59
Darsning mavzusi. Egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik ma’nosini ifodalashi.(161-163-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga shaxs va narsalarning biror shaxsga qarashli bo‘lishi haqida tushuncha berish orqali egalik qo‘shimchalaridan og‘zaki va yozma nutqda savodli foydalana olish malakalarini shakllantirish. O‘quvchilar nutqini otlar bilan boyitish; FK1: otning egalik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarning o‘quv qurollari, maktabga tegishli o‘quv qurollarini saqlashda javobgarlik hissini uyg‘otish ;
TK4: sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash;
rivojlantiruvchi: bolalar nutqini yangi so‘zlar bilan boyitish:
FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish: TK2: darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalani shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: muammoli metod, suhbat metod ,ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: o‘quv qurollari tasvirlangan rasmlar ( kitob, parta, qalam, chizg‘ich).
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Rohatning otasi – mehnat.
|
160- mashq sharti matni o‘quvchilarga o‘qitiladi. Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarni aniqlab, ularni ko‘chirish va qavs ichida shaxsini ko‘rsatilgan bo‘lish lozimligi aytiladi.
Quyidagi savol-javob bilan mashq tekshiriladi.
— 1- gapning bosh bo‘laklarini toping.
— Otlarga so‘roq bering.
— Egalik qo‘shimchalari qo‘shilgan so‘zni aniqlang. (Nevarasi.)
— Nevarasi so‘zi kimga tegishli? (Bobosiga tegishli.)
— Bobosi nechanchi shaxsni bildiradi? (III shaxsni bildiradi.)
Nevarasi (III sh.), qanotlaring (II sh.),shaklim (Ish.),aqlim(Ish.),naqlim(Ish.).
Do'stlaringiz bilan baham: |