va nazorat ishlari.
58
Darsning mavzusi: Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi. (158-160-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga shaxs va narsalarning biror shaxsga qarashli bo‘lishi haqida elementar nazariy tushuncha berish orqali egalik qo‘shimchalaridan og‘zaki va yozma nutqda savodli foydalana olish malakalarini shakllantirish;
FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalash, so‘z turkumlarini farqlash, ot so‘z turkumini, otlarning egalik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish; nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay olish,
Do'stlaringiz bilan baham: |